Jizzax politexnika instituti



Yüklə 8,44 Mb.
səhifə49/51
tarix05.05.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#108659
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
xamidxonga

Uyg‘otish qutblari. Statorida doimiy magnitlari bo‘lgan o‘zgarmas tok mashinalarining quvvati kam bo’ladi, chunki doimiy magnitlar hosil qiladigan magnit maydon ancha zaif bo‘ladi. Hozirgi zamon mashinalarining ko‘pchiligida magnit maydonni o‘zgarmas tokning mahsus elektromagnitlari, ya’ni uyg‘otish qutblari hosil qiladi.
O’zgarmas tok mashinasining uyg‘otish qutblari (2.2.2-rasm ) magnitlovchi g‘altakdan 1 va ikkita uchlari 2 bo‘lgan po‘lat o‘zakdan 3 iboratdir. Uncha katta bo‘lmagan mashinalar qutblarining o‘zaklari po‘latdan yasaladi, yirik mashinalarniki esa po‘lat plastinkalardan yig‘iladi. Uyg‘otish qutblari cho‘yan yoki po‘latdan yasalgan 4 staninaning ichki sirtiga maxkamlanadi. Stanina ichi g‘ovak silindr shaklida bo‘ladi. Staniiaga uyg‘otish qutblaridan tashqari podshipnikli shchitlar ham maxkamlanadi. Bu shchitlardan birida cho’tka tutqich turadi.
Mashina qutblarining magnitlovchi g‘altaklari odatda bir-biriga ketma-ket ulanib uyg‘otish cho‘lg‘amini hosil qiladi.

6.4 - rasm.Uyg‘otish qutblarining magnitlovchi g‘altaklari:
1-magnitlovchi g‘altak, 2 -po‘lat o‘zak, 3-o‘zakniig uchlari,
4- stanina

Yakor cho’g’ami bilan uyg’otish cho’lg’amini ulanish usullari. Uyg‘otish cho‘lgamining zanjiri toeti maxsus tok manbaidan olishi va yakor cho‘lg‘amiga elektrik bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Bunday mashinalar mustaqil uyg‘otishli mashinalar deb ataladi (2.2.3-rasm). Ammo, odatda uyg‘otish cho‘lg‘ami yakor cho‘lg‘amiga elektrik bog‘langan bo‘ladi.
Yakor cho‘lg‘ami bilan uyg‘otish cho‘lg‘amining ulanish usuliga qarab, o‘zgarmas tok mashinalari uch turga bo‘linadi.
Parallel uyg’otishli o’zgarmas tok mashinalari. Uyg‘otish cho‘lg‘amining ikkala klemmasi kollektor ustiga qo‘yilgan cho‘tkalarga bevosita ulangan bo‘ladi (2.2.3b-rasm). Bu mashinalar qutb g‘altaklarining o‘ramlari ko‘p bo‘lib, ingichka simdan yasaladi. Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalari shuntli mashinalar deb ham ataladi, chunki uyg‘otish cho‘lg‘ami yakor qutblariga shunt shaklida ulangan.

6.5 -rasm. O’zgarmas tok mashinalarida uyg‘otish cho‘lg‘amini
yakor cho‘lg‘amiga ulanish usullari:
a) mustaqil uyg‘otishli
b) parallel uyg‘otishli
v) ketma - ket uyg‘otishli
g) aralash uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalarining sxematik ko‘rinishi.


Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə