Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə28/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

3.2.1. Kurashchining asosiy holatlari



Kurashchining asosiy holatlari - sport tayyorgarligi jarayonida kurashchilar tomonidan qo’llaniladigan holatlardir.
Tik turish - kurash olib borish uchun zarur bo’lgan, kurashchining tik oyoqlarda turgan holatidir. O’ng, chap tomonlama, yalpi, past va baland tik turish ajratiladi. Ular yaqin, o’rta va uzoq masofalardan turib qo’llaniladi.
O’ng tomonlama tik turish - kurashchining (raqibga nisbatan) o’ng oyog’ini oldinga chiqarib turgan holatidir.
Chap tomonlama tik turish - kurashchining chap oyog’ini oldinga chiqarib turgan holatidir.
Yalpi tik turish - kurashchining tik turishdagi holati bo’lib, bunda uning oyoq kaftlari gavdasining yalpi tekisligida turadi.
Baland tik turish - tik turishda butun bo’yi bilan yoki bir oz egilgan holda turgan kurashchining holatidir.
Past tik turish - kurashchining tos-son bo’g’imlarida bukilib (oyoqlarni tizzalardan bukkan holda) tik turishdagi holatidir.
Parter - kurashchining qo’llari bilan gilamga tiralib, tizzalarda turgan holatidir.
Parterda pastdagi va yuqoridagi kurashchi holatlari ajratiladi.
Ko’prik - shunday holatki, bunda kurashchi, egilib, peshonasi hamda elka kengligida yozilgan oyoq kaftlari bilan gilamga tiraladi.
Ag’darish


Zarba bilan - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi gavdasi va qo’llari bilan raqibni turtadi.
Qayirib - kurashchining harakati bo’lib, uning natijasida raqib o’z bo’yi o’qi atrofida buriladi.
Tashlashlar

Oldinga engashib - usul bo’lib, uning natijasida raqibni gilamdan ko’tarib, vertikal holatdan gorizontal holatga o’tkazadi.
Elkadan oshirib (burilib) - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni qo’llari, qo’l va oyog’i, boshi va oyog’i, kiymidan ushlab olib, tutib turgan elkalardan oshirib gilamga tashlaydi.
Orqadan oshirib (yoqadan) - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibga orqasi bilan burilish va keyin oldinga egilib yoki oldinga yiqilish hisobiga harakatni bajaradi.
Orqaga egilib - usul bo’lib, bunda kurashchi gavdasini orqaga egib, keyin orqaga yiqiladi.
Aylanib - usul bo’lib, bunda kurashchi gavdasini vertikal o’q bo’ylab aylantirib, keyin yiqiladi.
Zarba bilan - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni gilamdan ko’tarib, uni bo’yi o’qi atrofida aylantiradi.
O’tirib - usul bulib, bunda kurashchi gilamga o’tiradi, raqibga oyog’ini tirab, keyin orqasi bilan dumalab, uni o’zini ustidan oshirib tashlaydi.
Qayirib - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni gilamdan ko’tarib, bo’y o’qi atrofida aylantiradi.


      Yüklə 462,23 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə