Jizzax politexnika instituti


Ketma-ket uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalari



Yüklə 8,44 Mb.
səhifə50/51
tarix05.05.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#108659
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
xamidxonga

Ketma-ket uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalari. Uyg‘otish cho‘lg‘ami yakor cho‘lg‘amiga ketma-ket ulanadi ( 6.5v- rasm). Bu mashinalarning qutb g‘altaklari yo‘g‘on simdan yasalib, o‘ramlari soni kam bo‘ladi. Ketma-ket uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalari series mashinalar deb ham yuritiladi.
Bu mashinalarning tubidagi har bir o‘zakda ikkitadan g‘altak bo‘lib, bulardan biri shunt tipidagi, ikkinchisi esa series tipidagi g‘altaklardir. Aralash uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalarida shunt uyg‘otish cho‘lg‘ami yakor cho‘lg‘amiga parallel ulanadi, series cho‘lg‘ami esa yakor cho‘lg‘amiga ketma -ket ulanadi (2.2.3g-rasm ). Aralash uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalarida asosiy magnit maydonni shu cho‘lg‘amlardan biri hosil qiladi, ikkinchisining ta’siri esa qo‘shimcha bo‘ladi.
O’zgarmas tok generatorining ishini xarakterlovchi eng muxim kattaliklardan biri uning cho‘tkalaridagi kuchlanishdir. Bu kuchlanishning kattaligi tashqi zanjirdagi tokka bog‘liq. Generator kuchlanishning Yuklama zanjiridagi tokka bog‘lanish grafigi generatorning tashki xarakteristikasi deb ataladi. Tashki xarakteristikada yakorning aylanish tezligi o‘zgarmas va mashinaning pasportida ko‘rsatilgan nominal tezligiga teng bo‘lgan hol uchun yasaladi. O’zgarmas tok mashinalarining pasportida ko‘rsatilgan miqdorlar nominal miqdorlar deb ham ataladi. Quyida biz parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorining ishlash printsipini va xarakteristikasi bilan tanishamiz.
Parallel uyg‘otishli generator. Parallel uyg‘otishli generatorning ishlashi uchun yordamchi tok manbai talab etilmaydi. (6.6 -rasm). Bunday generatorning uyg‘otish cho‘lg‘amida tok o‘z-o‘zidan uyg‘otilish protsessida paydo bo‘ladi.

6.6- rasm. Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorining‘ sxemasi
Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorida uyg‘otilish protsessi qanday hosil bo‘ladi. Mashina zavodda tayyorlangandan keyin uning magnit zanjiri magnitlab qo‘yiladi. Buning uchun uyg‘otish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi. Uyg‘otish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok manbaidan - ajratilganda stator qutblari o‘zaklarida va yakor o‘zagida kuchsiz magnit maydon qoladi. Mashinaning magnit zanjirida qoladigan kuchsiz magnit maydon qoldiq magnitlanish maydoni deb ataladi. Agar yakor aylantirilsa Fq qoldiq magnitlanish oqimi yakor cho‘lg‘amining parallel tarmoqlarida juda kuchsiz Yek elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Hosil bo‘lgan elektr yurituvchi kuchning o‘zi yakorga ulangan uyg‘otish cho‘lg‘ami zanjirida boshlang‘ich tok hosil qilish uchun yetadi. Boshlang‘ich uyg‘otish toki qutblarni magnitlaydi. Uyg‘otish oqimi Fu oshadi, shu bilan birga yakor cho‘lg‘amining elektr yurituvchi kuchi ham oshadi. Bundan keyin uyg‘otish toki yana ko‘payadi, magnit oqimi va elektr yurituvchi kuch unga bog‘liq holda oshib boradi. Shu tariqa parallel uyg‘otishli generatorda uyg‘otish protsessi hosil bo‘ladi.

6.7-rasm. Uyg‘otish cho‘lg‘amini yakorga parallel ulash.
Generator hosil qilayotgan elektr yurituvchi kuch uyg‘otish cho‘lg‘ami va yakor cho‘lg‘amining Ry = gya qarshilikka ega bo‘lgan zanjiridagi kuchlanish pasayishiga teng bo‘lishi bilan, ya’ni:

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə