Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi fanidan


O`quv-mashg’ulot jarayonini boshqarish xususiyatlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə41/45
tarix24.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#118822
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Методик қўлланма Нуруллаев Абдурашид 2022

O`quv-mashg’ulot jarayonini boshqarish xususiyatlari.
Murabbiy fanga asoslangan ta`limning asosiy tamoyillariga va o`qitish metodlariga rioya etish to`g`risida g`amxurlik qilish kerak. U jamoa a`zosi bo`lib butun komanda manfaatlariga o`z manfaatini buysundira olishi shart bo`lgan ayrim o`yinchilar psixologiyasi bilan tanish bo`lmog`i lozim. Murabbiy jamoani shakllantirishga xamda startga chikadigan, ya'ni o`yinga tushadigan besh o`yinchi zvenolaridagi bir-birlari bilan o`zaro kelishib bajariladigan eng yaxshi kombinatsiyalarni tanlab olib, ularni pishiq xolda ishlab chiqishga qodir bulmog`i darkor. Murabbiy xujum va ximoyaning eng ratsional sistemalarini belgilab olishi xamda ular uchun optimal mashg’ulot vositalarini tanlay bilishi shart. Murabbiy o`qitishning barcha vositalari va ko`rgazmali qurollar bilan tanish bo`lishi zarur. U basketbolda soxada qo`llaniladigan barcha kontrol mashqlardan xabardor bo`lish xamda bu olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan qiziqib borishi kerak. Murabbiy doimo o`z ustida ishlab, kasbini muttasil takomillashtirib borishi lozim.
O`yinchilarning xarakterini belgilab beradigan individual sifatlari jamoada yashirin qolmay, ularning bajargan xar bir ishida va xatti-xarakatlarida namoyon bo`lib turadi. Shu sababli murabbiy kim bilan ishlayotganidan ayrim o`yinchilar bilanmi yoki o`yinchilar guruxi bilanmi qat`iy nazar sportchi uchun munosib keladigan axlok-odob koidalari talab kiladigan falsafa va turmush tarzini tanlab olmog`i kerak. Murabbiyning o`z kasbi bo`yicha burchlariga bo`lgan munosabati ta`limning ajralmas qismi xisoblanadi. Komandani o`yinga tayyor xolda keltirgan bilan murabbiyning ishi tugab qolmaydi. Murabbiyning o`z kasbiga bo`lgan qiziqish va professional guruxi shuni taqozo etadiki, uning qo`l ostidagi jamoa yaxshi mashq ko`rgan shaxslar guruxidan iborat bulishi kerak. Ular o`zlarini shunday tutishlari kerakki, g`alabaga erishgan choqda xam, mag`lubiyatga uchragan vaktda xam murabbiy o`z o`yinchilari bilan faxrlana oladigan bo`lsin.
Jamoaga: "Ular bizni yuta olmaydilar", - degan fikrni singdirish to`g`ri yo`l bo`ladi . Negaki, basharti, ikki komanda g`alaba kozonish uchun bir xil imkoniyatlarga ega bo`lsa, bunday vaqtda g`alabani astoydil istagan va bunga intilgan komanda g`olib chikadi. Chunki u maglubiyatga olib boradigan xarakatlarga yo`l qo`ymaydi va tegishli ravishda xarakat kilib yaxshi o`yin ko`rsatadi. Bunda murabbiyning kayfiyati, o`zini tutishi o`yinchilarga xam ta`sir qiladi. Agar murabbiy ularda g`alabaga ishonch uyg`ota olgan bo`lsa, u o`z vazifasini uddasidan chiqqan, deb xisoblash kerak.
Murabbiy moxirlik bilan raxbarlik qilganda, bundan xar bir o`yinda va butun mavsum mobaynida qoniqish xosil qilib, shundan zavq oladi. Lekin komandaninng yashirinib yotgan eng yaxshi imkonyatlarni ochish sharafiga muyassar bo`lganida uzining muvaffaqiyati bilan raxbarlik qilganligini anglash xis - tuyg`usi unga yana xam qoniqish va zavq baxsh etadi. Murabbiy uzining muallimlik va murabbiylik lavozimi doirasida jamoa ishlarida ishtirok etish uchun vaqt ajratishi kerak.
Murabbiyning xulq – atvori boshqa kishilarning fikr - muloxazalarida va xatti-xarakatlarida tez aks etadi. Agar o`yinchilar bilan murabbiylar uzlarini munosib darajada olijanob tutmasalar, u xolda sportning xech bir ma`nosi qolmaydi va atrofdagilarga salbiy ta`sir kursatadi. Shu sababli murabbiy individual tarzda turli shaxslar bilan muloqot qilganida murakkab vaziyatlarda xam, yaxshi, yoqimli sharoitlarda xam olijanoblikni aslo unutmasligi kerak. Buning ma`nosi shuki, raqobat xalol bo`lmog`i xamda musobaka natijalari qanday bo`lishidan qat`iy nazar xech kim odob qoidasidan chiqmasligi kerak.
Murabbiyning xatti-xarakatlarini xamma kuzatib turadi va ko`pincha undan ibrat oladilar. Binobarin, murabbiy kim bilan munosabatda bo`lmasin, xamisha xalol bo`lmog`i va o`z suxbatdoshlariga xurmat bilan muomala qilmog`i kerak. Murabbiy bunday qoidalarni o`zga uchungina belgilab olish bilan cheklanmasdan, o`z qo`l ostidagi o`yinchilar uchun xam muayyan axlok-odob koidalarini belgilab qo`yishi va bu qoidalarga rioya etilishini talab qilishi kerak.
Ko`p xollarda o`yinga qadar va o`yindan keyin xam raqiblar komandasi bilan munosabatda bo`lishga to`g`ri keladi. Shunga o`zini munosib ravishda tutgan va xushmuomala bo`lgan murabbiylar to`g`ri qiladi. Raqib komandasining murabbiyi xam xuddi shunday qoidalarga rioya etadi va- o`zini yaxshi mezbon yoki odobli, mexmon sifatida kutmogi kerak. Mezbon uni yaxsh kutib olishi, u bilan salomlashib, unga atalgan xonani ko`rsatishi lozim. Yutqazgan komandaning murabbiyi o`yin tugaganidan keyin o`ziga qanchalik noqulay bo`lmasin u baribir g`oliblar komandasi murabbiyini tabriklab qo`yishi kerak.
Murabbiy o`zi uchun xarakat maydonini belgilaydi, uzi lozim ko`rgan o`yinchilarni tanlab gurux tuzadi xamda mazkur guruxdagi o`yinchilar rolini va xatti-xarakatlarini ko`rsatib, ularni o`rtaga boshlaydi. Bu ishlar qay darajada sifatli bajarilganligi musobaka vaktida namoyon bo`ladi. Murabbiyovka va ta`lim ilgari xosil kilingan tajribalardan foydalanishga asoslanadi. Murabbiy o`yinchllarni o`qitishga qaratilgan va x?atti - xarakatlarida ta`limning eng yaxshi metodlarini o`rganib olgan bo`lishi va ularni tegishli tarzda qo`llay oladigan bo`lishi kerak. Shunday qilinganda yaxshi murabbiy tez va pishiq natijalarga ega buladi.
Sportchilarni tayyorlash jarayonida o`yinning xozirgi zamon talablari asosida o`tkazish uchun zarur bo`lgan bilim, malaka va maxoratlar shakllanadi xamda takomillashib boradi. Trenarovkaning maqsadi - jismoniy jixatdan ravojlangan sog`lig`i mustaxkam, yuksak sport natijalarini ko`rsatishga qodir bo`lgan sportchini tarbiyalashdan iborat.
Sport mashg’ulot jarayonida bulajak basketbolchilar bilan turli xil masalalar xal qilanadi va quyida sanab o`tilgan ushbu masalalar o`zaro bir-biri bilan bog`liq bo`ladi;
- yuksak axlokli va irodaviy sifatlarni tarbiyalash;
- xar tomonlama rivojlanishga erishish va maxsus sifatlarni tarbiyalash;
- organizmning funktsional imkonlyatlarini oshirish;
- xozirgi zamon sport texnakasini, o`zgaruvchan sharoitlardagi taktika va o`yin strategiyasini egallash;
- tayyorgarlik sistemasini ilmiy-asoslangan tarzda boshkarish uchun zarur bo`lgan bilimlarni egallab olish.
Sport mashg’ulotsning barcha vositalari musobaqalashuv xamda tayyorgarlik vositaliriga ajratiladi.
Boshqaruv amaliyotida murabbiy ko`pincha tayyorgarlikning ba'zi bir jixatlarini tartibga keltirish, konkret bir bosqichda amal qilinadigan mashg’ulot rejimini belgilash, u yoki bu o`yinchini individual tarzda tayyorlash dasturiga aniqliklar kiritish singari qarorlar qabul qilishga to`g`ri keladi.
Bunday qarorlarning xar bir turi tegishli ilmiy ma`lumotlarga xamda etarli axborotlarga asoslanmogi kerak. Bu erda basketbolchi organizmining mashg’ulot jarayonida qanday xolatga tushgani to`g`risida olingan o`rtacha ma'lumotlarga baxo berashning o`zi muxim bo`libgina qolmay, yana xar bir o`yinchi badanidagi individual adaptatsiyadar, organizm reaktsiyalari dinamikasini o`rganib borish xam axamiyatga egadir.
Boshqaruvga oid qarorlarni axborotlar oz yoki aksincha xaddan tashqari ko`p, biroq vaqt nixoyatda ziq bo`lgan sharoitlarda qabul qilishga to`g`ri keladi. Mashg’ulot jarayoni mobaynida murabbiy o`yinchining ayni paytdagi xolatini taxlil qilishi, baxolashi, qabul qilingach qarorlarning muddati va xarakteriga ta`sir ko`rsatadigan shart - sharoitlarni mashg’ulot maqsadiga erishish uchun komanda amalga oshiradigan xarakatlar mezonini aniqlab olmog`i kerak.
Operativ boshkaruvning axborot bilan ta`minlanish jarayoni aks ta'sir mexanizmi tarzidagi aloqa doirasida ikki yo`nalish bo`yicha olib boriladi: birinchisi - murabbiyning o`z kuzatishlari yunalishi bo`lsa, ikkinchisi - o`yinchi o`z-o`zini nazorat kilishi bo`yicha olingan ma`lumotlar yo`nalashidir. Mana shu kompleks nazorat metodi yordamida murabbiy o`zi uchun umumlashtirilgan xulosalar chiqarib, vaziyatga baxo beradi.
Strategik va taktik boshkaruv jarayoni uchun zarur bo`lgan axborotlarni to`plash yillik yoki boskichma-boskich olingan ma`lumotlarni modelli xarakteristikasini amalda xosil qilingan ana shunday ma`lumotlarning real xarakteristikasi bilan ya'ni butun jamoa va ayrim o`yinchilar qo`lga kiritgan yutuklar badan qiyoslash, ularni xisobga olish xamda ularga baxo berish yo`li bilan qiyoslasak, bunda uchragan nomuvofiqlik sabablarani aniqlash va taxlil kalit yo`li bilan butun komanda rejalari va ish dasturlarini yoxud ayrim o`yinchilarning individual rejalari va ish dasturlarini bir-biriga muvofiqlashtirib, korrektsayalash to`g`risidagi qarorlar variantlarini tayyorlash yo`li bilan olib boriladi.
Garchi, murabbiy, asosan komanda tayyorgarligi uchun mas`ul kishi bo`lsada, U bundan boshqa ta`lim bilan aloqador vazifalarni xam, jumladan, o`yinchi komandaga qabul qilib ro`yxatga olishdan boshlab inventarlar sotib olish va ularni yaxshi saqlashgacha bo`lgan qo`shimcha vazifalarni xam bajaradi. Agar ana shu ma`muriy vazifalar murabbiy tomonidan muvaffaqiyatli bajarilsa, bu murabbiyning ishini ancha yengillashtiradi.
Shunday paytlar xam mavjudki, murabbiy mavsumga shaylanayotgan damlarda ularni xisobga olishiga tugri kelada. Musobaqalar kalendari, mashg’ulot mashgulotlari rejasi, o`yinlar boshlanguncha utkaziladigan tadbirlar, o`yin mavsumi vaqtida o`tkaziladigan mashg’ulot mashg`ulotlari, mavsumi tugaganidan keyingi mashg’ulotlar, individual mashg’ulotlarni tashkil etish xamda birinchi kalendar o`yiniga tayyorgarlik vaqtida zarur shart-sharoitlar minimumiga rioya etish ana shunday xolatlar jumlasiga kiradi.
Mashg’ulot mashg`ulotlari va o`yinlarni rejalashtirishga kirishilayotgan vaqtda quyidagi omillarni nazarda tutishi kerak:
1. O`yinlarning umumiy soni, ularning rejadagi o`rni.
2. Xaftada o`tkaziladigan uyinlar soni va odatda ular o`tkaziladigan kunlar.
3. Musobakalar kalendari asosida mashg’ulot o`ylarini tashkil qilish.
4. Safarda o`tkaziladigan bir yoki bir necha o`yin.
5. Turnirlir: mavsum oldidan o`tkaziladigan turnir, kalendar turniri va mavsumdan keyin o`tkaziladigan turnir.
6. Boshka komandalar bilan o`tkaziladigan mashg’ulot o`yinlari.
Mana shu ishlar poyoniga etkazalganidan so`ng rejalarni ko`p nusxada ko`paytirish xamda o`yinlar o`tkazish ko`zda tutilgan barcha komandalarning murabbiylariga jo`natish tavsiya etiladi. Bu barcha manfaatdor shaxslarni, shu jumladan, raqiblarni xam axborotlar bilan ta`minlashga xamda xar xil xato va kungilsizliklarning oldini olishga yordam beradi.
Kalendar o`yinlari boshlangunicha o`tkaziladigan mashg’ulot mashg`ulotlari rejasi birinchi mashg’ulotdan boshlab to birinchi rasmiy O`YIN boshlangunicha orada o`tgan vaqtni qamrab oladi. Bu muddat ichida murabbiy komandani kalendar o`yinlariga tayyorlaydi. U shug`ullanuvchilarni o`yin asoslariga o`rgatadi, komandagi jismoniy jixatdan tayyorlaydi, xujum va ximoya tizimini tanlayli, komandani saralaydi, o`yinchilar rolini taqsimlab chikadi va dastlab startga chiqadigan besh nafar o`yinchini maydonda o`ynatib ko`radi.
Murabbiyning shu singari ishlari juda ko`p u, lekin voqiya g`oyat cheklangan bo`ladi. Shuning uchun murabbiy o`z ishini aniq va puxta tashkil eta bilishi kerak. Mashg’ulot rejasining negizi yaxshi ishlab chiqilgan bo`lishi kerak. Xar xil tuzatish va aniklaklarni xaftalik reja tuzilayotgan vaktda kiritish mumkin.
Komandadagi o`yinchilar soni va ularning saloxiyatiga qarab mashg’ulot rejasiga tegishli o`zgarishlar kiritish mumkin. Reja yildan yilga o`zgarib boradi va turli komandalar uchun turlicha tuziladi. O`yinchilar musobaqa sharoitiga kunikib borishlari uchun rejadagi uyinlar uchun yetarli vaqt ajratishni ko`zda tutish lozim. xar bir xaftaning oxiriga borib mashg’ulot mashg`ulotlari tegishli ravishda baxolanishi xamda keyingi xaftaga o`tkaziladigan mashg’ulotlar rejasi tuzilishi kerak. Shuningdek, rejada o`yin asoslarini o`rganash bilan xujum va ximoya priyomlarini o`rganish o`rtasida muayyan mutanosiblik, muvozanat bo`lishini xam baxolash lozim,
O`yin mavsumi davrada o`tkaziladigan mashg’ulot mashg`ulotlari rejasini tuzishga ko`pincha omillar o`z ta`sirini o`tkazadi. Shuning uchun ishni rejalashtirishga kirishilayotgan vaqtda ularning xar birina puxta o`ylab ko`rish lozim. Garchi, murabbiy o`yinchilarga tayyorgarlik ko`rishning umumiy rejasiga ega bo`lsa-da, baribir qilinadigan ishlarni kunma-kun taqsimlab chikish kerak va bunda xar bir mashg’ulot mashg`ulotga bundan keyin o`tkaziladigan navbatdagi mashg’ulot mazmuniga ta`sir ko`rsatishini e'tiborga olishi kerak. O`yin mavsumi davrida



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə