Kafedrasi O'smirlarda namoyon bo'ladigan xavotirlanishning psixologik xususiyatlari mavzusida yozilgan


Me’yoriy havotirlanish 3 asosiy jihat bilan tavsiflanadi



Yüklə 59,22 Kb.
səhifə5/13
tarix10.11.2023
ölçüsü59,22 Kb.
#132661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
5 Ўсмирда намоён бўладиган ҳавотирланиш

Me’yoriy havotirlanish 3 asosiy jihat bilan tavsiflanadi:

  1. Havotirlanishni namoyish etish kelib chiqqan vaziyatdagi ob’yektiv xatarni mumkinligini ko’rsatadi.

  2. Me’yoriy havotirlanish tushkunlikka olib kelmaydi;

  3. Bunday havotirlanishni ijodiy qo’llash mumkin- agar ularni keltirib chiqaruvchi faktorlarni identifikasiyalab va ularga qarshi turlicha xarakat qilinsa.

Nevrotik havotirlanish tavsifnomalari ulardan farqlanadi- bu xatarga adekvat reaksiya emas. Bunday havotirlanish tushkunlikka olib keladi va u buzg’unchidir, konstruktiv emas. Nevrotik havotirlanishga bog’liq bo’lgan tushkunlik va anglashni bloklash odamlarni muhim axborotga kira olishidan mahrum qiladi, ular yordamida xatarlarni identifikasiyalash va bartaraf etish mumkin.
Reaksiyani 2 turini “destruktiv havotirlanish” deb atash mumkin.
Yuqorida keltirilgan vaziyatlarda biz insonni turli ko’pincha ijtimoiy psixologik stressorlarga (negative bahoni kutish yoki agressiv reaksiya, o’ziga nisbatan negativ munosabatni qabul qilish, o’zini obro’si, xurmatiga nisbatan xatarni sezish) ta’sirini 2 turini ajratdik: konstruktiv va destruktiv vaziyatli havotirlanish.Biroq har bir insonda o’z “Men”iga nisbatan hatarni turli vaziyatlarda qabul qilish va bu vaziyatga vaziyatli havotirlanishi oshgan holda reaksiya ko’rsatish (yoki konstruktiv yoki destruktiv) mavjud.
Bu ishtiyoqni Yu.A.Xanin shaxsiy havotirlanishi jihat, hususiyat, dizpozisiya individual farqlar haqida tasavvur beruvchi va turli stresslarga ta’sir sifatida aniqlaydi. Shaxsiy havotirlanish hajmi individning avvalgi malakasini xarakterlaydi, yani u qancha ko’p vaziyatli havotirlanishni boshdan kechirganini. Havotirlanishni 2 ko’rinishini: “xarakter havotirlanishi” va “vaziyatli havotirlanish”ni differensiyalashni L.I.Kitaev-Smik ta’kidlaganidek, aynan barqaror individual farqlarni belgilashda individni havotir holatini his qilishga ishtiyoqida Ch.Spelberger “havotirlanish” (“shaxsiy havotirlanish”) atamasini qo’llashni tavsiya etadi. Havotirlanish shaxs hususiyati sifatida uni harakterida namoyon bo’lmaydi, ammo uning darajasini individda havotirlanish holati qancha tez takrorlanib turishi orqali bilib ilish mumkin.
Havotirlanish tushunchasini chet el psixologlari singari rus psixologlari ham xuddi shunday ta’riflaydilar. Xususan, R.S.Nemov havotirlanishni doimiy yoki situativ yuzaga keluvchi insonni yuqori havotirda spesifik vaziyatlarda qo’rquv va hayajonni his qilishi sifatida ko’radi. O.M.Radyuk ham havotirlanishni insonni havotirn his qilishga ishtiyoqi sifatida o’rganadi. E.P.Ilin Spelbergerga yondashgan holda quydagicha ta’rif beradi. “Yuqori havotirlanish –shaxs emsional xususiyatini namoyon bo’lishi turli hayotiy vaziyatlarda havotirlanish holatini tez-tez namoyon bo’lishi, shu bilan ir qatorda uni keltirib chiqarmaydiganlarda ham”.
Shu tariqa havotirlanish tushunchasi psihologiyada ikkita o’zaro bog’liq ma’noda qo’llaniladi.
1) aniq vaziyatli stressorga nisbatan reaktiv holat javobi sifatida;
2) turli vaziyatlarda insonni bu holatni his qilishga bo’lgan ishtiyoqi.
Havotirlanish atamasini sinonimlari sifatida birinchi ma’noda “havotir”, “havotir holati”, “vaziyatli havotirlanish”, “reaktiv havotirlanish” atamalarini ko’rishimiz mumkin. Ikkinchi ma’noda quyidagi atamalar ishlatiladi: “havotirlanish”, “shaxsiy havotirlanish”, “xarakter”, “havotirlanish holati”, “faol havotirlanish”, “yuqori havotirlanish”.Ma’lumki, bu havotirlanish tushunchalari orasidagi bog’liqlik va ularning differensiyasi inson havotir holatini his qilishi chastotasi jihati bo’yicha aniqlanadi, yani reaksiya parametri bo’yicha. Bu bog’liqlik bir tekisdir;inson qanchalik ko’p vaziyatli havotirni xis qilsa, uni shaxsiy havotirlanishi shunchalik barqarorlashadi.
O.P.Elesiyev, YA.Strelyau, V.S.Merlin tadqiqotiga asoslangan holda shuni ta’kidladiki, shaxs faoligini o’zgarishida bu bog’liqlik o’zgarishi mumkin.Ya’ni shaxshiy xavotirlanish reaktiv xavotirlanishning pasayishi bilan barobar rivojlanib borishi mumkin. Shunday qilib,jiddiy xatar oldida faollik va shaxsiy xavotirlanish ortadi.Buning natijasida vaziyatli sust reaktiv xavotirlanish pasayadi. Inson tashqi tomondan anchagina tinch, chidamli bo’ladi. CH.Spelberger yana biri xavotirni uch ma’nosini ajratadi, xavotir murakkab jarayon sifatida o’ziga stress va xatar tarkibiy qismlarini oliuvchi u xavotir holatini o’zgarishini stress darajasi funksiyasini vaqt va intensivligida tavsiflaydi.
Ch.Spelberger xavotirni jarayon sifatida ko’rib chiqar ekan uni kognitiv, affektiv va harakat reaktiyalarini bosilishi sifatida tasavvur qiladi. Odamga stressning turli shakllarini ta’siri natijasida faollashadi, ular quyidagi vaqt tarkibiy qismlari zanjiri ko’rinishida bo’ladi. Stress xatarni qabul qilish-kognitiv qayta baholash-psixologik himoya yoki chetlashni berkitish mexanizmi.Ko’rinib turibdiki,bu еrda stress taranglik sifatida emas faktor (stressor)sifatida namoyon bo’ladi.
G.Sel’e bu jarayonni quyidagicha tavsiflaydi: birinchi bosqichda miya stressorni qayd qiladi-u xavotirni keltirib chiqaradi va organizmdagi temir moddasiga ma’lumot jo’natadi;garmonlar ishlab chiqila boshlaydi keyin adrenalin ajralib chiqadi, u organizmga xavotir signalini yuboradi. Organizm o’z navbatida bu signalga noodatiy emotsiyalar,fikrlar chag’ishi o’tira olmay qolish fiziologik reaksiyalar bilan javob qaytaradi. Ammo bunday vaziyat vaqtinchalik va ekstremal vaziyatlar uchun mo’ljallangan. Organizm bunday vaziyatda ko’p qololmaydi. Xatar yo’qolganda yoki organizm unga o’rganib qolsa,teskari mexanizm ishga tushadi, tana o’zining odatiy holatiga qaytadi. Bu qarishi turish bosqichi.
Agar xatar saqlanib qolsa,odam xavotirlanishda davom etadi va u yo’qolgandan keyin holdan toyish bosqichi boshlanadi, u sog’liq va hatto hayot uchun xavfli. Shu tariqa xavotirlanishni tushunishni psixologiyada quyidagi nuqtai nazarlar yuzaga keladi:

Yüklə 59,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə