Jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə80/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Qozoq adabiyoti.

  • Turkman adabiyoti.

  • Qirg‘iz adabiyoti.

  • Ozarbayjon adabiyoti.

  • Tatar adabiyoti.

  • Qoraqalpoq adabiyoti.

    Shimoliy yeniseydan Mo‘g‘ilistongacha bo‘lgan territoriyada yashovchi turk, turkman, ozar, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqolpoq, uyg‘ur, tatar, bashqird, bolqar, oltoy, shuur, xakas, tuva, yoqut, kenagas, no‘g‘ay, gagauz, ko‘mik, salar, dog‘ xalqlari turkiy xalqlar deb ataladi.
    Har bir xalqning o‘z tarixi, madaniyati, san'ati bo‘lgani kabi turkiy xalqlarning ham o‘z tarixi, madaniyati va adabiyoti mavjud bo‘lib, ular juda qadimiydir. Bu xalqlar o‘z fani va madaniyatini V-VI asrlardanoq rivojlantira borganligi, ular jahonga mashxur bo‘lgan buyuk kishilarni yetkazib berganliklari ma'lum.
    Turkiy xalqlarning qadimgi zamonlarga oid adabiy yodgorliklari turli manbaalar va xalq og‘zaki ijodi orqali bizgacha yetib keldi. Turkiy xalqlarning kelib chiqishi va madaniyati haqida tarixchi olimlarning asarlarida, yozma manbaalarda grek, xind, xitoy va arman tarixchilarining kitoblarida hamda «Avesto», «Bekustin», «Urxun yenisey» yodgorliklarida, shuningdek, Beruniy, Narshaxiy kabi olimlarning asarlarida ma'lumotlar beriladi. Bulardan eng muhimi M.Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari bo‘lib, bu asarda qadimgi qo‘shiqlar, lirik she'rlar, maqollar berilgan, qolaversa, Termiz shahri yaqinidagi Ayritomda, Ashxabod yaqinida joylashgan Nisa, Tuproqqala, Baraxsha saroylaridan topilgan yodgorliklardan ham turkiy xalqlarning qadimgi madaniyatini sezish mumkin.
    M.Qoshg‘ariy o‘z asarida Kichik Osiyodan Xitoygacha bo‘lgan territoriyada yashovchi xilma-xil turkiylar qabilasi birlashib ketganligini ta'kidlaydi. (Masalan, qipchoq, o‘g‘uz, yaman, bashqir, damik, kay, tatar, qirg‘iz, chigil, tuxsi, yag‘mo,igrak, taruk, xumur, uyg‘ur, tanchu, xitoy, tovgich). Shuningdek, Qoshg‘ariy turli qabilalarning chatishuvi va aralashuvi natijasida ug‘uz, chigil, qipchoq guruhidagi tillar vujudga kelganligini, chigil guruhidagi tillardan eski o‘zbek tili hosil bo‘lganligini, bu til turkiy til deb atalganligini uqtiradi.
    VI asrda Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabilalar birlashib, «Turk xoqonligi» deb ataldi.
    Turkiy xalqlar madaniyati va san'atining hamma sohalari rassomlik, naqqoshlik, xaykaltaroshlik, arxitektura hamda musiqalari bilan mashxur bo‘lganlar. Bu xalqlar o‘z adabiyoti, san'ati va madaniyatini bir-birlari bilan mushtarak holda yaratganlar. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz kabi xalqlarning umumiy adabiy merosi sanaladi. Turkiy xalqlar asrlar osha o‘z mustaqilliklari uchun kurashganlar, ilm-fanni, san'at va madaniyatni rivojlantirganlar. Bizga qadar saqlanib qolgan Sug‘d kalendari, Beruniy asarlaridagi ma'lumotlar qadimgi O‘rta Osiyoda ilm-fanning ayrim sohalari, ayniqsa, astronomiya taraqqiy etganligini ko‘rsatadi. Shoxlar saroyidagi astronomlar sayyoralar dunyosini tekshirganlar: fizika, matematika, falsafa, tabiiyot fanlari bilan shug‘ullanganlar. Bu xalqlar qadimgi zamonlardanoq sug‘orish inshootlari qurganlar, kanallar qaziganlar, kemalar yasaganlar, yulduzlarga qarab uzoq yerlarga safar qilganlar, mustaxkam imoratlar qurganlar, toshni eritib shisha ishlab chiqarganlar, shuningdek, bu xalqlar dehqonchilik va chorvachilik bilan ham shug‘ullanganlar. Badiiy so‘z san'ati, madaniyati bilan eng qadimgi va uzoq tarixga ega bo‘lgan sohadir. Badiiy so‘z tajribasining o‘sishi xilma-xil badiiy shakllarni, adabiy janrlarni vujudga keltiradi.
    Badiiy so‘z san'ati yozuv va yozma adabiyotdan ko‘p zamonlar ilgari og‘zaki ijod shaklida paydo bo‘lgan.
    U og‘izdan-og‘izga, avloddan-avlodga, davrdan-davrga ko‘chdi, natijada, qadimgi zamonlarga oid ayrim og‘zaki adabiy yodgorliklar bizga qadar yetib keldi. Ularda o‘zlarini chet el bosqinchilaridan yoki yovuz kuchlardan saqlash uchun kurashgan qahramonlar jasorati hikoya qilinadi.
    GeRHASIP AFSONASI. Bir ajdar kishilarga ko‘p baxsizliklar keltiradi, qabilaning xayoti xavf ostida qoladi. Qahramon Gershasp ajdarga qarshi kurashga otlanadi, ajdar maskaniga qarab yo‘l oladi. Ajdarni qidiradi, lekin topolmaydi. U o‘t qalab ovqat pishirmoqchi bo‘ladi. Ajdar katta bo‘lganligi sababli Gershasp o‘z o‘chog‘ini uning o‘stiga qurgan bo‘ladi. U ajdarning uxlab yotgan badanini qizitadi, ajdar qimirlay boshlaydi, shundan so‘ng Gershasp uni payqab qoladi va dahshatli maxluqqa qarshi jang boshlaydi. Uni yengib, kishilarni halokatdan qutqaradi. (O‘limni yenguvchi bahodir Gershasp).
    ELIBeK AFSONASI. VIII-IX asrlarga mansub bu asarda quyidagilar tasvirlanadi:
    Jinlar Elibek qabiladoshlaridan ko‘p kishini qirib yuboradi. Raxshosh nomli dahshatli dev yuqumli kasallik tarqatib yuboradi. Fidokor Elibek el-yurtni halokatdan qutqarib qolmoq uchun dushmanlarga qarshi jangga otlanadi. U chorrahada son-sanoqsiz jinlarga duch keladi, ular kishilarni burdalab, qonlarini so‘rib, ichaklarini o‘rab olgan emishlar. Jinlar vahimali shovqin-suron ko‘tarib, unga yopirila boshlabdilar. Biroq Elibek qo‘rqmabdi, yo‘lbarsdek jangga otlanib, jinlarga qarata bunday debdi: «Ey jinlar, menga bot so‘zlangiz, meni shahrimdagi elni nega o‘ldirasiz? Mening bu o‘tkir qilichimni ko‘ring, tanlaringizni burdalab tashlayman. Jinlar yana vahima solib, qurol ishlatib, Elibekni o‘ldirmoqchi bo‘ladilar. Biroq Elibekka bas kelolmaydilar. Elibek kuch-quvvati va shijoati bilan ularga dahshat soladi. Jinlarni yenggan Elibek shaharning janub tomonida, bir azim tolning kavagida yashovchi uch ko‘zli, olov tusli Raxshoshning el-yurtiga kasallik yuborayotganligini bilib, unga qarshi jang qiladi va uni yengadi.
    «ZARINA VA STRIANGIYa». Shohlarning shohi o‘lib, uning o‘rniga xotini malika Zarina qabilaga bosh bo‘libdi. Tadbirli va shijoatli bu ayol qabilaning osoishtaligi va mustaqilligini saqlab qolish uchun jonbozlik qilibdi. Shohlar bilan Midiya o‘rtasida qattiq jang bo‘libdi. Bu jangda malika Zarina katta jasorat ko‘rstibdi. Biroq Midiya shaxzodasi Striangiya uni yarador qilibdi. Zarinaning botirligiga va husniga maxliyo bo‘lgan Striangiya uni kechiribdi. Parfiya shoxi esa Zarinaga uylanib, shoxlarini o‘ziga tobe qilmoqchi bo‘libdi. Zarina uning taklifini rad etibdi. Biroq shox zo‘rlik qilib unga uylanib, shoxlarni qaram qilibdi. Shu orada Parfiya bilan Midiya o‘rtasida qattiq jang bo‘lib, Midiyaning ko‘p askarlari asir olinibdi. Zarina asirlar yordamida Parfiya shoxiga qarshi kurashib, najot topish rejasini o‘ylabdi. Asirlar orasida Striangiya ham bo‘lib, Zarina u bilan asirlarga bosh bo‘lib, Parfiya shoxiga to‘satdan hujum boshlaydi. Parfiya shoxi yengiladi, asirlar ozod bo‘ladi. Zarina qabilasi (Shoxlar) ozodlikka erishadi. Striangiya Zarinani sevib qoladi, lekin xotini borligi uchun bunga jurat etolmaydi. Striangiya bunga chidolmasdan o‘zini halok qiladi.
    «RUSTAM» dostoni. Rustam devlarni shaharlari yonigacha quvib boradi, ko‘p devlar halok bo‘ladi, qolganlari shahar eshigini berkitib oladi. Yolg‘iz Rustamdan mag‘lub bo‘lgan devlar g‘azablanib, unga qarshi jangni davom ettirmoqchi bo‘ladilar. It, ilon, cho‘chqa, fil, tulkilarni minib yo‘lga chiqadilar. Rustam uyquda, uning oti – Raxsh o‘tlamoqda edi. Uzoqdan devlarni ko‘rgan ot Rustamni uyg‘otadi. Rustam devlarni yaqin keltirish uchun qochadi. Devlar uni tirik tutmoqchi bo‘lib, quvadilar. Yaqinlashib qolgan devlarga Rustam to‘satdan 'ujum qilib, ko‘pini qirib tashlaydi. Devlarning bir qismi qochadi, lekin yaralanadi.
    Bu adabiyotning maqsadi turkiy xalqlar o‘rtasidagi qadimiy aloqalrni, do‘stlik va birodarlikni ko‘rsatib berish, vazifasi esa hozirgi avlodni xalqparvarlik, insonparvarlik, oliyjanoblik an'analari ruhida tarbiyalashdir.
    Milliy istiqlolga yerishgan hozirgi kunimiz uchun bu g‘oyalar ma'naviy kamolot sari yetaklaydi. Ana shu og‘zaki ijodning samarali ta'siri ostida xalq eposlari vujudga keldi. Eposdan so‘ng esa yozma adabiyot yuzaga keldi.
    Muammoli vaziyat: 1 afsona deb nimani aytiladi? Siz oila sharoitida biror afsona eshitganmisiz? 2. Turkiy so‘zi ma'nosini izohlang. 3. O‘zbek so‘zi qachon va qanday kelib chiqdi? Talabalarga bu savollar yozdirib qo‘yiladi. So‘ng «Devonu lug‘atit turk» asari bo‘yicha ma'lumot beriladi. Dars oxirida muammo yechimi so‘raladi. Talabalar javob beradilar.

    Yüklə 0,76 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə