Jahon tarixi



Yüklə 356,3 Kb.
səhifə10/12
tarix26.05.2023
ölçüsü356,3 Kb.
#113107
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang

6-topshiriq.

KIRISH


O'ttiz yillik urush nemis millati va Yevropaning Muqaddas Rim imperiyasida gegemonlik uchun bo'lgan harbiy mojaro bo'lib, u 1618 yildan 1648 yilgacha davom etdi. Urushning Oqibatlari barcha Yevropa mamlakatlariga ta'sir ko'rsatgan. Urush Germaniya imperiyasida protestantlar va katoliklar o'rtasidagi diniy to'qnashuv sifatida boshlandi, ammo keyinchalik Yevropada Gabsburg hukmronligiga qarshi kurashga aylandi. Mojaro Yevropadagi so'nggi yirik diniy urush bo'lib, Vestfaliyaning xalqaro munosabatlar tizimini vujudga keltirdi. Urushning to’rt bosqichi turli hil jarayonlarda kechadi.
XVII asr boshlarida Germaniyada ReforMatsiyaga qarshi bo‘lgan kuchlarning faolligi kuchaydi. Ular ayniqsa Mamlakatning shimoli-g‘arbiy va janubiy qismlarida muvaffaqiyat qozondilar. Bir qator gersoglik, graflik va shaharlarda qaytadan Katolik cherkovining hukmronligi o‘rnatildi. Protestantlarning O‘z mavqelarini yo‘qotishi faqat Germaniyada emas, butun Yevropada norozilikka sabab bo‘ldi. Har ikkala tomon ham chet ellardagi maslakdoshlaridan yordam olib turdi. Natijada Germaniyadagi ikkala lager o‘rtasida harbiy mojaro va Germaniya ishlariga boshqa Yevropa davlatlarining faol aralashuvi xavfi tug‘ildi. Germaniyadagi diniy-siyosiy holatning keskinlashuviga faqat ichki sabablar emas, Gabsburglar bilan Fransiya o‘rtasida Yevropada gegemonlik uchun raqobatning kuchayishi ham sabab bo‘ldi. Germanyadagi voqealar Yevropadagi kuchlar nisbatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin edi. Shu sababli bir tomondan Fransiya, ikkinchi tomondan Gabsburglar, uchinchi tomondan Gollandiya, Daniya, Shvesiya va pozitsiyasi oxirigacha nomaʼlum bo‘lgan Angliyaning tashqi siyosatida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Xullas, yetilib kelayotgan mojaro diniy sababga ega bo‘lsada, undan har bir davlat o‘zining siyosiy va iqtisodiy manfaatini ko‘zlab siyosat yurgizayotgan edi. Urushga bevosita bahona 1618 yil may oyidagi Praga voqealari bo‘ldi. Chexlarning XVI asrdayoq kafolatlangan va XVII asrda imperatorning maxsus yorlig‘i bilan tasdiqlangan diniy va siyosiy huquqlarini poymol qilib, Gabsburglar hukumati protestantlar va milliy mustaqillik tarafdorlarini quvg‘in qila boshladilar. Bunga javoban qurollangan olomon Pragadagi eski qirol saroyiga bostirib kirib, Gabsburglar tomonidan tayinlangan ikki hukumat aʼzosini va kotibni derazadan uloqtirib tashladi.

Yüklə 356,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə