Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»


«DAKKI» — ikkinchi ogohlantirishda ishlatiladigan ibora. «G’IRROM»



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə23/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

«DAKKI» — ikkinchi ogohlantirishda ishlatiladigan ibora.



  1. «G’IRROM» — oxirgi ogohlantirishda ishlatiladigan ibora. Hakam kurashchi tomonga burilib, qo’lini kaftlari bilan pastga qaratgan holda yon tomonga cho’zib,ikki-uch marta pastga silkitib ishora qiladi.

  1. "BEKOR" — olishuv to’xtatilganda keyingi harakatlar uchun yoki bajarilgan usul baholashga noloyiq deb,topilgan vaqtda ishlatiladigan ibora.





  1. «VAQT» - olishuv vaqti tugaganligini ko’rsatish uchun ishlatiladigan ibora. Hakam ikkala qo’lini yuqoriga ko’tarib kaftlarini bir-biriga qadagan holda bilakdan qo’shib ishora qiladi.



Belbog’li kurash bellashuvlarini o’tkazishda ishlatiladigan ishora va iboralar
B ellashuv boshlanishidan oldin hamda bellashuv tugagandan so’ng hakamning “Ta’zim iborasida kurashchilar o’ng qo’llarini ko’ksiga qo’yib, bir-birlariga ta’zim qiladilar.
Ta’zim
Ushla” iborasi kurashchilarning bir-birini belbog’idan ushlatish uchun ishlatiladi. Hakamning bu iborasida kurashchilar tik turgan holatda bir-birlarining belbog’laridan belarini ustidan qo’llarini barobar qilib ushlab turadilar.
Kurashchi o’ng qo’lini raqibining chap qo’li ostidan va chap qo’lini raqibining o’ng qo’li ustidan o’tkazib belbog’ni ushlaydi.
Ushla

Kurash” iborasi kurashchilar bir-birlarini belbog’laridan ushlaganidan so’ng bellashuvni boshlash uchun ishlatiladi. Hakamning bu komandasida kurashchilar bellashuvni boshlaydilar.


Kurash

To’xta iborasi bellashuv davom etayotgan paytda bellashuvni to’xtatish uchun ishlatiladi. Hakamning bu komandasida kurashchilar bellashuvni to’xtatadilar.


To’xta
Halol” iborasi sof g’alabani anglatadi.
-kurashchi raqibini har ikkala oyog’ini yerdan uzib, ikkala kuragini yerga tekizsa;
-ballar olti bal bilan farq qilsa;
-raqib kurashchiga uch martta jazo bahosi berilsa;
-raqib kurashchi sababsiz uch daqiqa ichida gilamga chiqmasa;
-shifokor xulosasgai ko’ra raqib kurashchi bellashuvga loyiq bo’lmasa;
-kurashchi usul ishlagan paytda raqibi qo’lini atayin belbog’dan chiqarib
Halol yuborsa;
-kurashchi raqibini ko’targan paytda raqibi oyog’ini uning oyog’iga o’rab olsa;
-raqib kurashchi bellashuvdan bosh tortsa;
-raqib kurashchi kurash qoidasiga, hakamga bo’ysunmasa hamda raqibiga nisbatan qo’pollik qilsa hakam kurashchiga
“Halol” bahosini beradi.

Bekor” iborasi kurashchilarning harakatlari baholanmaganda aytiladi: -kurashchilar harakat davomida gilamga


teng tushsa;
-To’xta” komandasidan so’ng qilingan barcha usul va harakatlar;
-gilam tashqarisida bajarilgan har qanday usul va harakatlar;
-gilamdagi uchta hakam uch xil baho berganda hakam “Bekor” bahosini beradi.
Jazo Jazo” iborasi kurashchini ogohlantirish uchun
ishlatiladi:
-kurashchi orqasiga o’tirib qolsa;
-kurashchi raqibini ikki tizzasini gilamga tekkizsa;
-kurashchilar “Ushla” komandasidan keyin15 soniya vaqt ichida belbog’larni ushlamasa;
-kurashchi himoyalanish (blok) maqsadida qo’lini raqibining biqiniga tirab tursa;
-kurashchi raqibining kiyimini belboqqa qo’shib ushlasa;
-kurashchi raqibining oyog’i orqasidan, yonidan chalsa;
- raqibning oyog’i yoniga oyoq qo’yib qayirsa;
-kurashchi gilamga chaqirilgandan keyin bir daqiqa ichida chiqmasa;
-kurashchining murabbiyi bellashuv vaqtida chetdan hakamga yoki raqib kurashchiga
nisbatan baqirsa, e’tiroz bildirib haqorat qilsa;
-kurashchi kurash formasini o’rniga boshqa sport turining formasini kiyib chiqsa yoki kir forma kiyib chiqsa hakam kurashchiga “Jazo” bahosini beradi.
1 ball Ball” iborasi har qanday chala qilingan yoki har
qanday raqibni ikkala oyog’ini gilamdan uzmasdan bajarilgan usulga beriladigan baho.
-kurashchi raqibini har ikkala oyog’ini gilamdan uzib, ikki tizzasiga tushirsa;
-kurashchi raqibini har ikkala oyog’ini gilamdan uzib, orqasiga o’tkazib qo’ysa;
-kurashchi raqibini oyog’ini gilamdan uzmasdan ikki kuragini yerga tekkizsa;
-kurashchi raqibini har ikkala oyog’ini gilamdan uzib, o’zi ikkala kuragi bilan gilamga tushsa raqib kurashchiga hakam “1 ball” bahosini beradi.
2 ball Kurashchi raqibini har ikkala oyog’ini yerdan uzib, bir kuragi bilan yiqitsa yoki kurashchi raqibini beliga ko’tarib, to’liq yonbosh usulini qilsa hakam “2 ball” bahosin beradi.
Baho va ogohlantirishlar raqamlar (10, 5, 3, 1, 0) bilan e’lon qilinadi, ammo ularning umumiy soni jamlanmaydi.
Kurashchi raqibini har ikkala oyog’ini gilamdan uzmasdan bajarilgan usul inovatga olinmaydi.
Kurashchilar belbog’ni ko’krak qafasidan bir musht va ikki barmoq oralig’ida bog’lanadi.
Agar kurashchi biror-bir sabab bilan bellashuvning yarmida chetlatilsa, uning to’plagan natijalari inobatga olinmaydi.
Bellashuv vaqtida murabbiy va kurashchilarning hakamlarga nisbatan har qanday noroziliklari bellashuv vaqti tugagandan so’ng o’n besh daqiqa ichida yozma ravishda musobaqa bosh hakamiga murojaat qilishlari mumkin.

Yüklə 462,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə