Kafedrasi O'smirlarda namoyon bo'ladigan xavotirlanishning psixologik xususiyatlari mavzusida yozilgan


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 59,22 Kb.
səhifə2/13
tarix10.11.2023
ölçüsü59,22 Kb.
#132661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
5 Ўсмирда намоён бўладиган ҳавотирланиш

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

«KELISHILDI»
_______________DDDDDDDDDDDD

«_____» _________________ ________ y.

«TASDIQLAYMAN»
«DDDDDDDDD» kafedrasi mudiri ______________________
imzo _ DDDDDDDDDDD __
«_____» __________________ y.

MUNDARIJA:
KIRISH...................................................................................................................4

I bob. PSIXOLOGIYADA HAVOTIRLANISH MASALALARINI YORITILISHI…………………………………………………………………….6

1.1. Havotirlanish psixologik fenomen sifatida va xorij psixologlari tadqiqotlarida havotirlanish masalasi………………………………………….11


1.2. O’smirlik davrida havotirlanishni shakllanishi…………………………..21


II bob. SHAXSDA HAVOTIRLANISH HOLATLARINI VA YOLG’IZLIK XISSINI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI…..............24
2.1. O’smirlik davrida havotirlanish xissini korreksiyalash natijalari………24
2.2. Havotirlanishni bartaraf etishga tasir etuvchi omillar……………………………………………………………………………30


Umumiy xulosa.....................................................................................................35
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati....................................................................37
Glossariy…………………………………………………………………………40

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Hukumatimiz tomonidan Respublikamizda ta’lim-tarbiya olayotgan har bir yosh avlodga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yurtimizning kelgusi istiqbolini belgilab beradi. Shu o‘rinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoevni fikrlarini keltirib o‘tishimiz joizdir. Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda”.1
Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari naqadar haqiqat ekanini har birimiz yaxshi anglaymiz. Demak o‘quvchi-yoshlarimizga berilayotgan tarbiya jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi-kelgusi istiqbolimizga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Ammo bugungi kunda tarbiya masalalariga e’tiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar ham yo‘q emas. Shu nuqtai nazardan har bir pedagog va ota – ona tarbiya jarayonlarining mohiyati va mazmunini o‘rganishi, tushunishi va tarbiya jarayonlariga tadbiq eta olishi, yosh psixologiyasi xususiyatlarini bilishi muhimdir.
Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustaxkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Zero, yurt kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimiz va yoshlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liqdir. Bugungi kunda agressiya, tajovuzkorlik va zo'ravonlik, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning ortishi hollari juda ko'p kuzatilmoqda. Shu sababli inson agressiv xulq-atvorining namoyon bo'lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorning oldini olish yoki nazorat qilish muammolarini o'rganish, uni korreksiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish psixologlar uchun dolzarb masala bo'lib kelmoqda.
Ma’lumki, shaxs kamolga yеtib borar ekan unga atrofdagi tashqi muhit, shaxslararo munosabatlar, ta’lim olayotgan muassasasi hamda oilaviy muhit tizimli ravishda ta’sir ko’rsatadi. Shu bois, shaxs hayotida ijobiy tomonlar bilan bir qatorda salbiy jihatlar ham farqlanadi. Bu esa, o’z-o’zidan shaxsda emosional holatlarda zo’riqish, havotirlanishni yuzaga kelishiga olib keladi va shaxsningkamol topishiga to’sqinliq qiladi.
Havotirlanish – bu odamning doimo o’zini tashvishli his etishi, turli vaziyatlarni xatarli holat sifatida idrok etishga moyilligidir. Havotirlanishning boshdan kechirilishi ham individual hususiyat bo’lib, bunday his noaniq boror xavf oldidan paydo bo’ladi. Havotirlanish ro’y berishi mumkin bo’lgan yoki ehtimol tutilgan noxushliklar, odat va vaziyatdagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. U tashvishli harakatlarda, holatning keskinligida va hokazolarda namoyon bo’ladi. Havotirlanishning yuqori darajada bo’lishi, odatda, faoliyatning samaradorligini pasaytiradi, shaxsda turli xil ziddiyatli xulq-atvori bilan birga kechadi. Odatda havotirlanishning shaxs hususiyati sifatidagi va vaziyat bilan bog’liq ikki turi farqlanadi. Shaxs xususiyati sifatidagi havotirlanish asab tizimining xususiyatlari va uzoq davom etadigan nohush muloqot bilan belgilanadi. Vaziyat bilan bog’liq havotirlanish yoki reaktiv havotirlanishlar aniq vaziyat bilan bog;liq bo’lgan va undan tashqarida namoyon bo’lmaydigan tashvishli holatdir. Bu fikrlar kurs ishi mavzusining dolzarbligini bildiradi.

Yüklə 59,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə