Kam tarqalgan karam turlari ularning ahamiyati va yetishtirish texnalogiyasi Reja : Karam morfologiyasi



Yüklə 22,12 Kb.
səhifə5/6
tarix13.12.2023
ölçüsü22,12 Kb.
#149483
1   2   3   4   5   6
Kam tarqalgan karam turlari ularning ahamiyati va yetishtirish texnalogiyasi

Oqbosh karam. Oqbosh karam navlari unib etilish vaqtiga qarab ertapishar, o‘rtapishar va kechpishar navlarga bo‘linadi. Respublikamizda ertapishar karam navlari ertagi hosil olish uchun plenka ostida o‘stirib etishtirilmoqda. SHu sababli bu nav karamlar erta bahorda aholi ratsionida vitaminlar ayni tanqisligi paytida eng zarur xom ashyo hisoblanadi. Respublikamizda ekiladigan ertapishar oqbosh karam navlariga Iyunskaya, Nomer perviy, Gribovskaya 147, Derbentskaya mestnaya uluchshennaya, Apsheronskaya ozimaya, o‘rtapishar va kechpishar navlariga esa Toshkent-10, Saratoni, Navro‘z, O‘zbekiston 133 kabi navlarini kiritish mumkin. Karam sabzavotlar. CHakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oqbosh karamlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha GOST 26768-85 standarti talabiga, tayyorlanadigan va jo‘natiladigan karamlar esa GOST 1724-85 standarti talabiga javob berishi kerak. Biz quyidagi chakana savdo tarmoqlarida aholiga sotilayotgan oqbosh karamlarning GOST 26768-85 standarti bo‘yicha qanday talablarga javob berishi kerakligini keltiramiz. Bu standart talabi bo‘yicha oqbosh karamlar sifatiga qarab saralangan va saralanmagan tovar navlariga bo‘linadi.

Bu standart talabi bo‘yicha oq karam boshlari barra, butun, sog‘lom, toza, karam boshi yaxshi o‘ralgan, o‘smagan, shakli va rangi bo‘yicha karam naviga xos, qishloq xo‘jalik zararkunandalari bilan zararlanmagan bo‘lishi kerak. Ularning ta’mi va hidi o‘ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi lozim. Karam boshi o‘rtapishar va kechpishar navlarida zich bo‘lishi kerak. Ertapishar navlarida esa har xil zichlikda bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Savdo tarmoqlarida iste’molchilarga sotilayotgan oqbosh karamlarning sifatiga qo‘yiladigan talablardan yana biri karam boshining sarg‘ayib ketgan barglardan va boshqa iflosliklardan tozalanganligi hisoblanadi. Standart talabi bo‘yicha karam boshi to zich yopishib turadigan ko‘k yoki oq yaproqlarigacha tozalangan bo‘lishi kerak. SHuningdek, aholiga sotilayotgan karamlarda karam boshidan chiqib turadigan karam o‘zagining uzunligi ham me’yorlashtirilgan. Bu ko‘rsatkich hamma tovar navlarida 3 sm dan ortiq bo‘lmasligi ko‘rsatib qo‘yilgan.


Yüklə 22,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə