Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»


Yunonrim kurashi (Olimp dastur)



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə25/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

Yunonrim
kurashi (Olimp dastur)


1


2


3


4


5


6


7


8


Tik turish


Tik turish


Tik turish


Tik turish


Tik turish


Tik turish




Tik turish


Tik turish


-


-


-


-


Parter


Parter


Parter


Parter

Tasniflash - bilimlarning u yoki bu sohasidagi bir-biriga tobe tushunchalar (sinflar, ob’ektlar, hodisalar) tizimidir. Tasnif ob’ektlarning umumiy belgilar va ular o’rtasidagi qonuniy bog’liqlikni hisobga olish asosida tuziladi. Tasniflash turli-tuman ob’ektlarda to’g’ri yo’l tutishga yordam beradi hamda ular to’g’risidagi bilimlar manbai bo’lib hisoblanadi.


Har xil kurash usullarini ularning umumiy belgilariga qarab (tasniflarga) taqsimlash mutaxassislarga fan to’g’risidagi nazariy hamda amaliy bilimlarni rivojlantirishga imkon yaratadi va bir vaqtning o’zida bu bilimlardagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.
Kurash usullari o’rtasidagi ichki bog’liqliklar tizimlashtirish asosida ko’rib chiqiladi. Tizimlashtirish - bu kurash texnikasini bir tizimga solish, ma’lum bir tartibda joylashtirish, ma’lum bir ketma-ketlikni belgilash demakdir.
Tizimlashtirishda, tasniflashdan farqli ravishda (chunki uning davomida ko’rib chiqilayotgan ob’ektlar ularning o’xshashligi va o’zaro bog’liqligini hisobga olgan holda u yoki bu bo’linmaga ta’lluqli bo’ladi) ob’ektlar ularning ketma-ketligini aniqlash, belgilash uchun bir-biri bilan taqkoslanadi. Tizimlashtirish ushbu tasnifiy sxema imkoniyatlarini ochib beradi, uning kamchiliklarini ko’rsatadi.
Sport kurashini tasniflash va tizimlashtirishning vazifasi kurash mohiyatini aks ettirish hisoblanadi. Tasniflash va tizimlashtirishni tushunchalarni (tashlash, o’tkazish, yiqitish, ag’darish va h.k.) aniqlash bo’yicha oldindan ish bajarilmasdan turib, 0amalga oshirilmaydi.Yaxshi tuzilgan tasniflash ilmiy asoslangan atamalarni yaratish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Kurash atamashunosligi - bu mutaxassislar o’zlarining ilmiy va pedagogik ish faoliyatlarida foydalanadigan atamalar yig’indisidir.
Mazkur ko’pgina fanlarni tasniflash va tizimlashtirish asosida tuzilgan atamashunoslik fan mohiyati to’grisida ma’lumotlar beradi hamda maqsadli ravishda takomillashtirish imkoniyati mumkin. Bunday atamashunoslik ilmiy asoslangan atamashunoslik deb ataladi.
Shunday qilib, tasniflash, tizimlashtirish va atamashunoslik to’g’risida fikr yurtiligan paytda, ularning mana shu tartibda sanab o’tilishiga e’tibor berib, undagi tasniflash bo’yicha ish ketmaketligini ko’rish mumkin. Ya’ni avval tasniflash bajariladi, uning natijasida ma’lum bir tizim hosil bo’ladi, so’ngra esa uning asosida hamma kurash usullarining ilmiy asoslangan nomlari (atamalari) beriladi.
Kurashning xar xil turlari umumiy qonuniyatlarga (A.P.Kupcov bo’yicha) ega hamda ular quyidagilardan iborat:
  1. Kurashda ikkita sportchi qatnashadi, ulardan xar biri usullar yoki qarshi usullar yordamida o’z raqibi ustidan g’alabaga erishadi. Shunday qilib, kurashning xar bir alohida daqiqalarida hujum qilayotgan va hujum qilinayotgan kurashchi, ya’ni usul yoki kombinaciya bajarayotgan kurashchi va ustidan usul hamda kombinaciya uyushtirilayotgan kurashchi mavjud (qarshi hujumni bajarayotgan kurashchi qarshi hujumchi deb ataladi).


  2. Har bir kurashchi xarakat faoliyatining asosiy vazifalaridan biri - bu tanlangan holatni saqlab turishdir.


  3. Hujum qilayotgan kurashchining vazifasi raqibning gilamga nisbatan holatini o’zgartirish uchun uni muvozanatdan chiqarishdan iborat. Bunda kurashchilarni bir-biriga nisbatan holatlari turli xilda o’zgarib turishi mumkin.


  4. Gilamga nisbatan holatni o’zgartirish shu bilan engillshatiriladiki, bunda kurashchilarning gilamga qaratilgan og’irlik kuchidan foydalaniladi.


  5. Raqib gavdasining ma’lum bir berilgan nuqtasiga zarur kuch berish (ya’ni kuch momentlarini hosil qilish, kuch juftligini yaratish, og’irlik kuchlari va inerciya momentlaridan foydalanish) xar bir usulning biomexanikaviy asosini tashkil qiladi.


  6. Usul kuch bo’yicha g’olib bo’lishga imkon beradi va bir nechta qismlardan iborat:


tayyorgarlik xarakati, ushlab olish, asosiy xarakat, hujum hamda yakunlovchi holatlar.


  1. Har bir usul o’zgartirilishi va dinamik vaziyat hamda raqib xususiyatlariga qarab murakkablashtirilishi mumkin.


  2. Har bir usul o’zining marom - sur’at tavsiflariga ega. U bellashuvning u yoki bu vaziyatlarida yoki butun bellashuvda o’zgartirilishi mumkin.


  3. Har bir usulni bajarish joyi kurash gilami o’lchamlari bilan chegaralangan.


Har xil kurash turlarining mazmuni, alohida xar bir kurash turida kurashchilarning xarakatlari o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga qaramasdan, umumiy asosga ega va bir xil belgilariga qarab tasniflangan.


Shuning asosida A.P.Kupsov tomonidan sport kurashi texnikasining yagona tasnifi va tizimi ishlab chiqilgan (1-jadval). Bunda faqat shu turga xos bo’lgan xususiyatlar saqlanib qolganidek, xar bir turning o’ziga xos xususyaitlari to’liq saqlanib qolingan.

Yüklə 462,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə