Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Topshiriqlarni qiyinlashtirish shartlari va nagruzka-larni oshirish shakllari



Yüklə 313,75 Kb.
səhifə49/123
tarix28.11.2023
ölçüsü313,75 Kb.
#136665
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
ЖМН мажмуа. МБТЖТ 2 курс

Topshiriqlarni qiyinlashtirish shartlari va nagruzka-larni oshirish shakllari.
Kuchiga yarashalilik, individuallashtirish va sistemali-lik prinsiplarida biz jismoniy tarbiya jarayonida talablarni oshirishning ayrim shartlari ustida to‘xtaldik. Talablarni oshirish yangi vazifalar va unga bog‘liq bo‘lgan yuklamalarning shug‘ullanuvchilar uchun kuchiga yarasha qilib tanlash, organizmga keragidan ortiq talab qo‘ymaslik, jinsi, yoshihamda individ-ning boshqa xususiyatlariga mos kelsagina, ijobiy natijalarga olib kelishi mumkinligini tushunib oldik. YAna asosiy shartlaridan biri ketma-ketlilik (mashqlarning birini-biri-ga moslab ulash, o‘zaro bog‘liqlik), mashg‘ulotlarning munta-zamliligi va nagruzkani dam olish bilan optimal navbatlash-tirish bilishhisoblanadi.
SHu o‘rinda puxtalilikning a’amiyatiniham eotibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. Bunda gap jismoniy sifatlarni rivojlantirish asosida yotuvchi egallangan malaka va ko‘nikma-larning puxtaligi va organizmning moslashuvi (adaptatsiyasi)ni puxtaligi ustida boradi. Nisbatan yangi, murakkab va og‘ir mashqlarga o‘tish shakllangan malakalarning musta’kamlanishi darajasi va nagruzkalarga moslashuvi orqali borishi lozim. Musta’kamlanmagan malaka nagruzkaning kattaligidan tez buzilishi mumkin (shuningdek, interferensiya taosiridanham). CHunki yangi mashqlarga o‘tish paytidaham shuholga duch kelish mumkin. Bu, o‘z navbatida, yangi malakalarning shakllanishiga to‘siq bo‘ladi, sababi malakalar oyoqqa turish uchun etarli darajadagi tayanchni topa olmaydilar. SHu bilan bir qatorda, nagruzka dinamikasi va morfofunksional o‘zgarishlar orasidahavfli muvofiqlik vujudga kelishi mumkin.
U yoki bu nagruzkaga organizm birdaniga yoki ozgina vaqt ichida (maolum daqiqalarda) moslashmaydi. SHug‘ullanganlikning yangi, nisbatan yuqori darajasiga ko‘tarilishiga imkon beruvchi adaptatsiya davri uchun maolum vaqt o‘tib ulgurishi kerak. Turli funksional va strukturadagi o‘zgarishlar uchun, ko‘rsatib o‘til-gandek, bir xil vaqt (muddat) talab qilinmaydi.
M. Perish sxemasi bo‘yicha eng avvalo muskullar va bezlar tarkibida fizik-ximik o‘zgarishlar, shuningdek, nerv sistema-sining boshqarish funksiyasidaham maolum o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Nerv muskul tizimining aktiv xujayralarida funksio-nal va strukturaviy o‘zgarishlari uchun nisbatan uzoqroq (kamida birhafta) vaqt eng ko‘pi esa, bir oy, tayanch bog‘lov apparatihujayralaridagi o‘zgarishlarga moslanish uchun kerak bo‘ladi. Moslashuvning bu kabi muddatlari albatta nagruzkalarninghajmigaham bog‘liqdir.
Xulosa qilib aytganda, nagruzkalar dinamikasi turlicha shakllar tavsiya qiladi: asta sekin to‘g‘ri chiziq bo‘ylab, pog‘onasimon, to‘lqinsimon shaklda oshirilishi taolim jarayoni amaliyotiga kiritilgan.
To‘g‘ri chiziq bo‘ylab oshirish o‘z ichiga nagruzkanihaftadan-’aftaga mutanosib ravishda, moslab asta-sekin oshi-rish, mashg‘ulotlar orasidagi interval a’amiyatli darajada katta bo‘lmasligi eotiborga olinishga aytiladi.
Nagruzka dinamikasini pog‘onama-pog‘ona oshirish qatora-siga o‘tkazilgan bir necha mashg‘ulotlarda nisbatan stabillashuv sodir bo‘lganidan so‘ng navbatdagi pog‘onaga o‘tish tushuniladi. Navbatdagi pog‘onaga “sakrash” paytida to‘g‘ri chiziq bo‘ylab oshirishga nisbatan nagruzka dinamikasi aytarli keskin oshiriladi; lekin bunda organizmdagi nagruzkaga moslanish jarayonlarining borishini engillashtiruvchi stabillashuvhola-ti nisbatan sezirarli ifodalanadi. Nagruzkaning ana shunday shakldagi dinamikasi nisbatan a’amiyatli bo‘lgan darajadagi yuklamalarni o‘zlashtirish imkonini osonlashtiradi.
YUklamani asta-sekin oshirishning to‘lqinsimon dinami-kasi shunday xarakterlanadiki, avvaliga aytarli past, birmuncha sekin, lekin bir tekisda asta-sekin berib borilayotgan nagruzkada birdaniga keskin ko‘tarish qilinadi va asta-sekin pasaytirilib eng oldingi, dastlabki boshlangan nagruzkaga qaytiladi. CHunki, funksional moslashuv orqada qolishi mumkin. Moslashuv belgilari kuzatilgach, nagruzka yanada katta “to‘lqin” bilan oshiriladi. Bunda asta-sekinlikni buzilmas-ligi mu’imdir. SHunday qilib nagruzkahajmi va intensiv-ligini eng katta to‘lqinga olib chiqib yuklama miqdorini oshirish mumkin.
Umuman, uzoq muddat (bir necha yillar) davom etgan mashg‘ulotlarda nagruzkaning dinamikasihaqiqatdanham to‘l-qinsimon yoki unga o‘xshash shaklga (formaga) kiradi.
Boshqa so‘z bilan aytganda, jismoniy tarbiya jarayonining nisbatan uzoq davom etmagan davrlarida, agar u qanchalar qisqa bo‘lsa, nagruzkaning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab va pog‘onasimon tarzda oshirishning umumiy darajasihajmi va intensivligi shuncha yuqori bo‘lishi mumkin.
Bu sodir bo‘ladigan qator tabiiy fiziologik jarayonlar sabablari bilan belgilanadi va ular mo’iyat ji’atidan etakchi rolp o‘ynaydi: birinchidan, organizm fizioloik jarayonlari-ning tabiiy ritmini ifoda etuvchi xizmatholatining davriy tebranishi vahayotning umumiy rejimi, faoliyati; ikkinchidan, moslashuv jarayonlarining qonuniyati; uchinchidan, nagruzkahajmi va intensivligini oshirishdagi qarama-qarshiliklardir.
Keyingi ikkiholatga aniqlik kiritamiz. Organizm shakli (formasi) va vazifasi (funksiyasi)ning stabilligi o‘ziga xos kuchga ega bo‘lib, turli organ va sistemalardagi moslashuv jarayoni bir vaqtning o‘zida bo‘lmay, qayta qurishga moslashish dinamikasi, nagruzka dinamikasidan “orqada” qolgandek bo‘ladi: avvaliga nagruzkalar oshiriladi, so‘ngra yangi oshirilgan talablar orqali kelib chiqarilgan moslashuv jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Agar mashg‘ulotdan mashg‘ulotga yoki belgilangan mashg‘ulotlarning bir seriyasidan boshqa seriyasiga nagruzka ortiraverilsa nagruzkaning umumiyhajmini yuqoriligiga ko‘ra, ertami-kechmi baribir organizmning imko-niyati va unga qo‘yilayotgan talablar orasida uzulish sodir bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun nagruzkani umumiyhajmi-ning to‘lqinsimon «ko‘tarish” va “pasaytirish”larni qo‘llab nisbatan kechroq moslashuvchi organizmdagi o‘xshashholatni vujudga keltirishimiz lozim.
YUklamaninghajmi va intensivligi, boshqachasiga, jismoniy ishning miqdoriy yig‘indisi va uning zo‘riqish bilan bajarilishi darajasi orasidagi ziddiyat birvarakayiga maolum chegaraga, qirraga egaligi bilan ifodalanadi.
‘ajmning keyinchalik oshirilishi mashqning yoki mashg‘u-lotning intensivligi, stabillashuv, so‘ngra uning pasayishi bilan bog‘liq yoki uning aksi bo‘lishi mumkin: Zarur bo‘lgan darajada intensivlikni oshirish uchun qaysidir etap davomida stabillashtirish va nagruzkahajmini oshirmaslikka to‘g‘ri keladi.
Biroq, jismoniy tarbiya jarayonidahajmhamda inten-sivlikni umumiy tendensiyasini oshirib borish bir oz ushlanishiga to‘g‘ri keladi, bo‘lmasa, jismoniy sifatlarning doimiy vahar tomonlama rivojlanishini taominlab bo‘lmaydi. Bu qarama-qarshilik nagruzka dinamikasi yordami bilanhal qilinadi.har bir to‘lqin vaqti bilan bir-biriga tushmaydiganhajm dinamikasi va intensivlik dinamikasi ajralgandek bo‘ladi. Boshlanishida agar vaqtning katta bo‘laklari xususida gapirilganda (‘afta yoki oy nazarda tutiladi) nagruzkalarninghajmi nisbatan ko‘paytirilishi sodir bo‘ladi; bunda inten-sivlikning tempi unchalik oshirilmaydi. So‘ngra maolum darajadagi stabillashuvdan so‘nghajm qisqartirilib, inten-sivlik shu etap uchun eng yuqori darajada ko‘tariladi. “To‘lqinlarninghajm va intensivligi pasayishi” – engillash-gan yakunlovchi daqiqahisoblanadi. So‘ngi to‘lqinlar xuddi shu tuzilishda bo‘ladi. Lekin nagruzka o‘sishining umumiy tenden-siyasi yuqori darajada o‘tadi.
Bu tendensiya ko‘p yillik mashg‘ulotlar davomida saqla-nadi, maolum vaqt o‘tishi bilan u umumiy tendensiya bo‘la olmay qoladi (funksional, adaptatsiya imkoniyatlari kuchli pasayishi-ning kuchayishininghisobiga) va yillik mashg‘ulotlarning ayrim etaplari ramkasida qo‘llaniladi. SHunday qilib shu kungacha nagruzkaning umumiy dinamikasi ko‘p yillik aspekti “to‘lqinsimon” tarzda qo‘llanilishi amaliyotda ko‘proq kuzatil-moqda.
Nagruzalarning to‘lqinsimon oshirilishi -haftalik, oylik, yillik fon asosida bo‘lib, ungaham to‘g‘ri chiziqli,ham pog‘onasimon shakldagi nagruzkalarning fonidan foydalanish jismoniy tarbiyaning turli etaplaridagi konkret vazifalar-ninghal qilinishi sharoiti bilan bog‘liq. Nagruzkani to‘g‘ri chiziq bo‘ylab oshirishda, umumiy darajasi nisbatan yuqori bo‘lmagan nagruzkalar va ayniqsa, asta-sekinlik bilan ishga tortishda qo‘llaniladi. Pog‘onama-pog‘ona dinamika yuqoridagi-ning aksi, bajarilgan ishlar bazasida shug‘ullanganlikning oshishini stimullashtirish vazifasihal qiladi.

Yüklə 313,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə