Kam tarqalgan karam turlari ularning ahamiyati va yetishtirish texnalogiyasi Reja : Karam morfologiyasi



Yüklə 22,12 Kb.
səhifə6/6
tarix13.12.2023
ölçüsü22,12 Kb.
#149483
1   2   3   4   5   6
Kam tarqalgan karam turlari ularning ahamiyati va yetishtirish texnalogiyasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

O‘rtapishar va kechpishar karamlar uchun muhim ko‘rsatkichlardan yana biri karam boshining massasi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich karam qaysi vaqtda yig‘ishtirib olinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Standartda ko‘rsatilishicha 1-iyuldan to 1-avgustacha yig‘ishtirib olingan karamlarning saralangan navlarida har bir bosh karamning massasi 1,0 kg dan, saralanmagan karamlarning esa 0,4 kg dan kam bo‘lmasligi standartda ko‘rsatib qo‘yilgan. SHuningdek, standartda sirtidagi birinchi va ikkinchi qavat yaproqchalari ozroq jarohatlangan karamlar bo‘lishiga ham yo‘l qo‘yiladi va ularning miqdori chegaralanmaydi. Ikkinchidan to beshinchi qavatgacha yaproqchalari mexanik jarohatlangan karam boshlari ertapishar karam navlarida 5,0 % gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, o‘rtapishar va kechpishar navlarida esa bu ko‘rsatkich chegaralanmaydi. Saralangan karam navlarida esa mexanik jarohatli karam boshlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Karamlarning har ikkala tovar navlari ham beshinchi qavatdan keyingi yaproqchalari mexanik jarohatlangan, yorilgan, chirigan, muzlab qolgan (ichi sarg‘aygan yoki qoraygan) karam boshlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.




Xulosa

Qizilbosh karam. Bu xil karamlarning bargida antotsianlar bo‘lgani uchun, qizil karam boshlari binafsha-qizil rangdan to‘qqizil ranggacha bo‘yalgan bo‘ladi. Qizil karam boshlarining kattaligi oqkaramga nisbatan kichikroq (1,5-3,0 kg), lekin undan zichroq, yaxshi saqlanadi. Bu karam barra holida ishlatiladi va undan sirkalangan mahsulotlar ham olish mumkin. YAngi qizilbosh karamlar sifati bo‘yicha GOST 7967-87 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha qizilbosh karamlar yangi, butun, sog‘lom, toza, qishloq xo‘jalik zararkunandalari bilan zararlanmagan, shakli va rangi bo‘yicha shu karam naviga mos, karam boshi zich bo‘lishi kerak. Ularning hidi va ta’mi esa o‘ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Qizilbosh karamlarning sifatini aniqlashda karam boshining zichligi va karam yaproqchalarining karam o‘ramiga mahkam yopishib turishi muhim ko‘rsatkich qilib qabul qilingan. Standart talabi bo‘yicha tayyorlanadigan, jo‘natiladigan karamlarda karam o‘ramiga zich yopishib turmaydigan yaproqlar soni to‘rttagacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, savdo tarmoqlarida sotilayotgan karamlar esa zich yopishib turmagan yaaroqchalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oq karamlardagi chingari bu tur karamlarda karam boshidan chiqib turadigan karam o‘zagining uzunligi 3 sm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.




Foydalanilgan adabiyotlar:
Mashhura Ibragimova: 1. Panjiev A., Ubaydullaev SH., Erkaev N. “Soya”, Qarshi, 2006 y.
2. Panjiev A., Ibragimov Z. “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashning nazariy asoslari” ma’ruzalar matni, Qarshi, 2006
3.Yormatova D. Uzbekistonda soya yetishtirish - Toshkent: Uzbekiston, 1983Y
4. Yo’ldoshev H.S. “O’simlik mahsulotlari yetishtirish texnologiyasi”.




Yüklə 22,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə