513
tezlashib to’liqligini susayishi (daqiqada 100 zarba) ikkilamchi
shokdan yoki qon ketishdan dalolat beradi.
Agarda ushbu holat
birdan, ko’krak qafasida og’riq va qon tuflash bilan boshlansa o’pka
arteriyasi emboliyasi to’g’risida o’ylash mumkin. Bu holda bemor bir
necha soniyada o’lib qoladi.
Operatsiyadan so’nggi davrda operatsiya turi, hajmidan qat’iy
nazar o’pka ventilyatsiyasi kamaydi (yuzaki, tez nafas olish). Bu
holat o’pka nafas ekskursiyasini kamayishi (og’riq, bemorni majburiy
holati), bronxlarga suyuqlik to’planishi (balg’amni yaxshi
ko’chmasligi) bilan bog’liq bo’ladi. Bunday holatlar nafas
yetishmovchiligiga va o’pka yallig’lanishiga olib keladi. Nafas
yetishmovchiligi va operatsiyadan keyingi davrda o’pka
yallig’lanishini profilaktikasi: bemorni
erta aktiv harakatlantirish,
davolovchi
fizkultura,
massaj,
davriy
ravishda
kislorod
ingalyatsiyasi, antibiotikoterapiya, balg’am ko’chiruvchi dorilar
berish.
Har bir operatsiya hazm qilish a’zolari faoliyatiga ta’sir
ko’rsatadi, hattoki ushbu a’zolarda operatsiya o’tkazilmagan bo’lsa
ham. Markaziy nerv sistemasini tormozlovchi ta’siri, operatsiyadan
keyingi davrda bemor harakatini cheklanishi hazm qilish a’zolari
disfunksiyasiga olib keladi. Hazm qilish a’zolari “oynasi” – tildir.
Til qurishi organizmni ko’p suv yo’qotishini va suv
almashinuvini buzilganini bildiradi. Zich
oq karash bilan qoplangan
quruq, yorilgan til esa qorin bo’shlig’i a’zolari patologiyasi –
peritonit, ichaklar parezini bildiradi.
Og’iz quriganda og’iz bo’shlig’ini nim tuzli suv, yoriqlar
bo’lganda esa soda eritmasi (bir stakan suvga 1 choy qoshiq), 2% bor
kislotasi, vodorod pereoksid eritmasi (bir stakan suvga 2 choy
qoshiq), 0,05-0,1% kaliy permanganat eritmasi bilan chayish,
glitserin surtish tavsiya etiladi. Og’iz qurish fonida stomatit (og’iz
shilliq qavati yallig’lanishi) yoki parotit (quloq orldi bezi
yallig’lanishi) rivojlanishi mumkin.
Salivatsiyani kuchaytirish
maqsadida suvga limon yoki klyukva soki qo’shiladi.
514
Ko’ngil aynish va qusish narkoz, intoksikatsiya, ichak tutilishi,
peritonit tufayli kelib chiqadi. Ko’ngil aynish va qusishni sababini
aniqlash lozim. Birinchi yordam: boshni yon tomonga buriladi,
burundan ingichka zond o’tkaziladi va oshqozon yuviladi.
Meteorizm sababi bo’lib ichak parezi yoki ichaklarda gaz
yig’ilishi hisoblanadi. Meteorizmni bartaraf etish uchun bemorni tez-
tez turg’azish, gaz chiqaruv naycha qo’yish,
tozalovchi yoki
gipertonik klizmalar qilish tavsiya etiladi.
Bemorni aktiv hvrvkatlantirish qabziyatni oldini oladi. Ovqat
kletchatkaga boy bo’lishi, ichni yumshatish effektiga (prostokvasha,
kefir, mevalar) ega bo’lishi lozim. Huqna qilsa ham bo’ladi.
Normada bemor sutkasiga 1500 ml siydik ajratadi. Ba’zi
holatlarda buyraklar faoliyati buziladi (intoksikatsiya, nerv-reflektor
va h.o. sabablar), to siydik ajratishni to’xtashigacha – anuriyagacha.
Ba’zan buyrak normal ishlashi fonida siydik ajralishi vaqtincha
to’xtaydi – ishuriya, asosan nerv-reflektor sababga ko’ra. Ishuriyada
bemor ahvoli ko’tarsa bemor turg’iziladi, o’tqiziladi,
qorin pastki
sohalariga isitkich qo’yiladi, isitilgan tuvakka o’tqaziladi, tog’oraga
suv tomiziladi (reflektor ta’sir). Bu muolajalar natija bermasa siydik
qopiga kateter qo’yiladi.
Operatsiyadan so’nggi davrda psixika holati katta ahamiyatga
ega. Injiq bemor rejim va ko’rsatmalarni yomon bajaradi. Shu sababli
ham ularda yara bitishi asoratli bo’ladi. Operatsiyadan so’nggi
davrda nerv-psixik zo’riqishni kamaytirish lozim. Bu esa nafaqat dori
bilan, balki yaxshi parvarish bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: