J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Hozirgi sharoitda va yaqin istiqbolda respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvorliklari



Yüklə 256,16 Kb.
səhifə53/60
tarix29.11.2023
ölçüsü256,16 Kb.
#142572
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra-fayllar.org

7. Hozirgi sharoitda va yaqin istiqbolda respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvorliklari
Mamlakatimizda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi shu davrda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishningeng ustuvor yo‘na­lishi bo‘lib qoldi.
Mamlakatimizda, milliy iqtisodiyotni islohetish, er­kinlashtirish va modernizatsiyaqilish, uning tarkibiy tuzi­lishini diversifikatsiyaqilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, mustahkam va ishonchli himoya vositalari yaratildi.
Inqirozga qarshi choralar dasturida – belgilangan chora-tad­birlar quyidagi beshta asosiy vazifani hal etishga qaratildi.
Birinchidan – korxonalarni modernizatsiyaqilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Bu vazifa avvalambor, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eks­portga yo‘nal­tirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir.
Ikkinchidan – joriy konyunktura keskin yomonlashib bora­yotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxo­nalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quv­vatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshi­rish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish.
Uchinchidan – qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamay­tirishni rag‘bat­lantirish hisobidan korxonalarning raqobat­doshligini oshirish.
To‘rtinchidan – elektrenergetika tizimini modernizatsiyaqilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish.
Beshinchidan – jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash. Bu vazi­fani bajarishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish das­turini kengaytirish katta o‘rin tutadi. Ushbu dastur doira­sidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko‘paytirish ko‘zda tuti­ladi.
Respublikamizda yaqin istiqbol yil­larida ham “izchil yuqori o‘sish sur’at­larini, makroiqtisodiy barqaror­lik­ni saq­lash va iqtisodiyotimiz raqobat­bardosh­ligini oshirish eng muhim us­tuvor yo‘­nalishimizga aylanishi dar­kor”39 Bu davrda iqtisodiyot va uningyetakchi tarmoqlarini modernizatsiyaqilish, tex­nik hamda texnologik yan­gilashni ja­dallashtirish va uning ko‘­lamini ken­gay­tirish, ishlab chiqarishni diversi­fikatsiyaqilish markaziy o‘rin tutadi.

Yüklə 256,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə