Kadirov tulkin baxridinovich



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

Zaruriy nazariy ma’lumot:
Mediatexnologiya bu 
multimedianing 
apparat va texnik ta’minoti tarkibiga kiruvchi kompyuter yoki boshqa raqamli 
ma’lumotlar bilan ishlovchi boshqa texnik vositalar orqali sizga taqdim 
etiladigan matn, tasvir, ovoz va videodan iborat murakkab ko‘rinishdagi 
ma’lumot hisoblanadi. 
Mediatexnologiya
ta’rifiga ko‘ra oddiy ko‘rinsa ham, u 
bilan ishlash jarayoni murakkab hisoblanadi. 
Mediatexnologiyani
bilish bilan 
bir qatorda multimedianing texnik va dasturiy vositalarini ham bilish lozim. 
Multimediali 
axborotlar 
bilan 
birga 
ularning 
ilovalarini 
yaratuvchi 
mutaxassislarni multimedia yaratuvchilar deb ataymiz. 
Amaliy tajriba ishini bajarishda zaruriy vositalar va axborot 
manbalari ta’minoti:
- Xar bir tinglovchi uchun ishchi kompyuter; 
- Sound Forge dasturi. 
Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli 
tarzda namoyish etish orqali insonlarning e’tiborini ko‘proq jalb qilamiz. 
Shundan kelib chiqib, mediatexnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda 
taqdim etishga imkon beradi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan 
farqli ravishda, mediatexnologiyalardan biri bo‘lmish, multimediali taqdimot bir 
necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga 
cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli grafikalarni 


138
o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining kamligini va 
saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi. 
Media texnologiyalar
faoliyati - zamonaviy muhandislik ishlarining 
omilidir, bu ommaviy axborot texnologiyalari tizimlarini ishlab chiqish
loyihalash va ishlashni o‘z ichiga oladi. Media texnologiyalari faoliyati barcha 
texnik tizimlar uchun algoritm (texnik topshiriqni tayyorlash, loyihasini ishlab 
chiqish, ishlab chiqarish va joriy qilish, amaliyot va baholash) uchun hizmat 
qiladi. 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə