Jahon tarixi


– topshiriq: Mustaqil o’rganish uchun test topshiriqlari. Test savollariga javob bering



Yüklə 356,3 Kb.
səhifə6/12
tarix26.05.2023
ölçüsü356,3 Kb.
#113107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang

2 – topshiriq: Mustaqil o’rganish uchun test topshiriqlari. Test savollariga javob bering.
1. Xususiy mulkning asosini sanoat korxonalari tashkil etadigan, shuningdek, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va yuqori sanoat ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyat – bu ...
A) quldorlik jamiyati B) feodal jamiyat
C) kapitalistik jamiyat D) totalitar jamiyat
2. Buyuk geografik kashfiyotlar qaysi davrlarda amalga oshirilgan?
A) XV asr oxiri B) XVII asr oʻrtalari
C) XVI asr boshlari D) XV asr oxiri – XVII asr oʻrtalari
3. Quyidagi qaysi atama arabchadan “dengiz hukmdori” degan ma’noni anglatadi? A) armada B) admiral C) reformatsiya D) astrolyabiya
4. Shimoliy Amerikadagi birinchi ingliz mustamlakasi – bu ...
A) Luiziana B) Virginiya C) Jorjiya D) Kaliforniya
5. XVI-XVII asrlarda Gʻarbiy Yevropada aholining katta qismini ... tashkil etgan. A) savdogarlar B) dehqonlar C) ishchilar D) hunarmandlar
6. Negosiant – bu ...
A) biror bir ixtironing davlat tomonidan e’tirof etilgani va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan huquqini tasdiqlovchi hujjat
B) savdo yoki ishlab chiqarish huquqi yoki imtiyozini beruvchi hujjat
C) ulgurji savdo bilan shugʻullanuvchi savdogar
D) savdo sohasida tanho hukmronlik qiluvchi tashkilot
7. “Patent” soʻzining lugʻaviy ma’nosi qaysi javobda toʻgʻi koʻrsatilgan?
A) shaharliklar
B) taqsimlanadigan narsa
C) ochiq, aniq, ravshan
D) zabt etish, bosib olish
8. XVI asrda Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch tarixiy hodisadan biri quyidagi qaysi javobda berilmagan?
A) reformatsiya
B) mutlaq monarxiyaning kuchayishi
C) dengizda Angliya hukmronligining oʻrnatilishi
D) fuqarolar urushi
9. Angliyada reformatsiya qaysi hukmdor davriga toʻgʻri keladi?
A) Genrix VIII
B) Mariya
C) Yelizaveta I
D) Yakov VI Styuart
10. Yelizaveta I vafotidan soʻng Angliyaga taxtiga oʻtkazilgan Yakov VI Styuart qaysi mamlakat hukmdori hisoblangan?
A) Irlandiya B) Shotlandiya C) Uels D) Daniya
11. XVI asrda quyidagi qaysi mamlakatda qirol saroyi hayotining asosiy mazmunini qirol shaxsini ilohiy deb hisoblovchi tushuncha tashkil etgan?
A) Fransiya B) Angliya C) Ispaniya D) Portugaliya
12. “Davlat – bu men!” iborasi qaysi Fransiya qiroliga tegishli edi?
A) Lyudovik XI B) Lyudovik XIII C) Lyudovik XIV D) Karl IX
13. Diniy urush davrida fransuz gugenotlariga kim yetakchilik qilgan?
A) Genrix Burbon
B) gersog F.Giz
C) gersog Alba
D) Vilgelm Oranskiy
14. Podsho Ivan IV davrida dvoryanlardan necha nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk ajratib berilgan?
A) 400
B) 800
C) 1000
D) 1200
15. Rossiyada oprichnina qaysi hukmdor davrida bekor qilingan?
A) Ivan III
B) Vasiliy III
C) Ivan IV
D) Boris Godunov
16. XVII asr boshlarida Rusda polyak bosqinchilariga qarshi xalq lashkariga kim boshchilik qilgan? 1. B. Godunov; 2. Kuzma Minin; 3. Dmitriy Pojarskiy; 4. Aleksandr Nevskiy; 5. Dmitriy Donskoy.
A) 1, 2, 3
B) 4, 5
C) 1, 3, 5
D) 2, 3
17. Hozirgi Belgiya, Lyuksemburg, Gollandiya hamda Fransiyaning bir qismida tashkil topgan davlat XVI asrda qanday atalgan?
A) Buyuk Shimoliy davlat
B) Niderlandiya
C) Benilyuks
D) Skandinaviya
18. Gʻarbiy Yevropada Uygʻonish davri qanday atama bilan nomlanadi?
A) reformatsiya
B) renessans
C) restavratsiya
D) repressiya
19. Kapitalistik jamiyat rivojining ilk bosqichida qaysi davlat koʻmir qazib chiqarish markaziga aylangan?
A) Angliya
B) Fransiya
C) Germaniya
D) Xitoy
20. “Birja” soʻzining ma’nosi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
A) kelishmovchilik
B) hamyon
C) roʻyxatga olaman
C) taqiqlayman
21. “Senzura” atamasining lugʻaviy ma’nosi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
A) taqiqlayman
B) yagona, yakka
C) roʻyxatga olaman
D) hamyon
22. ... xudoga emas, qirolga xizmat qilayotgan cherkovga qarshi boʻlganlar va qirol parlament bilan hisoblashishi lozim deb hisoblaganlar.
A) torilar
B) vigilar
C) puritanlar
D) fabianistlar
23. Angliya qachon Respublika deb e’lon qilingan?
A) 1649-yil 19-may
B) 1645-yil 14-iyun
C) 1640-yil 3-noyabr
D) 1600-yil 17-fevral
24. “Ingliz ozodligining asrovchisi” – bu ...
A) bir palatali parlament
B) Oliver Kromvel
C) Yelizaveta I
D) Angliya qiroli
25. Irlandiya qachon Angliya tomonidan bosib olingan?
A) 1646-yil
B) 1649-yil
C) 1653-yil
D) 1654-yil
26. Nechanchi yilda O.Kromvel hukmron tabaqaning xohish-istagi bilan “Ozod davlat Angliya, Shotlandiya va Irlandiyaning lord-protektori” deb e’lon qilingan? A) 1649-yil
B) 1653-yil
C) 1654-yil
D) 1658-yil
27. Kromvelning eng katta xizmati nimadan iborat edi?
A) Shotlandiya va Irlandiyaning egallanishi
B) vijdon erkinligining e’lon qilinishi
C) Gollandiyaning magʻlubiyatga uchratilishi
D) Ispaniyaning magʻlubiyatga uchratilishi
28. Nechanchi yilda Angliya dengiz savdosidagi asosiy raqibi – Gollandiyani magʻlubiyatga uchratishga erishgan?
A) 1653-yil
B) 1654-yil
C) 1658-yil
D) 1660-yil
29. “Deklaratsiya” atamasining lugʻaviy ma’nosi – bu ...
A) roʻyxatga olaman
B) taqiqlayman
C) e’lon qilaman
D) hamyon
30. AQSH qaysi davlat bilan «Doʻstlik va Tijorat bitimi», keyinroq esa «Ittifoq shartnomasi» ham imzolagan?
A) Yaponiya
B) Rossiya
C) Fransiya
D) Meksika

Yüklə 356,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə