Jahon adabiyoti


OZARBAYJON ADABIYoTI. FUZULIYNING HAYoTI VA IJODI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə84/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

OZARBAYJON ADABIYoTI. FUZULIYNING HAYoTI VA IJODI.
Muhammad Fuzuliy ulug‘ Ozarbayjon shoiri va mutafakkiridir. Uning adabiy faoliyati bilan ozarbayjon adabiy tili va adabiyoti taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Sharq xalqlari mumtoz adabiyotining ko‘p asrli an'analaridan ta'lim olgan Fuzuliy faqat Ozarbayjon adabiyoti taraqqiyotiga emas, bir qator Yaqin Sharq xalqlari namoyandalari ijodiga ham samarali ta'sir etdi.
Fuzuliy 1498 yil Iroqning Karbalo shahrida tug‘ildi. Uning otasi Sulaymon Karbaloning ma'rifat ahillaridan biri edi.
Muhammad avval maktabda, keyin madrasada taxsil oldi, u tarix, meditsina, astronomiya, geometriya, logika va boshqa fanlar bilan shug‘ullanadi. Maktab yillaridanoq she'r yozishni mashq qiladi, adabiyot ahillari orasida shuhrat qozonadi.
XIV asrda Ozarbayjon adabiyoti shakllana boshladi. XVI asrda bu til Ozarbayjonlardagina emas, balki Iroqqa ham, xususan, Bog‘dod, Karbalo shaharlarining adabiy doirasida ham sezilarli o‘rin oladi. Ozarbayjon badiy tili va adabiyoti taraqqiyotida XVI asrda yetishgan Kaloniy, Shamsiy, Bog‘dodiy, Kishvariy va ni'oyat so‘z san'atkori M.Fuzuliy katta rol o‘ynadi.
Fuzuliy buyuk shoir, adib va tarjimondir. U Ozarbayjon tilida yaratilgan asarlaridan tashqari ,fors-tojik va arab tillarida ham qimmatli asarlar yozdi. Fuzuliy katta va boy adabiy meros qoldirdi. Ozarbayjon va fors-tojik tilidagi devonlarni, qasidalar to‘plami,”»Layli va Majnun»” dostoni, »Bangu boda», “»Suhbat ul- aqmor»” («Mevalar suhbati») munozaralari, “»Shikoyatnoma»” hajviyasi va boshqalar bu adabiy merosninig asosini tashkil etadi. Fuzuliy jo‘shqin va mohir lirik shoirdir. Uning lirikasi diniy mistik va reaksion saroy adabiyotiga qarshi kurashda o‘sdi, kamol topdi. Fuzuliy lirik turning xilma xil janrlarida she'rlar bitdi, uning devonlarida g‘azal, muxammas, ruboiy, qit'a, tarji'band, tarki'band va boshqa janrdagi she'rlarni ko‘ramiz. Biroq g‘azal Fuzuliy lirikasining yetakchi janri bo‘lib qoladi. Eng nozik xis tuyg‘ularni g‘azallarida mujassamlashtiradi. U g‘azal janrining mohiyatini qayt etib yozadi:
G‘azal bildirar shoir qudratini,
G‘azal ortirar nazim shuhratin,
Ko‘ngul, garchi ashori cho‘k rasim vor,
G‘azal rasmin et jumladan ixtiyor.
Ki, Har maxfilni ziynatidir g‘azal.
Xiradmanllar san'tidir g‘azal.
Fuzuliy hayotida oshig‘i, sevgining hassos kuychisidir. U tabiat lavxalaridan, insoning faoliyati va madaniy fazilatlaridan zavq-shavq oladi, sevgini “noshgan komil” deb tariflaydi. Binobarin, shoir tarkidunyoni va badbin shayx zoxidlardan kuladi, aldamchi, reokorlarni fosh etadi.
Muxabbat lazzatidan bexabardir zoxidi g‘ofil, Fuzuliy, ishq zavqini zavq ishqi bor ulandan so‘r. Shoir odamlarni ilm-ma'rifatga jamiat uchun foydali ishlar bilan shug‘ullanishga chaqirdi.
Ey ko‘zum, zog‘in maorif birla rangni edi ko‘r,
Xatti mushkin, pardan ruxsori gulgun o‘lmadan.
Suhbati arbobi ilmu ma'riqatdan kasb qil
Xusun siyrat, surati xali digargun o‘lmadan.
Fuzuliy lirikasi g‘azab va nafrat lirikasi hamdir. Shoir o‘z she'rlarida yashagan illatlarni tanqid qiladi, adolatsizlikka razolatga qarshi g‘azab-nafrat hislarini ifodalaydi. Shoir feodal-klerikal istebdodga qarshi ochiq kurasha olmasa-da, uni fosh etish uchun ishqiy lirikadan foydalanadi:
Davr javridan tanu jonimda ro'at qolmadi,
Surati holimda asori farog‘at qolmadi.
Mehnatu g‘am chekmagan minba'd toqat qolmadi,
Rahim qil davlatli sultonim muruvvat chog‘idur.
Fuzuliy qasidalarida mubolag‘ali maqtovlarga berilib ketmaydi, balki feodal xukmdorlarni insofli - adaolatli bo‘lishga, chaqiradi, ularga o‘git beradi, adolatsizlik va insofsizlikdan shikoyat qiladi. Fuzuliy ustoz dostonavisidir. U 1537 yilda “»Layli va Majnun»” dostonini yaratadi. Fuzuliy o‘ziga qadar ko‘pgina shoirlar tomonidan ishlangan “»Layli va Majnun»” masida kitobxonlarga manzur bo‘la oladigan yangi bir asar yaratishdek g‘oyat og‘ir va mushkul ishni jasorat bilan bajaradi. U Layli va Majnun mavzusini qayta ishlab, “Layli va Majnun” galareyasiga yangi arigenal doston qo‘shdi. Shoir dostonga yashagan muhitning hayot haqiqati va ruhini singdirdi, dostoning mohiyati va kompazitsiyasiga, obrazlari va porteretlariga katta o‘zgarishlar va yangiliklar kiritdi. U Laylining maktabdan chaqirib olinishi, onaning nasihatini Laylining javobi, Qaysning tog‘ bilan, Laylining chiroq, va oy shamol bilan suxbatini kiritdi, ayrim epizodlarni qisqartirdi. Epik tasvir bilan lirikani bir-biriga uyg‘unlashtirdi, epizodlarga ko‘plab lirik she'rlar, g‘azallar kiritdi.
Fuzuliy “»Layli va Majnun»ni XVI asar voqyeligining fojiali lavhasi darajasiga ko‘tardi. Shoir bu asari bilan feodal-klerikal axloqqa, ijtimoiy adolatsizlikka, inson xuquqining poymol qilishiga qarshi isyon ko‘taradi. Shoir qahramonlarning ruhhiy kechinmalari tasviri orqali yashagan muhitning illatlariga qarshi g‘azab va nafrat toshlarini yog‘dirdi. Feodal odatlari Layli va Majnunlarning musibat va kulfat soldi, ular orzusi ushalmadi. Zolim ota Laylini sotib yuboradi. Qayg‘u - alam girdobida qolgan Layli bemahal xalok bo‘ladi. Layli qabri ustida paydo bo‘lgan Majnun mungli g‘azal o‘qiydi:
Yondi jonim hajr ila vasli ruxi yor istaram,
Dardmandi furqatam darmoni diydor istaram.
Bulbuli zoram, degil bexuda afg‘on ayladim.
Qolmadim nolon karas qo‘ynida gulzor istadim.
Majnun ham xalok bo‘ladi.
Fuzuliy ozarbayjon adabiyotida munozara janrining go‘zal namunalarini yaratdi. U yaratgan munozaralardan biri “»Bangu boda»” bo‘lib, shoir majoziy feodal xukmronlarining mutakabbirligini, ishratparastligini tanqid qildi. Asarda boda majoziy obrazlaridan tashqari Sokiy, Araq, Bo‘za, Afyun kabilar ishtirok etadi. Bangga qarshi jangga otlanayotgan Boda davlat kengashini chaqiradi, uning tarafdorlaridan biri qo‘qqisdan jang boshlaydi, yana biri hiyla ishlatishni maslaxat beradi. Boda Bannga elchi yuboradi. Ikki tomondan o‘z “sifati” va “fazilatlari” bilan maqtanishga kirishdi:
May aydir: man nabirai takam,
Bang aydir: san palidu mak pokam.
May aydir: man nadimu sultonam,
Bang otadir: piri ahli urfonam.
May aydir: xokimi havasamu xusha.
Bang aydir: sufiyamman, arzaqpush,
May aydir: man shafoq kimi olam,
Bang aydir: man sipexr timsolam.
Og‘zaki jang harbiy to‘qnashuvga aylandi. Boda g‘olib chiqdi. Biroq shoir ikki tomon timsolida ham feodal aristakrat tabaqalarini, ularning manmanlik, munofiqlik, buzuqlik kabi xususiyatlarini fosh etdi. Shuningdek, shoir »Suhbat-ul-asror»” («Mevalar suhbati») munozarasida turli mevalarning o‘zaro munozarasiz orqali feodal xukmdorlar saroydagi ixtiloflarni, ayonlarning kibr - xavosini, axloqiy tubanlikni ochib tashladi. Fuzuliy fors-tojik tilidagi “»Sixat-va Maraz», “»Rind va Zohid»” kabi asarlarida ham munozara usulini qo‘llaydi. “»Sihat va Maraz» da inson a'zolari o‘rtasida munozara boradi. Yozuvchi salomatlikni saqlash borasida o‘z davri meditsina fani saviyasida fikr yuritadi. “»Rind va Zohid» da esa ota va o‘g‘il o‘rtasida shakl va mazmun savod va ilm-fan, dehqonchilik va tijorat, oila va bola tarbiyasi yuzasidan munozara boradi. Ota zohid, tarkidunyochi, o‘g‘il Rind, yani reaksion bo‘lib taraqqiyparvar fikrlarini qoralaydi. Ota - bola shaharga keladilar, ota o‘g‘ilni masjidga boshlaydi. O‘g‘il bunga ko‘nmaydi, mayxonaga yo‘l oladi. Ota bundan darg‘azab bo‘ladi. Oxirida ota - bola kelishib masjid bilan mayxona birdir-degan xulosaga keladilar. Asarda reaktsion qarashlarni, nodonlik va jaholatni fosh etadi. Maktub shaklida yozilgan “Shikoyatnoma” hajviyasida Fuzuliy feodal saroy va uning mahkamalaridagi poraxo‘rlik, tamagirlik, munofiqlik va xushomadgo‘ylik kabi odatlarni kulgi qamchisi bilan savalaydi. Fuzuliy bulardan tashqari yana bir necha she'riy, nasriy asarlar yaratdi.
M. Fuzuliy tarjimon ham edi.
Xusayin Vazning «Razvat-ush shuhado»” («Shoxidlar bog‘i»), Jomiyning “»Xadisi arbain»” (Qiriq hadis) kabi asarlarni Ozarbayjon tiliga tarjima qildi. 1556 yil vafot etdi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə