Kasb tanlashga yo’llash mashg’ulotlari uchun dars ishlanmalari s amarqand 2015


O’z-o‘zini tarbiyalash va kasb tanlash



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə15/25
tarix21.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#87590
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Kasb tanlashga yo’llash mashg’ulotlari uchun dars ishlanmalari s

O’z-o‘zini tarbiyalash va kasb tanlash
Siz o‘zingizning bo‘lg‘usi kasbingizni tanlash to‘g‘risida o‘ylar ekansiz, o‘z qiziqishlaringiz, mayllaringiz, imkoniyatlaringizga baho bera boshlaysiz. Xullas, siz o‘z fazilatlaringizning murakkab tomonini tahlil qilishni o‘rganasiz. Zero har bir kishi o‘zining bo‘lg‘usi mehnat yo‘li to‘g‘risida o‘ylayotgan vaqtda bu fazilatlarni etiborga olmay iloj yo‘q.
Kishi o‘z ustida ishlashini, o‘z xarakterini, iroda kuchini shakl1antiridigan, o‘zining kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishni istasa, hech qachon kech bo‘lmaydi, lekin bu ishni yoshlik paytidan boshlagan ma’qul.
Abdulla Oripov o‘z xarakteri va prodasi ustida zo‘r berib ishlashning ajoyib namunasi bo‘lishi mumkim. Uning yoshligida kishini xayratga soladigan darajada aniq maqsadni ko‘zlab ishlaydigan va nihoyatda zo‘r ish qobiliyatiga ega bo‘lganligi to‘g‘risida E.Voxidov bunday hikoya qiladi: «U juda yosh paytidan ishlab, hali maktabda o‘qib yurgan paytlaridayoq qattiq mehnat ishga o‘rgangan va umuman har bir kunni o‘zi tuzib chiqqan qat’iy jadval asosida o‘tkazishga uringan edi. Bu jadvalga o‘qish ham, dars tayorlash ham, kitoblar mutola qilish ham, dam olish ham, sayr qilish ham, turli o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish ham kiritilgan edi yoki mashg‘ulot qancha vaqt, ya’ni soat nechadan nechagacha davom etishi jadvalda aniq ko‘rsatilar edi. Hech qanday kuch yoki sabab uning o‘zi tomonidan belgilab qo‘yilgan ish tartibini qaytarishiga majbur qila olmas edi. Faqat yangidan paydo bo‘lgan ishlarigina, uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan muhim mashg‘ulotlarni o‘tkazishdagi belgilangan tartibni o‘zgartirishi mumkin edi.
Bu ishda birinchi qadamni o‘zidagi mustahkamlanishi va rejalashtirilishi zarur bo‘lgan fazilatlar ro‘yxatini tuzib chiqishidan boshlash kerak. Shuningdek, har bir kishi faqat o‘zidagina bo‘lgan, ba’zi bir xususiyatlarini yo‘qotishni ham, o‘zgartirishni rejalashtirishi, o‘zidagi salbiy sifatlar o‘rniga ijobiy fazilatlarni rivojlantirishi, ko‘p mashq qilishi, mehnatni tashkil qilishning yana ham takomillashtirilgan usullaridan, yangicha ish rejalaridan foydalanmog‘i kerak va hokazo.
Kishi o‘zini-o‘zi boshqarishni o‘rganib olishi uchun birinchi o‘zini bilmog‘i kerak. O’z ehtiyojlari va qobiliyatiga qiziqishlari va xulq-atvori, motivlariga, iztiroblari, kechinmalari va fikru-o‘ylariga ongli munosabatda bo‘lmog‘i kerak. Kishi o‘zini-o‘zi faqat aniq mehnatdagina bilishi mumkin, ya’ni mehnat faoliyatining talablariga o‘zidagi bilim, mahorat va malakalar mos kelish-kelmasligini tekshirib ko‘rshni, o‘zining jismoniy imkoniyatlariga, iroda sifatlariga, jamoa ichida ishlay olish mahoratiga, odamlar bilan muomala qilish madaniyatiga chuqur baho bermog‘i kerak va hokazo. Bundan o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tahlil qilish natijalarini shaxsiy kundalik daftarga yozib borish foydalidir, bu har kim o‘ziga obyektiv baho berish hamda o‘z-o‘zini takomillashtirib kamolga yetkazib borish real rejasini tuzib olish imkonini beradi.
Mana, masalan, ulug‘ o‘zbek shoiri Muammad Yusuf tutgan kundalikdan olingan quyidagi ba’zi bir fikrlarni o‘qib ko‘ring: «Sen har kuni ertalab turib butun kun bo‘yi nima ishlar qilishing kerakligini o‘zing uchun topshiriq tarzida yozib chiq va belgilangan ishlarning hammasini bajar. O’z so‘zingga amal qil. Basharti, sen biror ishni qilishga kirishgan bo‘lsang, o‘zingdagi butun kuch-quvvat va qobiliyatni mana shu ishni bajarishga qarat».
Har kim o‘ziga, o‘z qobiliyatlariga, axloqiy sifatlariga, har xil harakatlariga tanqidiy baho berishi, o‘zi tanlayotgan kasb talablariga o‘z imkoniyatlari qanchalik muvofiq kelishini taqqoslab ko‘rish imkonini beradi. Kishi o‘ziga-o‘zi past baho qo‘yadigan bo‘lsa, bu uning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga xalal beradi, agar kishi o‘ziga-o‘zi ortiq baho beradigan bo‘lsa, bu ayanchli oqibatlarga, jamoa o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Har bir kishi o‘z ustida muvaffaqiyatli ish olib borishi uchun intizomli bo‘lmog‘i kerak, ya’ni u belgilangan axloq-odob qoidalariga, mashg‘ulot tartibiga bo‘ysinmog‘i, oldindan belgilab qo‘yilgan yashash va mehnat qilish tartibi talablariga qat’iy rioya qilmog‘i lozim. Mana, masalan, mashhur o‘zbek pedagogi S.R.Rajabov o‘z hayotida qanday qoidalarga amal qilganligini o‘qib ko‘ring:
«Mukammal darajada vazminlikka, juda bo‘lmaganda, sirtdan vazmin bo‘lib turishga erishish.
So‘zda va amaliy ishlarda rostgo‘y bo‘lish.
Har bir hatti-harakatni puxta o‘ylab ko‘rish.
Qat’iyatli bo‘lish.
Agar zarurat bo‘lmasa, o‘z haqingda bir og‘iz ham so‘z aytmaslik.
Vaqtni behuda o‘tkazmaslik, duch kelgan ishni emas, balki o‘zi xoxlagan ishni qilish. Har kuni kechqurun o‘z hatti-harakatlari to‘g‘risida halollik bilan hisobot berish. Qilingan ishlar bilan ham, hozir qilinayotgan ishlar bilan ham, endi qilinajak ishlar bilan ham hech qachon "maqtanmaslik".
Xarakterning, iroda kuchining aniq maqsadga yo‘naltirilgan shakllantirilishi, bu siz qanday kasbni tanlashingizdan qat’iy nazar, bozor iqtisodiyotining istagan bir sohasida muvaffaqiyatli ravishda ishlash uchun zarur bo‘lgan shaxsiy manfaatlarni rivojlantirishning tarkibiy qismidir.
Siz o‘zingiz tanlagan bo‘lg‘usi kasbingizga yaroqlilikni shakllantirish uchun o‘zingizda rivojlantirib borishingiz lozim bo‘lgan sifatlar ro‘yxatini tuzishga harakat qilib ko‘ring.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə