Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 2022



Yüklə 10,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/87
tarix20.01.2023
ölçüsü10,02 Mb.
#98854
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87
67-56-PB

yarim izlanishli muammoli metod 
deb ham yuritiladi. 
Masalan, muammoli o’qitish metodini leksik - semantik va grammatik mashqlarni 
tashkil etishda ham qo’llash mumkin. Bu metoddan 1sinfdan boshlab foydalanish 
mumkin 
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida 
mustaqil ish metodi 
asosan o’rganilgan 
mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo’llaniladi. 
O’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan mustaqil ishlarni og’zaki yoki yozma 
shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko’p vaqtni olmasligi, o’quvchilar kuchi 
yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Mustaqil 
ishlash uchun topshiriq 1sinfdan boshlab beriladi va u asta - sekin murakkablashtirilib 


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume-10_ Issue-3_August_2022 
13 
boriladi. 1 sinfdan ,,Yozgan so’zlaringizni lug’atdan tekshiring”, ,,Rasmga qarab 
sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing”, ,,Rasmni kuzating. Unda tasvirlangan 
narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing” kabi topshiriqlar beriladi.
Analiz-sintez metodi 
savod o’rgatish darslariga rustuzem maktablari va tatar 
o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz — 
tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan 
grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq 
etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon 
bo’lishidir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni yaxshilashdir. 
Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so’z turkumlari o’rganilayotganda ularga oid so’zlar 
berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan gap tuzish, aralash 
berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil 
qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo’ladi. 
Analiz - sintez metodida ham o’quvchilarni faollashtirish o’qituvchining o’quvchilarga 
beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog’liq bo’ladi. 

Yüklə 10,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə