Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə20/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

1.1. Musobaqa maqsadi va vazifalari
Bu bo’limda musobaqa o’tkazayotgan tashkilotning o’z oldiga qo’yadigan asosiy maqsadi va vazifalari ochib beriladi:
-sport jamoalarida o’quv-trenirovka va tarbiyaviy ishlarning ahvolini tekshirish;
-terma jamoa tarkibini to’ldirish maqsadida eng yaxshi kurashchilarni vazn toifalari bo’yicha saralab olish;
-sport tashkilotlari va sportchilar o’trasida do’stlik aloqalarini mustahkamlash;
-aholi o’rtasida sport kurashini ommalashtirish va yoshlarni kurash bilan muntazam shug’ullanishga jalb qilish.

      1.2. Musobaqalarni boshqarish

Bo’limda musobaqalarni tayyorlash va o’tkazishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek musobaqani o’tkazish aniq kimga yuklatilishi; musobakalar joyini tayyorlash, sportch’ilar va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish,ularga tibbiy xizmat ko’rsatish, shuningdek madaniy tadbirlarni o’ikazish uch’un kim javobgar bo’lishi ko’rsatiladi.


      1.3. Ishtirokchilar va qatnashuvchi tashkilotlar



Bo’limda musobaqalarda qatnashish uchun qaysi tashkilotlar va ishtirokchilarning qanday yosh guruhlariga ruxsat berilishi, murabbiylar va vakillarning son tarkibi ko’rsatiladi.
1.4. Musobaqalarni o’tkazish shartlari va tartibi
Ushbu bo’limda musobaqalarni o’tkazish xususiyati va usullari ko’rsatiladi. Kunlar bo’yicha musobaqalar dasturi va turli vazn toifalaridagi bellashuvlar jadvali taklif qilinadi.
Shaxsiy, shaxsiy-jamoa va jamoa musobakalarida sinov tizimi belgilanadi. Egallangan o’rinlar uchun ochkolarni berish jadvali tavsiya qilinadi.

      1.5. Talabnomalarni berish muddatlari va tartibi

Dastlabki talabnomalarni berish muddatlari, shuningdek oxirgi talabnomalarni berishning aniq muddati belgilanadi. Shuningdek mandat komissiyasiga takdim etish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ro’yxati ko’rsatiladi.



      Yüklə 462,23 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə