507
deb gumon qilish holatidir. Asosan bu patologik holat hisoblanib,
psixologik korreksiya va psixologik suhbatlarni talab etadi.
Har xil darajadagi
depressiv buzilishlar
ham
katta ahamiyatga
ega. Bunday holatda o’z joniga qasd qilish fikri paydo bo’ladi, attoki
amalda qo’llashga harakat bo’ladi. Yurak dekompensatsiyalangan
yetishmovchiligida, jigar sirrozi va uremiyada ham o’tkir psixik
holatni buzilishlari ro’y berishi mumkin. Psixik holatni buzilishi tana
haroratini ko’tarilishi bilan kechuvchi boshqa somatik kasalliklarda,
yuqumli kasalliklarda (ko’proq gripp) kuzatilishi mumkin. Bemorlar
atrof-muhitga oriyentatsiya qila olishmaydi, savollarga qiyinchilik
bilan yoki kuttirib javob berishadi, ba’zan nutq va harakatni buzilishi
(psixomotor qo’zg’alish yoki stupor) kuzatiladi.
Tibbiyot xodimi shuni bilish kerakki, qo’shimcha
hayajonlanish
va bezovtalik
bor bo’lgan nevrotik
va nevrozsimon simptomlarni
kuchaytirish mumkin. Har doim davo jarayonida psixik va somatik
holatni bir-biriga uzviy bog’liqligini unutmaslik lozim.
Bolalar orasida bo’lgan tibbiyot xodimlari har doim
bemorlarning
psixologik
xususiyatlarini
,
his
qilishlarini,
hissiyotlarini inobatga olishlari lozim. Bolalarni holatini yaxshiroq
tushunish uchun bolani shaxsiy psixologik holatini bilishdan tashqari
oiladagi sharoitni, ota-onasini sotsial kelib chiqishini, mansabini ham
bilish lozim. Bularni hammasi bemor bolani kasalxonada to’g’ri
parvarishlash va davo natijasini yaxshilashga yordam beradi.
Bola bilan muloqot qilganda his qilish katta ahamiyatga ega,
ya’ni bemorning qayg’usini tushunishga harakat qilish. Shoshmasdan
bola bilan suhbatlashish qayg’udan ustun turuvchi shaxsiy
xususiyatlarni aniqlashga olib keladi va to’g’ri tashxis qo’yishda
yordam beradi. Nafaqat bolani shikoyatini
majburlikdan eshitish
kerak, balki eshitgan gaplariga yaxshi e’tibor berib yondashishi
lozim. Tibbiyot xodimini iliq munosabatini ko’rib bemor tinchlanadi,
vrach esa bola to’g’risida qo’shimcha ma’lumotga ega bo’ladi.
Agarda buni teskarisi bo’lsa, ya’ni yuqori va qattiq tonda muomala
qilish, mensimay gaplashish bemor va tibbiyot xodimi o’rtasida iliq
munosabatlar yuzaga kelishiga to’sqinlik qiladi.
508
Tibbiyot xodimi bolalarga ota-onasi yo’qligini bildirmay, ularni
o’rnini bosishi lozim. Asosan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar ota-onasi
yonida yo’qligini qiyin qabul qiladi. SHunga qaramay ular yangi
sharoitga tezda moslashadi va tinchlanadi. Bunday hollarda ota-onani
tez-tez kasalxonaga kelishi bola psixikasini shikastlanishiga olib
kelishi mumkin. Adaptatsiya davrida (3-5 kun) ota-onalarni tez-tez
kelishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu
davrdan keyin ota-onalar va
bemor yaqinlari bolani ko’rishga biror bir ish sababli kela olishmasa
hamshira ularga xat yozishlarini, narsalar berib yuborishlarini
maslahat berishi lozim.
Kasalxonada bolani uy sharoitiga o’hshash yaxshi psixologik
sharoitni (o’yinlar o’ynash, televizor ko’rish va h.o) yaratishda
tibbiyot xodimi katta rol o’ynaydi. Toza havoda sayr qilish bolalarni
yaqinlashtiradi, hamshirani yaxshi muomalasi esa bolalarni yangi
sharitga moslashishini osonlashtiradi.
Kasalxona kollektivi orasida yaxshi munosabat o’rnatish, ahil
bo’lish, ishni yaxshi olib borish
bolalarni parvarishlash va
davolashda yuqori natijalarga olib keladi. Kollektivda har bir ishchi
o’z vazifasiga ega bo’ladi. Post hamshirasi kun tartibiga qat’iy rioya
qilishi, vrach ko’rsatmalarini to’g’ri bajarish, kichik tibbiyot xodimi
esa palatalarni tozazalash, bolalarni toza tutishi loxim. Hamshira
bolalar orasida bo’lar va ularni kuzatar ekan,
bolaning shaxsiy
xususiyatlarini ko’rish, o’zaro muloqotlari xarakterini kuzatishi
lozim. Bunday hamshira vrachga yaxshi yordamchi bo’ladi, chunki u
kasalxonada sog’lom muhitni paydo bo’lishida katta rol o’ynaydi.
Psixologik muammolarga
Dostları ilə paylaş: