511
Nazorat savollari:
1. “Vegetativ buzilish sindromi” qanday bilinadi?
2. “Astenik sindrom» qanday bilinadi?
3. “Fobiya sindrom» qanday bilinadi?
4. Bolalar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlari
nimalarni bilishi va
nimalarga ahamiyat qilishi lozim?
5. Vrachlar operatsiyadan oldingi va keyingi davrda bolalarning
qanday psixologik muammolariga duch kelishadi?
6. Tibbiyot xodimini bemor bola yaqinlari va qarindoshlari bilan
muloqot qilish taktikasi qanday?
SHIFIKOR TOMONIDAN OPERATSIYADAN KEYINGI
DAVRDA BAJARILADIGAN MUOLAJALAR AHAMIYATI.
ICHAK VA SIYDIK OQMASI BO’LGAN BEMORLARNI
PARVARISHLASH
Operatsiyadan
so’nggi
davr
to’g’risida
tushuncha.
Operatsiyadan so’nggi davr – bu operatsiya tugagandan to bemorning
kasalxonadan
tuzalib chiqib, mehnat faoliyati tiklanguncha bo’lgan
davri hisoblanadi. Operatsiya hajmi, xarakteri va bemor umumiy
holatiga ko’ra bu davr bir necha
kundan bir necha oygacha
cho’zilishi mumkin. Xirurgik operatsiya natijasi
operatsiyadan
so’nggi davr qanday olib borilishiga bog’liq bo’ladi. Bu davrda
bemorlarni parvarishda o’rta tibbiyot xodimi o’rni juda katta. Vrach
ko’rsatmasini to’g’ri va o’z
vaqtida bajarish, bemorga to’g’ri
munosabatda bo’lish bemorni tezroq sog’ayishi garovi hisoblanadi.
Kichik
operatsiyalardan
keyin,
asosan
mahalliy
og’riqsizlantirilib qilingan operatsiyalardan keyin bemor bolani
umumiy palataga qo’yiladi. Ko’krak yoshidagi bolani onasi qo’liga
beriladi. Katta operatsiyalardan keyin bemor maxsus jihozlangan,
reanimatsion yordam ko’rsatishga mo’ljallangan operatsiyadan
keyingi palatalarga o’tkaziladi. Operatsiya xonasidan bemor bolani
operatsiyadana keyingi palataga o’tkazish vrach-anesteziolog yoki
operatsiyadana keyingi palata
hamshirasi yordamida amalga
512
oshiriladi. Bu vaqtda bemorga qo’shimcha jarohat yetkazmaslik,
bog’lamni surib yubormaslik, gipsni sindirmaslikka
katta ahamiyat
berish lozim. Operatsion stoldan bemorni katalkaga o’tkaziladi va
unda operatsiyadana keyingi palataga olib boriladi. Katalka zambili
bilan krovatni oyoq tomoniga to’g’rilab qo’yiladi. Keyin katalkadan
bemorni qo’lda olib krovatga yotqiziladi. Bemorni boshqa holatda,
ya’ni zambilni krovatni bosh tomoniga to’g’rilab
ham yotqizsa
bo’ladi
Dostları ilə paylaş: