509
munosabat o’rnatish
, u bilan suhbatda qo’rquv xarakterini va
operatsiyadan nimaga qo’rqishini bilish lozim, bemorni
tinchlantirish,
keyingi
davo
muolajalariga
munosabatini
o’zgartirishga harakat qilish lozim. Ko’pchilik bemorlar narkozdan
qo’rqishadi, umuman turmay qolaman, hushimni yo’qotaman,
sirlarimni gapiraman va h.o. deb o’ylashadi.
Operatsiyadan keyin ham bir qancha muammolar yuzaga keladi.
Operatsiyadan keyingi asoratlar yuzaga kelgan ba’zi
bir bemorlarda
har xil psixik buzilishlar kelib chiqishi mumkin. Xirurgik aralashuv
va majburiy yotoq holati turli nevrotik va nevrozsimon buzilishlarni
chaqirishi mumkin. Ba’zan operatsiyadan keyingi 2-3 kuni
bemorlarda injiqlik, qo’zg’aluvchanlik paydo bo’ladi. Operatsiyadan
keyingi asteniyada, ayniqsa asoratlar yuzaga kelganda o’tkir
depressiv holatlar yuzaga kelishi mumkin. Qari, katta yoshli
kishilarda operatsiyadan keyingi davrda o’tib ketuvchi galyutsinator
va vahima holatlari rivojlanishi mumkin. Yomon sifatli o’sma bilan
operatsiya bo’lgan bemorlar bilan muloqot qilish qiyin bo’ladi. Ular
keyingi hayoti haqida qayg’urishadi, ko’p savollar berishadi. Ular
bilan suhbatlashganda juda ehtiyot bo’lish lozim. Bemorlarni
operatsiya yaxshi chiqqaniga, kelajakda ularga hech narsa xavf
solmayotganini tushuntirish lozim. Ularni doimo mutaxassislar
nazoratida bo’lishi, doimiy profilaktik davo olishlari kasallikni
qaytalanishini oldini oladi. Bunaqa
bemorlar bilan har kuni
psixoterapevtik suhbatlar olib borish lozim.
Ota-onalar, asosan ona bolasi kasalini og’ir qabul qilishadi. Buni
tushunsa bo’ladi, sababi: og’ir kasallangan bemor onasi ma’lum bir
darajada psixik shikastlangan bo’ladi va uning reaksiyasi noadekvat
bo’lishi mumkin, chunki “onalik instinkti” juda yaxshi rivojlangan
bo’ladi. Shu sababli ham tibbiyot xodimlari tomonidan onalarga
individual yondashish lozim. Ayniqsa kasalxonada og’ir bemorga
qarab yotgan onalarga alohida e’tibor berish lozim. Ayolni nafaqat
yaxshi so’z
bilan tinchlantirish, balki uni dam olishi va
ovqatlanishiga sharoit qilib berish, bolasi “yaxshi qo’llarda”
ekanligiga va to’g’ri davo olayotganiga ishontirish lozim. Ona vrach
510
va hamshira tomonidan bajarilayotgan muolajalar kerakli va
to’g’riligini tushunishi lozim. Kerak bo’lganda onani ba’zi bir
muolajalarni qilishga o’rgatish mumkin, masalan ineksiya qilish,
ingalyatsiya qilish va h.o.
Ko’pchilik ota-onalar tibbiyot xodimiga ishonch,
yaxshi
muomala bilan yondashishadi, ularning og’ir mehnatlariga rahmatlar
aytishadi. Lekin ba’zan “og’ir f’elli” ota-onalar ham uchraydiki,
o’zining qo’polligi, yomon hulqi bilan tibbiyot xodimlarini bolasiga
alohida e’tibor berishlarini talab qilishadi. Bunday ota-oanalar bilan
tibbiyot xodimi ichki va tashqi bosiqlik bilan javob qilishalri lozim
va bu holat bolaning yomon tarbiyasiga yaxshi ta’sir qiladi.
Tibbiyot xodimlariini bolani ko’rish va narsa (ovqat) olib kelish
vaqtida ota-ona va bemor yaqinlari bilan suhbati katta ahamiyatga
ega. Ish ko’pligiga qaramay vrach hamma
savollarga shoshmasdan
javob berishga vaqt topishi lozim. Ota-ona bolasini tashxisini
bilishda, davo muolajalarini to’g’riligini aniqlashtirayotganda ba’zi
bir qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda
hamshira bemor yaqinlari bilan suhbatda o’z kompetensiyasidan
tashqariga chiqmasligi lozim. U kasallik simptomlari va kasallikning
kutilayotgan natijalari to’g’risida gapirishga haqli emas. Hamshira
kechirim so’rab ma’lumotlardan to’liq xabardor emasligi aytishi va
bemor yaqinlarini davolovchi vrachga yoki bo’lim
mudiriga
yuborishi lozim.
Ota-onalar so’ziga ko’pam quloq solmaslik lozim, ularning
noto’g’ri talablarini bajarish kerak emas, masalan ineksiyani
to’xtatish, rejim va dietani o’zgartirish va h.o. talablarni vrach asossiz
bajarmasligi lozim. Bunday holat faqat bemorga yomonlik olib keladi
va tibbiyotning insoniylik prinsiplariga va professionallikka to’g’ri
kelmaydi.
Bolalar bo’limida tibbiyot xodimlari ota-onalar bilan
muloqoti har doim emotsianal shaklda, uzviy aloqa holida va tez-tez
bo’ladi. Tibbiyot xodimini bemor ota-onasi va yaqinlari bilan to’g’ri
muloqoti tibbiyot xodimi – bemor bola –
ota-ona orasidagi
psixologik teng muvozanatlikni shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: