J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Talab va taklif nisbati hamda uningo‘zgarishi



Yüklə 256,16 Kb.
səhifə56/60
tarix29.11.2023
ölçüsü256,16 Kb.
#142572
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra-fayllar.org

3. Talab va taklif nisbati hamda uningo‘zgarishi.
Bozor muvozanati
Narx va boshqa omillar ta’sirida talab va taklif miqdori o‘zgarib, ular bir-biri bilan doimo ma’lum nisbatda bo‘ladi hamda bu nisbatlar ham muqarrar o‘zgarib turadi. O‘z navbatida talab va taklif bozor narxini belgilab beradigan holatlar ham mavjud bo‘ladi. Ba’zan talab taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim hollarda taklif talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayadi. Talab bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi47.
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli, bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoqdavrli muvozanatlik holatni farqlash zarur.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovar­larningo‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarish­ning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog‘liq.
Qisqa davrli muvozanatlik, ishlab chiqarish va taklifni vaqtin­chalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi.
Uzoqdavrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liqinvestitsiyalar haqida so‘z boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi sotuvchilarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi.


4. Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning shakllanish xususiyatlari
Resurslar bozorida talab va taklifningqaror topishini o‘rganish shuning uchun muhimki, aynan shu bozorda, aholi pul daromadlari shakllanadi. O‘z tasarrufidagi mavjud resurs­larni taqdim qilib, uy xo‘jaliklari, ish haqi, foyda, foiz va renta shaklidagi daromadni oladi.
Iqtisodiy resurslar bozori – bu engavvalo, mazkur omillar xizmati bozoridir. Ularning sotib olinishi ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmatlarining xaridqilinishini anglatadi. O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy resurslarning bir qismi (yer, kapital) haqiqiy ma’noda sotib olinib, o‘z aktivlariga aylantirilishi mumkin, boshqalari (ishchi kuchi, tadbirkorlik layoqati) ularning xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun xaridqilinadi.
Iqtisodiy resurslar bozorida talab va taklifning shakl­lanishi tovarlar bozoriga taqqoslanganda o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi.
Birinchidan, resurslarga talab hosila talab hisoblanadi, ya’ni ularga bo‘lgan talabni mazkur resurs yordamida ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmatga bo‘lgan talab belgilab beradi. Ehtiyojni qondirish uchun qaysi tovar, xizmat ko‘p miqdorda talab qilinsa, uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurs turiga ham talab shunchalik katta bo‘ladi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslarga talab ularning unum­dorligiga bog‘liq bo‘ladi. Resurslar unumdorligi o‘sib borishi bilan ularga bo‘lgan talab ham ortib boradi va aksincha.
Uchinchidan, resurslarga talab ular yordamida ishlab chiqa­riladigan tovarlar narxiga bog‘liq bo‘ladi. Agar tovar narxi o‘ssa, resurslarga talab ham ortadi va aksincha.
To‘rtinchidan, resurslarga bo‘lgan talab birgalikda foyda­laniladigan boshqa resurslar narxi va unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. Birgalikda foydalaniladigan resurs narxi esa, uningo‘rnini bosish darajasi va mahsulot chiqarish hajmi ta’siriga bog‘liqlikda o‘zgarib turadi.
Iqtisodiy resurslar taklifi ularning xususiyatidan kelib chiqib shakllanadi.
Birinchidan, barcha iqtisodiy resurslarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat, ularningehtiyojlarga nisbatan cheklan­gan­ligi hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiy resurslar taklifini ularga talab o‘sishiga mos ravishda ko‘paytirib borish mumkin bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, har xil iqtisodiy resurslar bir xil bo‘lmagan harakatchanlikka, uning oqibatida taklifi turlicha egiluv­chanlikka ega bo‘ladi. Agar iqtisodiy resurslar harakatchan bo‘lsa, nisbatan kuchsiz rag‘batlar ta’sirida bir sohadan boshqasiga osonlik bilan almashadi, bunday resursning taklifi ham egiluvchan, ya’ni unga narxning sezilarsiz oshishi natijasida faoliyatning mazkur sohasiga boshqa sohalardan yetarlicha miqdordagi resurslar jalb qilinadi.
Uchinchidan, resurslarningharakatchanligi vaqt bo‘yicha ortib boradi. Vaqt o‘tishi bilan resurslarning umumiy miqdori ham nisbatan ortadi.






Yüklə 256,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə