Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi fanidan


Zamonaviy Olimpiya sport turlarida etika muammosi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə38/45
tarix24.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#118822
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
Методик қўлланма Нуруллаев Абдурашид 2022

Zamonaviy Olimpiya sport turlarida etika muammosi.


Hozirgi davrda XOQ rahbarligida Olimpiya kongresslari va sessiyalarida olimpiya harakati muammolari muhokama qilinadi, ularni butunlay hal qilishgaqaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi.
Zamonaviy olimpiya harakatida juda ko‘p muammolar mavjud bo‘lib, ulardan eng dolzarb muammolar qatorida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

  • XOQ, MOQ, XSF faoliyatida hamkorlik muammosi;

  • professional sport va tijorat sporti muammosi;

  • irqchilik va millatchilik muammosi;

  • sportda doping iste’mol qilish muammosi;

  • sportda haqqoniy hakamlik qilish muammosi;

  • sportda terrorizm va tajovuzkorlik muammosi;

  • olimpiya sport inshootlari muammosi;

  • olimpiya o'yinlari dasturi muammosi;

  • olimpiya o‘yinlari shaharini tanlash muammosi;

  • olimpiya ta’limi muammosi.

Hozirgi kunda xalqaro olimpiya harakatining ko‘p muammolari hal qilingan. Jumladan, dastlabki Olimpiya o'yinlarida paydo bo‘lgan irqchilik va millatchilik muammosiXX asrning ikkinchi yarmida sportda kamsitish holatlariga qarshi olib borilgan keskin kurash natijasida bartaraf etilgan.
Doping muammosi 1950yillarda paydo bo‘lib, bugungi kunda sport harakatining eng dolzarb muammolaridan biriga aylangan. 
“Doping” so‘zi inglizcha “dops” so‘zidan olingan bo‘lib," narkotik berish degan ma’noni bildiradi.Sportdagi doping jismoniy va psixologik ishchanlik qobiliyatini rag‘batlantirish orqali yuqori sport natijalariga erishish maqsadida qo`laniluvchi farmakologik preparatlar va usullardir. Doping (ingl. dope - og‘u, narkotik) preparatlari katta sportga ko‘rsatkichlarni sun’iy ravishda oshirish maqsadida qo'llanilgan. Sport natijalarni oshirish maqsadida qilinadigan
har xil psixologik t a’sirlar ham doping turiga kiradi. Shunday qilib, sportchilar organizmiga har xil usullar bilan bevosita musobaqalar oldidan va musobaqalar davomida sun’iy ravishda ish qobiliyatini va sport natijalarini oshirish uchun har xil moddalarni yuborish-doping qabul qilish hisoblanadi. Bu holda sportchi musobaqalarda qatnashishi 
qat’iyan man ctiladi.1962-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan XOQ sessiyasida maxsus rezolutsiya qabul qilingan. 1968-yildan boshlab Olimpiya o‘yinlarida doping nazorati kiritilgan. XOQ va Jahon Doping nazorati Assotsiatsiyasi tomonidan doping iste’mol qiluvchi sportchilami yanada qattiqroq nazorat qilish choralari ishlab chiqilgan.
1970-2005-yillar orasida har xil sport turlarida jiddiy, fojiaviy hodisalar hisobga olingan. IX Panamerika mintaqaviy o'yinlarda AQSHning 13 ta yengil atletikachisi doping ishlatganligi uchun 
o‘yinlardan chetlatilgan. XII Osiyo o'yinlarida (Xirosima, 1994) 11 ta Xitoy sportchisi man etilgan gormonal preparatlami ishlatganligi uchun musobaqalardan ozod qilingan.
1998-yilda XOQ sportdagi doping muammosi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qaromi qabul qilgan.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə