Kasb tanlashga yo’llash mashg’ulotlari uchun dars ishlanmalari s amarqand 2015


Darsning yakuniy qismi – 13 daqiqa



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə16/25
tarix21.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#87590
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Kasb tanlashga yo’llash mashg’ulotlari uchun dars ishlanmalari s

Darsning yakuniy qismi – 13 daqiqa
O’quvchilarni baholash va rag‘batlantirish – 2 daqiqa.
Uyga vazifa berish: “Men sevgan kasb” mavzusida referat yozib kelish.
Mashg‘ulotning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi

Mavzu:

Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi.

Maqsad va
vazifalar

Maqsad: O’quvchilarga kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi to‘g‘risida ma’lumotlar berish. Kasb tanlashda o‘quvchilarga kerakli ma’lumotlarni berish bilan to‘qri kasbga yo‘llash ishlarini tashkil qila olishni o‘rgatish.
Vazifalar:
- o‘quvchilarni kasblarning tiplari, turlari, maqsad va sharoitiga ko‘ra shakllari bilan tanishtirish;
- kasblarni tanlashda rioya qilinishi kerak bo‘lgan qonun-qoidalarni o‘rgatish;
- kasblarning insonga qo‘yadigan talablarini o‘rgatish;
- o‘quvchilarda kasbiy moyillik va qiziqishlarni o‘z vaqtida o‘rganishni tashkil qilish;
- o‘quvchilarda kasblarga bo‘lgan ongli munosabat va qiziqishni uyg‘otish;
- jamiyatimizda mavjud kasb egalari va ularning hayotlaridan misollar keltirish bilan kasblar hiqida ma’lumot berish.

O’quv jarayonining mazmuni

O’quvchilarga mavjud kasblarning tiplari odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz, ularning kasb tanlashda qanday ahamiyat kasb etishligini o‘rgatish. Kelajakda kasbni to‘g‘ri tanlashiga yordam berish, o‘quvchi tanlagan kasb bo‘yicha yuksak natijalarga erisha olish, olmasligini oldindan baholashni o‘rgatib, shu orqali kasb tanlash ishining samarali bo‘lishiga erishish.


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə