J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan



Yüklə 256,16 Kb.
səhifə54/60
tarix29.11.2023
ölçüsü256,16 Kb.
#142572
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra-fayllar.org

Bugungi kunda O‘zbekiston Respub­li­kasini yanada rivoj­lantirish O‘zbe­kiston Respublikasi Prezidenti to­mo­nidan ishlab chiqilgan “Hara­katlar stra­tegiyasi” ga asoslanadi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Res­p­ublikasini rivojlantirish­ning besh­ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha“Harakatlar strategiyasi”quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada islohqilishning ustuvor yo‘nalishlari.
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallash­tirishning ustuvor yo‘nalishlari.
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘ri­kenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro man­faatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘na­lishlar.





13-mavzu


TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI


1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni
Ehtiyoj tushunchasi kishilarninghayotiy vositalariga bo‘l­gan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraq­qiyotninghamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab tushunchasidir.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’­minlangan qismi talabga ayla­nishi mumkin. Ehtiyoj zarur miq­dordagi pul bilan ta’­minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qola­veradi. Talabning bir qator muqo­bil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovar­ning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Talab – iste’molchi tovar va xizmatlarning aniq turini ma’­lum vaqt oralig‘ida narxlarninghar xil darajasida sotib olishga qodir bo‘lgan miqdoridir. Bu ta’rif talabning miqdor tavsifini ham ifodalaydi. Talabning sifat tavsifi shundaki, u iste’molchining tovarlarga bo‘lgan pul bilan ta’minlangan ehtiyojini ifodalaydi.
Tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farqqiladi: individual talab va bozor talabi.Har bir iste’­molchining tovar­larning shu biror turiga bo‘lgan talabi individual talab deyiladi.

Yüklə 256,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə