Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 2022



Yüklə 10,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/87
tarix20.01.2023
ölçüsü10,02 Mb.
#98854
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
67-56-PB

Bayon qilish metodi 
ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri 
bo’lgan. Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan 
mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini 
kuzatib, tinglab borishga, faol bo’lishga undagan. O’qituvchining bayoni, ya’ni bayon 
qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o’qituvchi 
ma’lumotlarni o’z so’zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o’qituvchi zimmasiga 
o’rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda, misollar tahlili 
bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich sinflarda bayon qilish 


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume-10_ Issue-3_August_2022 
12 
metodi o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan keiib chiqqan holda 3—5 
daqiqaga mo’ljallangan. 
Suhbat metodi 
boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng qo’llaniladigan 
va shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi 
savo - ljavob 
metodi 
deb ham yuritiladi. Suhbat metodi o’qituvchidan mavzuning xususiyatini 
o’zida aks ettirgan o’quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim 
belgilarini aniqlash, ularning o’xshash va farqli jihatlarini ajratish, o’xshash va farqli 
jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo’naltirilgan 
savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga izchil berib borishni talab etadi. 
Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining 
muammoli o’qitish mctodi 
sifatida 
qo’llanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Muammoli 
o’qitish metodiga 
amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894 - yilda asos solgan. Bu 
metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam berishgina emas, 
balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini 
o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining topshirig’i bilan o’quvchining 
oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni 
o’quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang’ich sinf 
o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o’qituvchi muammoni hal qilishga 
yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o’quvchi hal qila olmasa, uni 
o’qituvchining hal qilishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun boshlang’ich sinfda 
muammoli o’qitish metodi 

Yüklə 10,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə