K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

NEFT  TO‘G‘RISIDA  QISQACHA 
MA’LUMOT  VA  UNDAN  OLINADIGAN 
MAHSULOTLAR.  AVTOMOBIL  YONILG‘ILARI
1. 1.
 Neft haqida umumiy ma’lumotlar
Neft o‘simlik va hayvonot dunyosining organik qoldiqlari aso-
sida paydo bo‘lgan. Organik qoldiqlarning parchalanishi hamda 
neftning paydo bo‘lishi yuqori harorat va bosim, radioaktiv nurla-
nish ta’sirida sodir bo‘lgan. Turli joylardagi va geologik jinslarda-
gi organik qoldiqlarning tarkibi hamda o‘zgarish sharoitlari bir xil 
bo‘lmaganligidan har xil neftlar hosil bo‘lgan. 
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra neft o‘ziga xos hidli quyuq moysimon 
suyuqlik bo‘lib, turli tusdagi jigarrang ko‘rinishga ega. Kerosinni 
eslatuvchi och rangli neft kam uchraydi, ba’zan deyarli qora rang-
dagi, suvda cho‘kuvchi qovushoq smolali suyuqlik ko‘rinishida 
ham uchraydi. Odatda, neftning zichligi 0,75 dan 1,3 g/sm
3
 gacha 
(neftning zichligi uning tarkibidagi smolasimon-asfaltli birikmalar 
va qattiq uglevodorodlar miqdorining ko‘payishi hisobiga ortishi 
mumkin)) bo‘ladi. Neftning rangi qancha och bo‘lsa, uning zichligi 
shuncha kam, oquvchanligi esa katta bo‘ladi. Neft zichligi bo‘yicha 
uch turga bo‘linadi: 
yengil  neft 
(0,65–0,87 g/sm
3
), 
o‘rtacha neft 
(0,871–0,910 gsm
3
) va 
og‘ir neft 
(0,910–1,3 g/sm
3
). Yonish issiqli-
gi 43,7–46,2 MJ/kg (10400–11000 kkall/kg). 
Neft uglerod va vodorod atomlarining turli nisbatlaridagi murak-
kab aralashmasidir. Uning elementar tarkibi quyidagicha bo‘ladi: 
83–87 foiz uglerod; 11–14 foiz vodorod; 0,1–1,2 foiz kislorod; 
0,02–1,7 foiz azot va 0,01–5,5 foiz oltingugurt. 
Tarkibiy qismlarining (uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltin-
gugurt) o‘xshashligiga qaramay, turli joydan olingan neftlarning 
fizikaviy va kimyoviy xossalari har xil bo‘ladi. 


10
1. 2.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə