Jahon tarixi” kafedrasi “Jahon tarixi” fanidan Himoyaga tavsiya etilsin Fakultet dekani t f. d., dots. L. M. Babaxodjaeva


Rossiya Federatsiyasining V.Putin davridagi ichki va tashqi siyosati va iqtisodiy rivojlanish



Yüklə 177 Kb.
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü177 Kb.
#133854
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xo\'jaqulova Dilnoza Jahon tarixi

2.2.Rossiya Federatsiyasining V.Putin davridagi ichki va tashqi siyosati va iqtisodiy rivojlanish
Rossiya Federatsiyasining ko’plab muammolari Hamdo’stlik munosabatlariga bog’liqdir. Yagona iqtisodiy va mudofaa hududini saqlab qolish maqsadida Rossiya o’z zarariga ham harakat qildi. MDH davlatlariga yoqilg’i past narxlarda sotilardi. Ularning chegaralarini qo’riqlashni ham o’z zimmasiga olgan edi. Hamdo’stlik davlatlari doirasida rus millatiga mansub aholi uchun ikki fuqarolikni joriy etish imkoniyatidan ham foydalanmadi. Ochiq chegaralar Rossiyadan noqonuniy tarzda xomashyo olib chiqib ketish imkoniyatini berdi. SSSRning mulkini bo’lib olish yuzasidan kelishmovchiliklar ham bo’ldi. Masalan, Qora dengiz floti, Boyqo’ng’ur kosmodromi va boshqalarda yuzaga keldi. Ittifoqdosh respublikalarda milliy to’qnashuvlar yuz berdi. Rossiya bu hududlarda tinchlik o’rnatish tadbirlarini o’tkazishga majbur bo’ldi (Dnestrbo’yi, Abxaziya, Tojikiston va boshqalar). Qo’shni davlatlardan qochoqlarni qabul qilish ham Rossiya iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Keyinchalik Rossiyadagi barqarorlik va iqtisodiy o’sish o’zaro munosabatlar uchun umid uyg’otdi. Vladimir Putinning prezidentligi davrida mamlakat iqtisodiy rivojlanishda davom etdi. Rossiya tashqi qarzlarni to’liq to’ladi. Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlari rivojlandi. MDH davlatlari doirasida yetakchilik qildi. Rossiya fuqarolarining turmus darajasi yaxshilandi. Rossiya ilgarigi mavqeyini tiklab, qurol savdosida yana yetakchi o’rinlarni egalladi. 2004-yilda 5mlrd dollarga qurol sotib olgan bo’lsa, 2008-yilda uning miqdori 6,5 mlrd dollardan oshib ketdi31. 2008-yil mart oyidagi Prezidentlik saylovlarida “Yagona Rossiya” Partiyasining nomzodi Putinning partiyadoshi, ilgari bosh vazir bo’lib ishlab kelgan N. Medvedev Prezidentlikka saylandi. Vladimir Putin Bosh Vazirlik lavozimini egalladi. 2008-yil avgust oyida sodir etilgan Abxaziya va Janubiy Osetiya voqealari (2008-yil avgust oyi boshida Gruziya Janubiy Osetiyaga bostirib kirdi va Tsxinvalida qirg’inbarot urushlarini olib bordi. Rossiya Janubiy Osetiyaga yordam qo’lini cho’zib, u yerdan Gruziya qo’shinlarini haydab chiqargan edi) Rossiyaning nafaqat Gruziya bilan munosabatlari yomonlashishiga olib keldi, balki shu bilan birga, YI va AQSH bilan ham munosabatlarining yomonlashib ketishiga olib keldi. AQSH va YI davlatlarining talabi bilan Rossiya – Gruziya mojarosi BMTning Xafvsizlik Kengashiga qo’yildi. Kengash Rossiyaga nisbatan sanksiya qo’llashning uddasidan chiqolmadi. Shunday bo’lsa-da, bu masala Gaaga sudiga qadar bordi. Rossiya Yevropa Ittifoqi davlatlarining naft va gazga bo’lgan talabining 25%ini berayotganligi va 2008-yilning ikkinchi yarmidan boshlangan jahon moliyaviy va iqtisodiy inqiroz sababli YI davlatlari Rossiyaga nisbatan keskin choralar ko’rishga botinolmadi. Gegemonlik mavqeini qo’msayotgan rossiyaning tashqi siyosatida qarama-qarshiliklarni ham ko’rishimiz mumkin. Abxaziya va Janubiy Osetiyaning Gruziyadan ajralib, mustaqil respublikalar bo’lishida yordam bergan va qo’llab-quvvatlagan Rossiya huddi shunday holatda Kosovaning Serbiyadan ajralib, mustaqil davlat bo’lish jarayonida qattiq qarshilik qildi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Shimoliy Kavkaz respublikalarining mustaqil bo’lishlariga yo’l qo’ymasligi tabiiydir.
Rossiyaning yangi zamonaviy qurollar ishlab chiqarishga katta mablag’ ajratishi (2011 – 2017 yillarga mo’ljallangan rejada 17 trillion rubl) uning jahonda yana gegemonlikka da’vo qilayotganini ko’rsatadi. Rossiya kimyoviy qurollar zaxirasi bo’yicha dunyoda birinchi (Rossiyada 40 ming tonna, AQSHda 27 ming tonna) o’rinda turadi. Oltin zaxirasi bo’yicha esa dunyoda uchinchi o’ringa (2010-yil) chiqib oldi. 2010-yil oxirida SQCH bo’yicha Rossiya – AQSH muzokaralarida ijobiy natijalarga erishildi. 2011-yilning fevral oyi boshida “SQCH – 3” Shartnomasi AQSH Kongressi va Rossiya Davlat Dumasi tomonidan ratifikatsiya qilindi. Bunga muvofiq, tomonlar yadro qurollarini 1/3 ga qisqartirishga kelishib oldilar32. 2008-yilning ikkinchi yarmida boshlangan iqtisodiy inqiroz Rossiyaga ham kuchli ta’sir ko’rsatdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish qisqardi. Qishloq xo’jaligi katta zarar ko’rdi. Agar 2009-yili 97 mln tonna don olingan bo’lsa, 2010-yilda bu ko’rsatkich 63 mln tonnaga tushib qoldi. 2010-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 3,7% ga tushib qoldi, holbuki, bu ko’rsatkich 2008-yilda 6,5% edi. 2010-yilda inflatsiya 8,1% ni tashkil etdi.
Rossiya 2010 yilda asosiy e’tiborni G’arb bilan munosabatlarni yaxshilashga qaratdi. Xususan, Norvegiya bilan chegara tortishuvlari hal qilindi. Ukrainada yangi rahbar saylangach, aloqalar normallashdi. Biroq tashqi siyosatda eng katta o’zgarish bu Rossiyaning Polsha va AQSh bilan til topishganidir. Kremlda o’tirganlarning sizga jilmayib boqishini tasavvur qilish qiyin. G’arb ahli Sovet rahbari Nikita Xrushevning BMT minbarida dag’dag’a qilganini hamon unutmagan. Tashqi ishlar vaziri Andrey Gromykoni G’arbda “Qahrli Grom” deb atashar edi. 2010 yilda prezident Dmitriy Medvedev Rossiya imidjini ijobiy tarafga o’zgartirishga, uni yosh, ochiq chehrali, zamonaviy demokratik davlat sifatida dunyoga tanishtirishga harakat qildi. Rossiyaning asosiy daromad manbai bo’lmish neftning narxi yana ko’tarila boshlagan. Lekin 2008 yili Gruziya bilan urush natijasida boy berilgan xorijiy sarmoyalar mamlakatga qaytmadi. Rossiya hamon Belarus, Shimoliy Koreya, Venesuela va Zimbabve kabi davlatlar safida tilga olinadi. “Moskvada tez-tez quloqqa chalinadigan bir shikoyat - Rossiyaning shundoq biqinida Xitoy kuch-qudratga to’layotganidir. Markaziy Osiyoda Xitoy Rossiya o’rnini egallab bo’lgan”, - deydi siyosatshunos Konstantin von Eggert.
Rossiya o’tmishdagi nufuz-salobatini tiklashga qanchalik harakat qilmasin, natija yo’qligi ayon. Kreml shu bois pragmatik bir yo’lni tanladi – ittifoqchilik va o’ziga munosib deb bilgan davlatlar bilan hamkorlik. Bu haqda kitob yozayotgan Dmitriy Treninning aytishicha, biz buyuk davlatmiz deb ko’krak kerish bilan hech narsa o’zgarmadi. “Ichki siyosat, iqtisod va demografiya mamlakatning asl ahvolini ko’rsatib turibdi”. Kremlning yana bir shikoyati shuki, Xitoy bu mamlakatga xomashyo bazasi deb qaraydi. Qiyos, Yevropa Rossiyaga katta miqdorda sarmoya olib kirishga tayyor, lekin bu yo’ldagi ikki to’siq - AQSh va Polsha. O’tgan bir yilda Moskva-Vashington munosabatlari ijobiylashgani rost. O’rtada kechgan ayrim noxush voqealar, ruslar nazarida, shunchaki “provokatsiya”.
Prezident Medvedevning AQShga safaridan uch kun o’tmay rus josuslari fosh etilgani, noqonuniy qurol savdosida ayblangan Rossiya fuqarosi Viktor Butning Amerikaga topshirilgani hamda AQSh Kongressida Rossiya bilan harbiy bitimga qarshilik shular jumlasidan. Oq uy Kreml bilan hamkorlikdan mamnun. AQSh iltimosiga binoan Rossiya Eronga qurol sotmaslikka qaror qilgan. Evaziga Kreml Jahon Savdo Tashkilotiga chipta olishi mumkin. Xalqaro koalitsiya sharofati bilan, Rossiyaning janubiy sarhadlari, Markaziy Osiyo hozircha tinch, deydi tahlilchi von Eggert. “Koalitsiya kelasi to’rt yilda Afg’onistonni tark etgach nima bo’lishini tasavvur qilish qiyin. Rossiya rahbariyati, tabiiyki, Afg’onistondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibdi. Toliblar Qirg’iziston, Tojikiston yoki O’zbekistonga qadam qo’yishini hech kim istamaydi”, - deydi mutaxassis. Vashington bilan yaqinlashuv Rossiya uchun iqtisodiy imkoniyatlar degani. Polsha bilan normal aloqalar Rossiyaga Yevropa Ittifoqi darvozalarini kengroq ochadi. Ikkinchi Jahon urushi davrida minglab polyak mahbuslar qirilgani gina-qudrat negizida yotgan omil edi. Shu yil aprelda Bosh vazir Vladimir Putin voqea joyida o’tgan xotira masorimida qatnashib, orani ochiq qilib oldi.Biroq uch kun o’tmay, yana bir fojia bo’ldi. Polyak rasmiylari, jumladan prezidentni olib ketayotgan samolyot Rossiyada qulab, barchasi halok bo’ladi. Halokat sabablarini o’rganishda Kreml Polsha bilan to’la hamkorlik qildi. Harbiy tahlilchi Pavel Felgengauer fikricha, Dmitriy Medvedevning Varshavaga tashrifi muvaffaqiyatli o’tdi deb ta’riflansa-da, oradan sovuqchilik, ishonchsizlik ketgani yo’q. Ammo sharqda Xitoy kuchga to’layotgan bir paytda, Rossiya G’arb bilan aloqani mustahkashlashga oshiqmoqda.
V. Putin o‘zining kuchli davlat hokimiyati tarafdori sifatida davlat hokimiyatining roli va obro‘yini mustahkamlashga qaratdi. Xalqaro maydonda Rossiyaning roli tiklandi. 2008-yil avgust oyida Gruziya o‘zining tarkibiy qismi hisoblangan Janubiy Osetiya va Abxaziyada konstitutsion tartibni tiklash maqsadida bu hududlarni artilleriyadan bombardimon qilishni boshladi. Shundan so‘ng mojaroga Rossiya qo‘shinlari aralashib, Gruziya hududigacha bostirib kirdi va Rossiya – Gruziya munosabatlari keskin yomonlashdi. 2014-yil fevral oyida Ukrainada hokimiyat almashdi. Qrimda hokimiyatga kelgan rossiyaparastlar Kiyevdagi yangi hukumatni tan olmadi. 2014-yil 16-martda ular referendum o‘tkazib, uning natijasiga binoan Qrimning mustaqiligini e’lon qildi va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Rossiyaning Ukrainaga nisbatan siyosatidagi yana bir muammoli jihat Ukrainaning sharqida, Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi voqealar bilan bog‘liq. Bu yerda ham Ukrainadagi hokimiyat almashinuvini tan olmagan bir guruh rusiy zabon yetakchilar tomonidan Donetsk va Lugansk Xalq respublikalari e’lon qilinib, o‘z armiyalarini shakllantirdi. Tashqi siyosatda Rossiya hal qilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri Suriya muammosi. Rossiyaning harbiy-kosmik kuchlari 2015-yil sentabrdan boshlab Suriyadagi janglarda ishtirok etmoqda. Suriyada ISHID (Iroq va Shom islom davlati) va boshqa xalqaro terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashda Rossiya bir qator yutuqlarga erishdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2014-yildan 2015-yilgacha bo‘lgan davrda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi milliy rejani tasdiqladi. Prezident 2014-yil 1-iyulga qadar ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyat organlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha rejalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va ularning ijrosi ustidan nazoratni taʼminlashni topshirdi. 
2014 yilda Konstitutsiyaga kiritilgan navbatdagi o‘zgartirishga ko‘ra, Prezident mamlakat Xavfsizlik Kengashiga Rossiya Federatsiyasining vakilini tayinlash vakolatini oldi. Eng yirik o‘zgartirish o‘tgan 2020-yilda amalga oshirildi. Unga ko‘ra, Putinning mamlakat rahbarligidagi faoliyati nollashtirildi va endi u 2036-yilga qadar Rossiyani boshqarish imkoniyatiga egab bo‘ldi. Ushbu mamlakatda keyingi prezidentlik saylovlari 2024-yilda bo‘lib o‘tadi va agar yana Putin g‘alaba qozonsa, bu hisob bo‘yicha beshinchisi bo‘ladi.
Rossiya ichki va tashqi siyosatda ko’plab natijalarga erishdi. Bunda o’z navbatida Putinning yuritgan siyosati asosiy rol o’ynadi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz kerakki, SSSR parchalanganidan so’ng tashkil etilgan Rossiya Federatsiyasi o’zining og’ir kunlarini boshdan kechirdi. SSSRning yo’l qo’ygan xatolari natijasida vujudga kelgan katta yo’qotish o’rnini to’ldirishga harakat qildi. Uzoq vaqt ketgan bo’lsa-da, Rossiya o’zining kuchini tiklay oldi. Chunonchi, hozirgi kundagi Rossiya jahon davlatlari orasida yuqori o’ringa ega davlat hisoblanadi. Jahon minbarlarida o’zining so’ziga ega davlat sifatida qayta shakllandi. Bu darajaga ayniqsa, Vladimir Putin davrida erishildi. 90-yillarda Rossiya asosan, SSSRdan qolgan asoratlarni bartaraf etishga, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy ahvolini biroz bo’lsada yaxshilashga erishgan bo’lsa, 2000-yillar davomida u chuqur islohotlarni amalga oshirdi. O’zining kuchli pozitsiyasiga ega davlat sifatida dunyoga qayta boshladi. Vladimir Vladimirovich Putin mamlakat iqtisodini ko’tardi, aholi ijtimoiy holati darajasini oshirdi. Siyosatda keskin harakatlari bilan mamlakat aholisini ishonchiga erisha oldi. Boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalari rivojlandi. Ko’plab mamlakatlar hukumatlari V.Putin siyosatidan manfaatdor. Vladimir Putin davrida aholi yashash darajasi koeffisenti har tomonlama o’sdi. Ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy, siyosiy sohalarda ko’plab yuqori natijalarga erishdi.
Xuloa qilib aytganda, Rossiya Federatsiyasi Vladimir Putin davrida ichki va tashqi siyosatida yuqori natijalarga erisha oldi. Bugungi kunda Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasini muvaffaqiyatli boshqarishda davom etmoqda.


Yüklə 177 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə