Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə208/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209
Микро амалий китоб

“DISKUSSIYA”USULI


Guruhdan 2 nafar sardor tayinlanadi. Har bir sardor o‘zining kichik guruhiga talabalar o‘rtasidan o‘quvchilarni tanlab 2ta kichik guruhga ajraladi. Har bir
kichik guruh talabasi o‘ziga 2-kichik guruhdan raqib tanlaydi. Bu usulda talabalar o‘zaro bir-birlariga mavzuga oid savol beradilar va raqibi tomonidan berilgan savollarga javob beradilar. O‘qituvchi mashg‘ulotni diqqat bilan kuzatadi, chunki har bir savol muammoli, jumboqli, mavzuga oid va qiziqarli bo‘lishi, berilayotgan javoblar to‘g‘ri, aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Masalan: 1.
Ortomiksoviruslarning zamonaviy klassifikatsiyasi. Ularga berilgan nom nima bilan bog‘liq?
2.Orto va paramiksoviruslar oilasiga kiruvchi viruslarni sanab bering. 3.Epidemiya va pandemiya vaqtida gripp o‘zgaruvchanligi qaysi antigenga
bog‘liq?
4. Gripp tashhisi qaysi holatlarda o‘tkaziladi?
Bu usulda talabalar mavzuni muhokama qiladi, mavzuni kengroq yoritib beradi, talabalar o‘z bilimlarini tekshiradilar, diskussiya qilib bilimlarini oshiradilar. Mashg‘ulotni o‘yin usulida o‘tkazadilar va har bir talaba mashg‘ulotda qatnashish barobarida o‘zini erkin his qiladi.
Mikrobiologiya fanidan amaliy mashg‘ulotda interfaol usullarni qo‘llash o‘qituvchidan ko‘p mehnat, mahorat, bilimlilik, izlanuvchanlikni talab qiladi. CHunki har bir mashg‘ulotga mavzuga oid ko‘plab vaziyatli masalalar, muammoli savollar, qiziqarli krossvordlar, maketlar, tablitsalar va shu bilan birga o‘qitishning yangi dasturini tayyorlaydi. Kichik guruhlarda ishlash uchun ma’lumotlarni beruvchi materiallar to‘playdi.
O‘qituvchi katta va kichik guruhlarda faol kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi, muammoli savolni echishda har xil alternativ yo‘llar ko‘rsatadi, qo‘shimcha savollar berib bahslashadi, muhokama qiladi, hulosa qiladi.
Ushbu interfaol usullar o‘qituvchilar va talabalarni o‘z ustida mustahkam ishlashni, ma’lumotga boy materiallar yig‘ib, texnik vositalardan foydalanishni o‘rgatadi.

Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati


  1. Muxamedov I., Eshboev E., Zokirov N.. «Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya» Toshkent 2002. Darslik.

  2. Muhamedov I., Eshboyev E., Zokirov N, Zokirov M. «Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya». Toshkent – 2006. Darslik.

  3. Meditsinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya. Pod redaksiey professora Muxamedova I.M. 2012 g. Uchebnik.

  4. Meditsinskaya mikrobiologiya. Pod redaksiey Pokrovskogo V.P. i Pozdeeva O.K.. M., 2010 g. Uchebnik.

  5. Vorobev A. A. i dr. Meditsinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya. Uchebnik, M.,2004g.

  6. Vorobev A.A. i dr. Atlas meditsinskoy mikrobiologii. M., 2003g.

  7. Xayitov R.M. Immunologiya. M. 2011 g. Uchebnik.

  8. Aliev SH.R. Muxamedov I.M. «Mikrobiologyadan laborotoriya mashg‘ulotlariga doir qo‘llanma»., T. 2012. y.

  9. Prof Borisov. L.B. taxriri ostida takrizchi, Krasilnikov A.P.. Tarjimon Zokirov N. A. «Mikrobiologiyadan laborotoriya mashg‘ulotlariga doir qo‘llanma»., T. 1992y .

  10. Meditsinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya. Pod redaksiey akademika RAMN V.V. Zverova, professor M.N. Boychenko. 2010. v 2-x tomax. M. Uchebnik.




Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə