Jizzax politexnika instituti



Yüklə 8,44 Mb.
səhifə48/51
tarix05.05.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#108659
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
xamidxonga

7. Transformatorlarning parallel ishlashi
Sanoat korxonalarining podstan- siyalarida bir nechta transforma- torlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular alohida yoki birgalikda (parallel) ishlashi mumkin. Transformatorlar alohida ishlaganda ularning ikkilamchi chulg‘amlari o‘zaro bog‘lanmagan, parallel ishlaganda esa umumiy yuklamaga ulanadi. Transformatorlarni parallel ishlatish ulardan oqilona foydalanishga imkon beradi. Masalan, yuklama kam bo‘lgan soatlarda transformatorlarning bir qismini uzib qo’yish mumkin. Shuningdek, kuchli yuklama ulanganda har bir transformatorga to‘g‘ri keladigan yuklama miqdorining kichikroq bo‘lishi va har bir transformatorning bir tekis yuklanishi ta’minlanadi.


4.18-rasm
Transformatorlarning parallel ishlashi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
1. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak; transformatsiya koeffitsientining farqi 0,5% dan ortib ketmasligi kerak.
2. Qisqa tutashish kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak (±10% farq qilishiga yo‘l qo‘yiladi).
3. Uch fazali transformatorlar parallel ishlashi uchun ularning ulanish turkumlari bir xil bo‘lishi kerak.
Transformatorlarning parallel ishlash sxemasi 4.18-rasmda ko‘rsatilgan. Transformator salt ishlaganda ikkilamchi chulg‘am zanjirida tokning yo‘qligi hamda yuklamaning paraltel ishlayotgan transformatorlarning nominal quvvatlariga proporsional ravishda to‘g‘ri taqsimlanishi transformatorlar normal holda parallel ishlashining asosiy belgilari hisoblanadi.

VI-BOB
O’ZGARMAS TOK MASHINALARI VA O`ZGARMAS TOK GENIRATORLARI.

O‘zgarmas tok mashinalari
O‘zgarmas tok mashinalarining tuzilishi va ishlash prinsipi
O’zgarmas tok mashinasining asosiy qismlari. O’zgarmas tok mashinasi, har qanday mashina kabi, ikkita asosiy qismdan: qo‘zg‘almas qism — stator, aylanuvchan qism rotordan iboratdir. Stator magnit maydon hosil qilishga mo’ljallangan bo‘lib, mashinaning mexaniq asosi hisoblanadi. O’zgarmas tok mashinasining rotori yakor deb ataladi ( 6.1-rasm). O’zgarmas tok mashinasining asosiy vazifasi aylanma harakatning mexanik energiyasini yakor yordamida o‘zgarmas tok elektr energiyasiga yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga
aylantirib berishdan iboratdir.

6.1. -rasm. Generator tipida ishlaydigan o’zgarmas

  • tok mashinasining umumiy ko’rinishi.



6.2.- rasm. Generator tipida ishlaydigan o’zgarmas
tok mashinasining umumiy ko’rinishi.
O’zgarmas tok mashinalarida magnit maydonni doimiy magnitlar yoki o‘zgarmas tok elektromagnitlari uyg‘otadi. Bular statorga ulangan bo‘lib, uyg‘otish qutblari deb ataladi.

6.3-rasm. O’zgarmas tok mashinasining
eng oddiy modeli:
1—stator, 2 —rotor yoki yakor, 3 —uyg‘otish qutblari.

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə