Jizzax davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti umumiy tarix kafedrasi jaxon tarixi fanidan



Yüklə 123,73 Kb.
səhifə9/10
tarix15.05.2023
ölçüsü123,73 Kb.
#110352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Dilnoza

Korruptsiya
Korruptsiya Afrikada yaxshi boshqaruv, barqaror iqtisodiy o'sish, tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot uchun asosiy tahdid bo'lib qolmoqda. Korruptsiya global hodisa bo'lishiga qaramay, uning oqibatlari kambag'al va kam rivojlangan mamlakatlarda ancha keskinroq. Rivojlanish resurslarining katta qismi o'g'irlanib, qashshoqlikni kuchaytirmoqda. Korruptsiyani ijtimoiy idrok etish bo'yicha ko'plab tadqiqotlarda Afrika nafaqat eng buzuq, balki dunyodagi eng kam rivojlangan va qoloq mintaqa sifatida ham ko'riladi. Shu bois, korrupsiya muammosini har tomonlama va har tomonlama hal etish Afrika mamlakatlari uchun ustuvor vazifa hisoblanadi.
Daryolarda timsoh uchraydi. Har xil qushlar, ilonlar, kalta-kesaklar, hasharotlar, janubida setse pashshasi bor. Andre-Feliks, Bamingi-Bangoran, Sen-Floris milliy boglari barpo etilgan.
Aholisi
Aholisining aksari qismini sango tili shevalarida soʻzlashuvchi banda, gbayya, ngbandi, zande xalqlari tashkil etadi. Mamlakat janubida bantu tili oilasiga mansub xalqlar (azande, ngiri, maka va boshqalar) yashaydi. Pigmey kabilalari, shimolida Sudan arablari ham bor. Rasmiy tili — fransuz tili. Aholining aksariyati mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, xristianlar, musulmonlar ham bor. Aholining 47% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bangi, Berberati, Bosan-goa, Bambari.
MARning eng qadimgi tarixi yetarlicha oʻrganilmagan. Bir vaqtlar bu yerda pigmeylar yashaganligi haqida rivoyatlar bor, keyinroq boshqa negroid qabilalar ham paydo boʻlgan. 19-asrda hozirgi Markaziy Afrika Respublikasi hududining shimoli-gʻarbiy qismi Bagirma va Vadai davlatlari, 90-yillarda esa Rabbax davlati tarkibiga kirgan. 1900-yilga kelib Fransiyaning Ubangi-ShariChad mustamlakasi tarkibiga, keyinroq boshqa fransuz mustamlakalari bilan Fransiya Ekvatorial Afrikasi tarkibiga kiritilgan. 1914-yilda Ubangi-Shari (hozirgi Markaziy Afrika Respublikasi) Chaddan ajratildi. 1958-yil Ubangi-Shari Fransiya Hamjamiyati tarkibidagi muxtor respublika deb eʼlon qilindi va Markaziy Afrika Respublikasi deb atala boshladi. 1960-yil 13-avgustdan mustaqil davlat. MARda 1966-yil harbiy toʻntarish sodir boʻlib, polkovnik J. Bokassa prezident lavozimini egalladi. 1976-yilda Markaziy Afrika Respublikasi konsti-tutsiyali monarxiyaga aylantirildi va Markaziy Afrika imperiyasi nomini oldi. Bokassa I imperator boʻldi. 1979-yil yana bir toʻntarish natijasida imperator agʻdarib tashlandi, mamlakat yana respublika deb eʼlon kdlindi. 1981-yil MARda navbatdagi harbiy toʻntarish roʻy berdi4.
Hokimiyat Milliy tiklanish harbiy qoʻmitasi qoʻliga oʻtdi. Kon-stitutsiyaning amal qilishi toʻxtatildi. 1993-yil 22-avgust va 19-sentabrda boʻlib oʻtgan umumiy saylovda Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat parti-yasining rahbari Anj-Feliks Patasse 6 yil muddatga prezident etib saylandi. Yangi konstitutsiya qabul etildi, fuqaro hukumati faoliyat koʻrsata boshladi. Markaziy Afrika Respublikasi 1960-yil sentabrdan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1-dekabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1958).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalariMarkaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat partiyasi, 1979-yilda tuzilgan; Markaziy Afrika demokratik uyushmasi partiyasi, 1987-yilda tashkil etilgan; Demokratiya va tarak,qiyot uchun ittifoq partiyasi, 1991-yilda asos solingan; Demokratiya va rivojlanish uchun harakat partiyasi, 1993-yilda barpo etilgan; Markaziy Afrika Res-publikasi ozodligi uchun harakat partiyasi. Markaziy Afrika mehnatkashlari kasaba uyushmasi 1981-yilda tuzilgan.
IqtisodiyotiMarkaziy Afrika Respublikasi — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Yal pi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 41,6%, ishlab chiqaradigan sanoat ulushi 8,8%, kon sanoati ulushi 2,9%ni tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholining 85% qishloq xoʻjaligida band. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining asosiy qismini mayda dehqon xoʻjaliklari beradi.
Asosiy oziq-ovqat ekinlari: maniok, tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, sholi, banan, dukkaklilar. Eksport uchun paxta, kofe, shuningdek yer yongʻoq, kunjut, moyli palma, geveya, tamaki ekiladi. Chor-vachilikda qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Daryolardan baliq ovlanadi. Mamlakatning janubi-gʻarbiy qismidagi oʻrmonlarda eksport uchun qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoatida konchilik asosiy oʻrinni oladi: olmos va uran qazib olinadi. Markaziy Afrika Respublikasi sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan mayda korxonalar (paxta va kofe tozalash, yogʻmoy, un, sut-pishlok, zavodlari va boshqalar)dan iborat. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, boʻyoq fabrikalari, gʻishtfayans, kislorod-atsetilen, taxta tilish zavodlari va boshqa korxonalar bor. Yiliga 96 mln. kVtsoatdan koʻproq elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Mamlakatda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllarining uz. 23,7 mingkm. Xalqaro yuklarning 95% dare orqali tashiladi. Okeanga chiqiladigan suv yoʻllari eng muximidir. Kongo-Ubangi, Kongo-Sanga daryolari havzalari katta ahamiyatga ega. Bangi, Zinga, Salo va Nola portlari, Bangida xalqaro aeroport bor.
Markaziy Afrika Respublikasi chetga olmos, paxta, kofe, yogʻoch chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmon, yoni-lgʻi keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Fransiya, Benilyuks mamlakatlari, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya. Pul birligi — afrika franki.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
1962-yil mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga majburiy taʼlim joriy qilingan. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Barcha maktablarda bolalar fransuz tilida oʻqitiladi. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati 6 yil 4 yillik umumiy taʼlim kollejlari toʻliqsiz oʻrta, 7 yillik litseylar toʻliq oʻrta maʼlumot beradi. Hunar maktablari, kasb-hunar texnika bilim yurtlari, texnika kollejlari va litseylari ham mavjud.
Bangida universitet (1969-yilda tashkil etilgan) va Oliy normal (ped.) maktab, toʻliq oliy maʼlumot bermaydigan bir qancha oliy maktablar bor. Ilmiy muassasalari: Bangida ilmiytexnika tadqiqot byurosi (1948), Demografiya tadqiqot markazi, Paster instituti (1961), Paxta va toʻqimachilik sanoati ilmiy tadqiqot instituti, Markaziy Afrika Agronomiya tadqiqot instituti (1948, Bukokoda). Bangi universiteti, Bukokodagi Agronomiya tadqiqot instituti va Bangidagi ilmiytexnika tadqiqotlari byurosi kutubxonalari mavjud. Bangida mamlakat tarixiy yodgorliklari, cholgʻu asboblari muzeyi, Bartelemi Bogenda muzey, sanʼat va hunarmandchilik milliy markazi bor.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi
Asosiy gazetalari: "Jurnal ofisel de la Repyublik Santrafri-ken" ("Markaziy Afrika Respublikasining rasmiy gazeta", fransuz tilida chiqadigan hukumat xabarnomasi, 1974-yildan), "Songo" (sango xalqi tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1986-yildan). Markaziy Afrika axborot agentligi hukumat axborot agentligi boʻlib, 1974-yilda tashkil etilgan; Markaziy Afrika radioeshittirish va televideniye xizmati, 1958-yilda tuzilgan, telekoʻrsa-tuvlar 1974-yilda boshlangan.
Adabiyot va San'ati
Asosan, folklor shakllari: ishqiy koʻshiqlar, yor-yorlar, ovchi qoʻshiqlari urf boʻlgan. Eng tanikli yozuvchisi Pyer Maxombo Bambote — "Afrika qahramoni sharafiga marsiya" (Patris Lumumbaga bagʻishlangan) va "Ikki to-gʻam qoʻshigʻi" dostonlarining muallifi. Bu yozuvchi bir necha hikoya va bir pardali pyesalar ham yozgan.
Meʼmorligi, tasviriy sanʼati, musiqasi
Markaziy Afrika Respublikasi hududida qadimgi masjidlar va arabcha uslubdagi uylar saqlanib qolgan. Odatda, xalqning turar joylari — doirasimon yoki toʻrtburchak shaklida guvaladan va sinchli qilib, tomi juda tik nishabli tarzda qurilgan. 19-asrdan yevropacha imoratlar kurila boshladi. Keyingi vaqtda Bangi, Berberati, Bangasu va boshqa shaharlarda zamonaviy meʼmorlik usullarida koʻp qavatli maʼmuriy binolar va turar joylar qurildi.
Amaliy va tasviriy sanʼat turlaridan yogʻoch oʻymakorligi, toʻquvchilik, kulollik, metall va fil suyagidan uzuk, marjon shodalari, bilaguzuklar yasash rivojlangan. Palma yaproklari, poxol va oʻtdan savat, bordon, qalpoq, sumkalar toʻqiladi. Buyvol va timsoh terisidan xaltacha, kartmon, kitob muqovalari yasaladi.
Hunarmandlar maktabi tashkil topgan.
Xalq marosimlari xor boʻlib aytiladigan qoʻshiqlar va niqob kiyib ijro etiladigan ommaviy raqslar bilan oʻtadi. Yakkaxon baxshilar tarixiy dostonlar, masallar, rivoyatlar va ishqiy qoʻshiklarni ijro etishadi. Professional sozandaxonandalar ijodi alohida oʻrin oladi. Ndumu deb ataladigan doʻmbra, makembe deb ataladigan qoʻngʻiroq, ngombi deb ataladigan 2 torli arfa, qaqildoq kabi musiqa asboblari bor.
Bangida milliy sanʼat maktabi boʻlib, unda musiqa, raqs, drama asoslari oʻrgatiladi. Milliy muzeyda xalq sanʼati va anʼanalari boʻlimi ishlaydi.[1]
XX asr oxiriga kelibOsiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida modernizatsiyamuammolari chuqurlashib bordi. Bunda «sovuq urush»ning yakunlanganligiham ma’lum rol o‘ynadi. SSSRdan yordam olib turganOsiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi mamlakatlar u tarqalib ketgandanso‘ng og‘ir sharoitga tushib qoldi. Vyetnam, Laos, Angola, Mozambik,Kuba, Nikaragua kabi SSSR yordamiga tayangan davlatlardatuzumlar almashdi yoki rivojlanishning muqobil yo‘llariga o‘tildi.
«Afrika yili» deb nomlangan davrda dunyo xaritasidanechta mustaqil davlatlar paydo bo‘lgan?


2.2 XX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan modernizatsiyaningijobiy natijalari ham rivojlanayotgan mamlakatlarda bir qator muammolarnikeltirib chiqardi. Ulardan biri demografik muammo bo‘lib, hozirYer yuzi aholisi o‘sishining asosiy qismi rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Hayot kechirish manbalarining cheklangani holda aholi sonining jadal o‘sishi dolzarb muammolarni yanada ko‘paytirmoqda. Jumladan, aholining eng boy qismi bilan eng kambag‘alqismi daromadi o‘rtasidagi farq juda yuqoriligicha qolmoqda.
Afrika. Shimoliy Afrika mamlakatlariga Misr, Sudan,Liviya, Jazoir, Tunis, Marokash, Mavritaniya va G‘arbiy Sahroyikabir kiradi.5-Panafrika kongressi qachon bo‘lib o‘tdi?Misr sivilizatsiyaviy jihatdan ko‘proq Sharqiy O‘rtayer dengizigamansub bo‘lsa-da, Afrikaning arab mamlakatlari hayotida katta rol o‘ynaydi.XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Misr iqtisodiy rivojlanishda,qishloq xo‘jaligi, madaniyatda katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi,rivojlangan sayyohlik industriyasini yaratdi, mamlakatning valuta zaxirasito‘xtovsiz ortib bordi. Bu yutuqlar Misrga arab va musulmondunyosining yetakchisi bo‘lish imkonini berdi.Ammo 2000-yillarga kelib, Misrda ham islom fundamentalizmifaollashib qoldi. Ular bosimi ostida Misr prezidenti Husni Muborak2011-yili iste’foga chiqdi. Shundan so‘ng bo‘lib o‘tgan prezidentliksaylovlarida «Musulmon birodarlar» radikal tashkilotidan nomzod MuhammadMursi g‘alaba qozondi. M. Mursi mamlakat prezidenti «inqilobhimoyasiga yo‘naltirilgan har qanday dekretni» imzolashi vasudda rad etilishi mumkin emasligini belgilab qo‘ydi. Bu harakatiuchun muxolifatchilar M. Mursini hokimiyatni egallab olishda,diktaturani tiklashda aybladi. Armiyada norozilik boshlandi. Natijada2013-yili M. Mursi harbiylar tomonidan ag‘darildi va qamoqqaolindi.Hokimiyatga mudofaa vaziri general Abdul Fattoh as-Sisi keldi. U2014-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda Misr prezidenti etib saylandi.«Musulmon birodarlar» terrorchi tashkilot deb e’lon qilindi, uningfaollari qatag‘onga uchradi. M. Mursi va tashkilotning yana bir qatorfaollari o‘lim jazosiga hukm qilindi.Ammo Misrda terroristik xavf yuqoriligicha qolmoqda. 2017-yilm 24-noyabrda ISHID tarkibiga kiruvchi «Viloyat Sinay» terrorchi tashkilotivakillari Sinay yarimorolidagi masjidda juma namozi paytida portlashuyushtirib, namozxonlarga qarshi avtomatlardan o‘t ochdi.
Oqibatda235 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi, 100 dan oshiq kishi yaralandi.
Sudan XX asr oxiri – XXI asr boshlarida mintaqaning eng qoloq mamlakati bo‘lib qolmoqda. Mamlakat aholisining asosiy qismi qishloqxo‘jaligida band. Sanoat juda sust rivojlangan, mamlakat aholisiningfaqat 5%i bu sohada band.Sudanning chegarasi mustamlaka davrida sun’iy bo‘lingan bo‘lib,bu ko‘p lab etno-konfessional mojarolarga sabab bo‘lib kelmoqda.Liviyada M. Kaddafiyning uzoq hukmronligi davrida neftdan olingandaromad yirik ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish imkonini berdi.Liviyaliklar Shimoliy Afrikada eng ta’minlangan aholiga aylandi.
Afrika mamlakatlari – bu ...2011-yili ...2013-yili M. Mursi ...
Ammo tashqi siyosatda M. Kaddafi y hukumati inqilobiy va terrorchitashkilotlariga, ayniqsa, islom dini bayrog‘i ostida harakat qiluvchilargam yordam ko‘rsatdi. M. Kaddafiyning nomi bir qator terroristik aktlar bilanbog‘landi va bu xalqaro jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi.2011-yili Liviyada ham hukumatga qarshi g‘alayonlar boshlandi.Qo‘zg‘olonchilar muvaqqat hukumat tuzib, yordam so‘rab NATO gamurojaat qildi. NATO kuchlari Liviyani bombardimon qildi, M. Kaddafiy o‘ldirildi, ammo turli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar to‘xtamadi.2016-yili mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi.
Bu urushdaturli turli diniy tashkilotlar ishtirok etmoqda. Urush Liviyani iqtisodiyhalokat yoqasiga olib keldi. Millionlab kishilar mamlakatni tarketib, qochoqqa aylandi5.
Afrika davlatlariMintaqaning Jazoir, Tunis, Marokash va Mavritaniya kabi mamlakatlarida ham shu davrda yuz bergan inqiloblar va to‘ntarishlar murakkabko‘rinishga, ko‘pincha diniy asosga ega bo‘lib, bu jamiyatlarningmodernizatsiyaga muhtojligini ko‘rsatmoqda.
Afrika. 1990-yillari Tropik va Janubiy Afrika mamlakatlarida ham muhim va o‘ta murakkab o‘zgarishlar yuz berdi.Bular Afrika mamlakatlarining o‘zidagi rivojlanish tendensiyalariva umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lgan voqea – «sovuq urush»ningyakunlanishi bilan bog‘liq edi. Ikki qarama-qarshi bloklar o‘rtasidaAfrikaga ta’sir uchun kurash yakun topdi.Afrika mamlakatlarida demokratlashtirish tendensiyalari, fuqarolikjamiyatini tuzishga intilish paydo bo‘ldi. Bir partiyali tizimdagidavlatlarning ko‘pchiligi ko‘p partiyali tizimga o‘tdi. Dasturida marksizm-leninizm haqidagi nizom saqlanib qolayotgan hukmron partiyalarbu yo‘riqlardan voz kechdilar, marksizmga sodiq qolgan EfiopiyadagiMengistu Xayle Mariam hukumati 1991-yili ag‘darib tashlandi.Ammo bu jarayonlar mintaqadagi siyosiy holatni keskinlashtiribyubordi. 1989-yili Liberiyada etnik asosda boshlangan fuqarolar urushiko‘plab qurbonlar va 1 mln aholining qo‘shni davlatlarga ommaviyqochishiga olib keldi. Mamlakat xarob ahvolga keldi. FaqatLiberiyaga xalqaro harbiy kuchlarni kiritish ahvolni biroz tartibgakeltirdi.Syerra-Leoneda ham harbiy to‘ntarishlar va qurolli mojarolar fuqarolar urushiga olib keldi. Faqat BMT aralashuvi keskinlikni birozyumshatdi, ammo mamlakat iqtisodi vayron bo‘lgan edi.Ruanda va Burundida ham qonli mojarolar bo‘lib o‘tdi. 1990-yillaro‘rtalariga kelib tutsi va xutu xalqlari o‘rtasidagi kurash keskinlashib,genotsidga olib keldi. Natijada Ruandaning 1 mln ga yaqin aholisihalok bo‘ldi, Burundida 1 mln ga yaqin kishi qochoqqa aylandi.1997-yili Kongo Demokratik Respublikasida Mobutuning diktatorlikrejimi ag‘darildi. Ammo yangi hukumat uzoq yillar davomidato‘planib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni yengib, etnik ziddiyatlarniyumshata olmadi. BMT Kongo Demokratik Respublikasini dunyoningeng qashshoq mamlakati deb tan oldi.Kongo inqiroziga Afrikadagi qator davlatlar: Janubiy Afrika Respublikasim Angola, Nami biya, Uganda, Ruanda, Zim babve ham u yokibu darajada hissa qo‘shdi. Ularning barchasi mojaroni tinch yo‘l bilanhal qilish to‘g‘risida bayonot bersalar-da, bir guruhi markaziyhokimiyatni, boshqalari isyonchilarni qo‘llab-quvvatladi.Hozirgi kunda qashshoqlik va korrupsiya bilan birga mamlakatningeng katta muammolaridan biri gender tengsizlik bo‘lib qolmoqda.Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik oddiy hol bo‘lib, eng dahshatlisi,aholining katta qismi buni oddiy hol sifatida qabul qiladi. Boshqabir muammo Afrika mamlakatlarida zamonaviy qullikning saqlanibqolayotganligi bo‘lmoqda. Ayniqsa, bolalarning qullik holati jahon jamoatchiligini
tashvishga solmoqda. Bugun Afrika mamlakatlarida millionlabbolalar qullik holatida hayot kechirishayotir.
Gender tengsizlik xaritasi: yashil rang – gender tengsizlikning past darajasi;qizil rang – gender tengsizlikning yuqori darajada
2011-yili Liviyada hukumatga qarshi g‘alayonlarboshlandi.
2014-yil Misrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda AbdulFattoh as-Sisi mamlakat prezidenti etib saylandi.
Bu kabi kulfatlar Tropik va Janubiy Afrikaning katta qismidagiholatni aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz borgan sari kucha yib bordi.Aholi o‘sish darajasining yuqoriligi ishsizlik muammosini yanadakeskinlashtirdi. Jahon bozorida Tropik va Janubiy Afrika xomashyosigabo‘lgan talabning kamayishi mintaqa mamlakatlari iqtisodiga kattazarba bo‘ldi. Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida aholi jon boshiga yillik daromad 1960-yildagidan ham pastga tushib ketdi. Faqat XXI asrboshlarida ijobiy tomonga o‘zgarish boshlandi. Ammo XXI asrda afrikaliklaroldida katta muammolar turgani aniq. Bulardan eng kattasidemografik muammo. Qashshoqlik, dahshatli kasalliklarga qaramasdan,XXI asr boshlarida Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida aholining yilliko‘sishi juda yuqori. BMT ning hisob-kitobiga ko‘ra, Afrika aholisi2050-yilga kelib 2 mlrd kishiga yetadi. Bu yangi asrda Afrika judakatta muammolar oldida turganligidan dalolat beradi.
Etno-konfessional mojaro – bu etnik mojaroningshakllaridan biri bo‘lib, unda etnik ziddiyat diniy ziddiyatbilan qo‘shilib ketadi.
Gender tengsizlik – bu ijtimoiy tizimning muhimbelgisi bo‘lib, unga binoan turli ijtimoiy guruhlar, ayni holatda– erkaklar va ayollarning jamiyatdagi imkoniyatlari bir-biridankeskin farq qiladi.

XULOSA
Afrika qit'asidagi uzoq davom etgan mojarolar va uzoq davom etgan nizolar bilan bog'liq muammolarni hal qilish ko'p yillar davomida BMTning diqqat markazida bo'lib kelmoqda. 1960 yilda Kongo Respublikasida Belgiya qo'shinlarini olib chiqib ketish va hukumatga qonun va tartibni saqlashda yordam berish uchun Afrikada birinchi tinchlikparvar operatsiya boshlandi.
O'shandan beri minglab tinchlikparvar kuchlar Afrika mamlakatlarida, jumladan Angola, Mozambik, Somali, Syerra-Leone, Efiopiya va Eritreya, Burundi va Sudanda 30 dan ortiq tinchlikparvar operatsiyalarda qatnashdi. Oxirgi tinchlikparvar missiya 2014-yilda Markaziy Afrika Respublikasida tashkil etilgan.
BMT Xavfsizlik Kengashi “1994-yilda Ruanda va qo‘shni davlatlar hududida sodir etilgan genotsid va xalqaro gumanitar huquqning boshqa jiddiy buzilishlari uchun aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun” Ruanda bo‘yicha Xalqaro Jinoyat Tribunalini (ICTR) tuzdi. Tribunal oʻz faoliyati davomida 93 nafar shaxsga, jumladan, yuqori martabali harbiylar va hukumat amaldorlari, siyosatchilar, tadbirkorlar, shuningdek, diniy tashkilotlar rahbarlari, jinoiy guruhlar va ommaviy axborot vositalari xodimlariga nisbatan ayblov eʼlon qildi.
ICTR oʻzining qardosh xalqaro tribunallari va sudlari bilan birgalikda ishonchli xalqaro jinoiy adliya tizimini yaratishda, genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari va shaxslarning javobgarlik shakllari boʻyicha muhim sud amaliyotini yaratishda kashshof rol oʻynadi. shu jumladan yuqori mansabdor shaxslar.

Yüklə 123,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə