|
![](/i/favi32.png) Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya“Q O R B O‘ L A K CH A L A R I” U S U L I
|
səhifə | 207/209 | tarix | 22.03.2023 | ölçüsü | 5,17 Mb. | | #102926 |
| Микро амалий китоб “Q O R B O‘ L A K CH A L A R I” U S U L I
Bu usulda guruh kichik 2 guruhchaga ajratiladi va sardorlar tanlanadi – har bir talaba o‘ziga boshqa kichik guruhdan raqobatdosh tanlaydi. Har bir talaba raqibiga mavzuga oid 2 ta savol beradi va o‘ziga berilgan 2 savolga javob beradi. 2 guruhdan iborat bo‘lgan talabalar o‘zaro muammoli savollarga javob beradilar – bu javoblar o‘qituvchi tomonidan muhokama qilinadi, tahlil qilinadi.
Masalan: “Umumiy virusologiya. Viruslarga umumiy ta’rif – sistematikasi, tuzilishi, o‘stirish usullari. Faglar, tuzilishi, xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha savollar:
Virusni ho‘jayin hujayrasi bilan o‘zaro ta’sirini turlari va bosqichlarini ayting.
Viruslarni o‘stirish usullari.
Viruslarning obligat parazitligiga sabab nima?
Virusning xo‘jayin hujayrasiga kirish yo‘llari
Virusning xo‘jayin hujayrasidagi dezintegratsiyasi, “echinishi” qanday ro‘y beradi va bu jarayonda qanday fermentlar ishtirok etadi?
Tovuq embrioniga virusli ashyoni yuqtirish usullari.
Tovuq embrionida viruslarni o‘stirishning afzalliklari va kamchiliklari nimada?
Har qanday to‘g‘ri javob shu guruhga “qor bo‘lakchasi” ko‘rinishida ball keltiradi.
Bu usul “ miya shturmi” usuliga o‘xshash bo‘lib, bunda o‘qituvchi talabalarga mavzuga oid savol beradi. Qaysi talaba berilgan savolga javob berish uchun birinchi bo‘lib qo‘l ko‘tarsa va to‘g‘ri javob aytsa, yuqori ball bilan baholanadi.
Masalan: “Kimyoterapevtik preparatlar va antibiotiklar. Bakteriyalarning antibiotiklarga sezgirligini aniqlash usullari” mavzusi bo‘yicha savollar:
Mikroorganizmlarning antogonizmi va uning ta’sir mexanizmi.
Antibiotiklarning olinishi, ta’sir mexanizmi, ta’sir doirasi, kimyoviy tarkibiga ko‘ra tasnifi.
Hujayra devoriga, oqsil sinteziga, nuklein kislotasi, sitoplazmatik membranasiga ta’sir etuvchi antibiotiklarni ayting.
Antibiotiklarning rezistentlik mexanizmini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |
|
|