K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Parafinli uglevodorodlar (C
n
H
2n + 2

neftning asosiy massasini 
tashkil etadi. Bu turdagi uglevodorodlar jumlasiga quyidagilar ki-
radi: gazsimon uglevodorodlar (metan CH
4
 – dan boshlab), suyuq 
(pentan C
5
H
12
 – dan boshlab) va qattiq yoki 

– parafinlar (gek
-
sadekan C
16
H
34
 – dan boshlab). Gazsimon va qattiq uglevodorod-
lar suyuq uglevodorodlarda erish xususiyatiga ega bo‘lib, harorat 
ko‘tarilishi yoki bosim pasayishi bilan ulardan gazsimon qismi 
ajralib chiqib, harorat pasayishi bilan yana qattiq holga o‘tadi. 
Normal  narafinli  uglevodorodlar  oksidlanishga  turg‘un. 
 
Am      mo  yuqori  harorat  (250–300°C)  ta’siriga  chidamsiz  bo‘        li b, 
osongina oksidlanadi va portlab yonadi, shu sababli foydala nish 
uchun yaroqsiz hisoblanadi. Ammo shu xossalari tufayli ular tez       -
11
yu  rar dizel dvigatellari uchun mo‘ljallangan yonilg‘i tarkibiga kiri  -
tiladi. 
Neft mahsulotlari tarkibida 
n-
parafinlardan tashqari, izomer ug
-
levodorodlar (
i
­parafinlar) ham bo‘ladi, ularning formulasi bir xil 
ko‘rinishda bo‘lib, faqat atomlarining fazoviy joylashuvi bo‘yicha 
bir-biridan farqlanadi. 
Izoparafinlar xususiyatlari bo‘yicha 
n
­parafinlardan farq qiladi. 
Jumladan, 
i
­parafinlar mo‘tadil haroratlarda oksidlanish xususiya
-
ti yuqori, ammo harorat ortishi bilan oksidlanish jarayoni tezligi 
sekinlashadi va yuqori haroratli uchastkalarda 
n
­parafinlarga nis
-
batan turg‘unligi yuqori bo‘ladi. 

va 
i-
parafinlarning bu xususi
-
yatlari yonilg‘ilarning ekspluatatsion xossalariga sezilarli darajada 
ta’sir  ko‘rsatadi.  Dizel  dvigatelining  ravon  ishlashini  ta’minlash 
uchun dizel yonilg‘isi tarkibida 
n
­parafinlar bo‘lishi; benzinlarning 
detonatsiyaga qarshi xossalari yuqori bo‘lishi uchun uning tarkibi-
da 
i
­parafinlar bo‘lishi lozim. 
Shu  bilan  birga,  parafinli  uglevodorodlarning  qotish  harorati 
yuqori, shu sababli qishki dizel yonilg‘ilari va moylari tarkibida 
ularning miqdori cheklangan. 
Neft  va  qayta  ishlash  mahsulotlari  tarkibidagi  parafinlarning 
umumiy miqdori 50–60 foizni tashkil etadi, shuning bilan birga, 
neft mahsulotlari tarkibida neftni 150°C gacha qizdirganda ajra-
ladigan  parafin  fraksiyalari  ko‘p  miqdorda  bo‘ladi. 
Parafinlarning  molekular  massasi  ortishi  bilan  birga,  ularning 
zichligi, alangalanish va qaynash haroratlari ham ortadi. 
Yonilg‘i  va  moylar  tarkibidagi  parafinlar  yuqori  kimyoviy 
turg‘unlikka ega bo‘ladi. Odatdagi sharoitlarda ular ko‘pchilik rea-
gentlar bilan kuchsiz ta’sirlashadi, xona haroratida birikish reaksi-
yasiga kirishish xususiyatiga ega emas. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə