Jahon adabiyoti


«DeVONU LUG‘OTIT TURK» ASARI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə81/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

«DeVONU LUG‘OTIT TURK» ASARI.
Bu asar qabilachilik tuzumi davri adabiyotining namunalarini, mavzusi va ifoda mazmuniga qarab, mehnat qo‘shiqlari, qahramonlik qo‘shiqlari, mavsum va marosim qo‘shiqlari, ishqiy-lirik va ta'limiy she'rlar hamda maqollar kabi guruhlarga bo‘lib bergan. Olim bularni qabila va urug‘lar ichida yurib tekshirgan va to‘plagan.
Mehnat qo‘shiqlari. Bu qo‘shiqlar mehnat jarayonining mahsuli bo‘lib, ular mehnat og‘irliklarini yengillashtirish, xordiq chiqarish va yoshlarni mehnatga o‘rgatish, chiniqtirish vazifasini o‘taganlar. Ana shunday mehnatlardan biri ovchilik edi. Ov haqidagi qo‘shiqlarda qabilalarning ovchilik usuli, ovda ov qushlari va turli hayvonlardan foydalanishlari tasvirlanadi:
Ov qushi berib yigitlarni qush oviga yuboraylik.
Chaqqon itlarimizni qush ketidan solib tishlatsinlar.
To‘ng‘izlarni tosh bilan urushga buyuraylik,
Bu yaxshi ishlarimiz bilan faxrlanaylik.


QOZOQ ADABIYoTI: ABAY QO‘NONBOeVNING HAYoTI VA IJODIY YO‘LI
Qozoq klassik adabiyotining asoschisi, ma'rifatparvar shoir Abay Ibrohim o‘g‘li Qo‘nonboev 1845 yil 10 avgustda Semey viloyati (Abay tumani)ning Chingiz tog‘i etaklaridagi To‘pikli yaylovida chorvador oilasida dunyoga keldi.
Abay o‘z yurtidagi diniy maktabda o‘qib, 8 yoshida savodi chiqdi, so‘ng Seminalatinf shahridagi Ahmad Rizo madrasasida o‘qidi. Bu yerda A.Navoiy, Sh.Sa'diy, X.Hofiz, M.Fuzuliy kabi sharq klassiklari asarlarini o‘rgandi, ularning ayrim g‘azallarini yod oldi. «Fuzuliy», Shamsiy Sayqaliy (1858) «Yuzi ravshan» she'rlari Abayning bolalik davrida sharq klassiklari uslubida yozilgan daslabki asarlari edi. Shaharda 3 yil ta'lim olgach, otasi uni o‘qishdan olib, elni boshqarish ishlariga aralashtirdi. Lekin Abay o‘z bilimini oshirishni afzal ko‘rdi. Qunt bilan mutolaa qilib, Sharq va G‘arb adabiyoti bilan tanishdi. 19 yoshida «Alifbe» she'rini yozib, xalqni ma'rifatga undadi. Abayning ijodiy merosidan 1865-1885(20yil)yillarda yozgan she'rlari topilgani yo‘q.
Abay hayotidagi eng sermahsul davr 1886-1889, 1895 yillar hisoblanadi. Urug‘larning o‘zaro janjalidan, eskilik va nodonlikdan bezigan mutafakkir bu illatlarga qarshi qalamini qurol qilib kurashga otlandi. Cho‘qon Valixonov bilan Ibray Oltinsarin boshlagan ma'rifatparvlik g‘oyalarini ilgari surdi. «Ilm topmay maqtanma», «Yoshlikda ilm bor deb o‘ylamadim», «Internatda o‘qiydi»(1886) kabi she'rlarida ilm-ma'rifat o‘rganishga chaqirdi.
Abay progressiv g‘oyalarni targ‘ib etgani uchun 1887 yil Seminalatinskka surgun qilingan demokratlar bilan tanishdi. Abay xalqni insonparvarlikka da'vat etuvchi «Mening elim- qozog‘im», «Boylar yurar molin ardoqlab», «Adashganning oldi yo‘l» (1886) kabi ko‘plab she'rlar yozdi. Abay xalqni ilm-ma'rifatga, madaniyatga undovchi 44 ta hikoyadan iborat «Naqliy so‘zlar» deb atalgan falsafiy kitob yozdi.
Abay faoliyatidagi muhim ishlardan biri yoshlarni tarbiyalash bo‘ldi. Shoirlik iste'dodi sezilgan yoshlarga o‘zi mavzu berib, dostonlar yozdirib, tanqidiy mulohazalarni bildirib bordi. Masalan, o‘g‘illari – Mag‘ash (1869-1904)ga «Medgat Qosim» Oqilboy (1863-1904)ga «Qissai Yusuf» dostonlarini yozishda rahbarlik qildi. Abay ijodidan bizgacha 200 dan ortiq she'r, 4 ta doston («Ma'sud», «Iskandar», «Azim hikoyasi», «Vodim») yetib kelgan. Abay she'riyatining mavzusi rang-barang bo‘lib, xalqni ilm-marifatga, insoniylikka da'vat etuvchi she'rlar bilan bir qatorda, muhabbat va do‘stlikni ulug‘lovchi «Ey muhabbat», «Ey do‘stlik», «Yigitlar o‘yin arzon, kulgi qimmat», «Ba'zan tusar ko‘ngil», «Qiz so‘zi», «Yigit so‘zi», «Ko‘zimning qorasi», «Oshiq so‘zi – tilsiz so‘z», «Tat'yananing qo‘shig‘i» kabi lirik she'rlar ham uchraydi. Abayning bu mavzudagi she'rlarida «Muhabbatsiz, do‘stliksiz hayot bo‘lishi mumkin emas», hayotda inson insonni sevmasdan jamiyat uchun foydali ish qilish qiyin degan g‘oyani ilgari surildi.
Qozoq adabiyoti va qozoq adabiy tiliga asoslangan, qozoq xalqini boshqa xalqlar madaniyatidan baxramand bo‘lishga undagan, ilm-ma'rifat, insonparvarlikka da'vat etgan qozoq xalqining ulug‘ mutafakkir va ma'rifatparvar shoiri Abay Qo‘nonboev Sharq adabiyotining so‘nmas yulduzlari qatoridan munosib o‘rin oldi.
Abay lirikasida muhabbatning ikki tomonlama pokiza samimiy bo‘lishini, shundagina sevgi lazzat bag‘ishlay olishini ta'kidlaydi:
Berdim salom qalamqosh,
Senga qurbon mol ham bosh.
Seni o‘ylab kunu tun,
Oqar ko‘zdan qaynoq yosh.
Asil odam aynimas,
Ishq o‘tidan qayrilmas.
Ko‘rsam ham, ko‘rmasam ham,
Ko‘ngil sendan ayrilmas.
Abay poeziga doston janrini olib kirdi. Yaratgan dostonlarida ilg‘or, demokratik g‘oyalarni ilgari surdi. Masalan, «Iskandar», «Ma'sud» dostonlarida bunday g‘oyalar badiiy tasvir etildi.
Abay badiiy prozada ham qalam tebratdi. «Nasihat» nomli epik asarida didaktik g‘oyalarni ilgari surdi, kelgusi avlodlarga (nasi'atlar yozib qoldirdi).
Abay birinichi qozoq kompozitori ham edi. U bir qancha she'riy asarlarga kuy bastalagan. Abay 1904 yil vafot etdi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə