mutaxassis shaxsini shakllanishi
muammosi doirasida o„rganilgan (A.E. Bodrov - 1991; E.F. Zeyer - 2003; Ye. A.
Klimov - 1986, 1996; I.M. Kondakov, A.V. Suxarev - 1989; B.T. Kudryavsev -
1981, 1985; B.T. Kudryavtsev, B.E. Egorov - 1983; Yu.P. Povarenkov - 1989; A.
Rean - 2003; M. Safin, N. Nikov - 1984 va boshqalar). Bu muammoni
o„rganishning muhim nuqtasi “
professional (mutaxassis)", “professionalizatsiya
(kasbiy shakllanish)”, “professionalizm", “kompetentlik”, "malaka”
va
“kasbiy
yetuklik"
tushunchalari hisoblanadi. Ma‟lumki, oxirgi tushuncha (“kasbiy
yetuklik”) mehnat sub‟ektining muhim hususiyatlaridan biri hisoblanib, u
mutaxassisning shakllanish (professionalizatsiya) jarayoni va uning natijasi
(“professionalizm”, “kompetentlik”, “malaka”) sifatida namoyon bo„ladi. “Kasbiy
yetuklik” tushunchasining mohiyati qator jaxon psixologlarining (A.A. Derkach-
2002; A.A. Derkach, V.G. Zazikin-1998; E.F. Zeyer-2003; O.G. Noskova-2000;
156
Yu.P. Povarenkov-1999; A. Rean-2003; B.A. Tolochek-2005) tadqiqotlarida
o„rganilgan, lekin mehnat sub‟ektining bu hususiyatlarini shakllanish jarayoni,
uning kasbiy faoliyatda namoyon bo„lishini o„ziga xos jihatlari va mutaxassis
shaxsini shakllanishining boshqa komponentlar bilan o„zaro aloqasining xarakterli
tomonlari hali yetarlicha o„rganilmagan.
“Shaxs yetukligi” tushunchasi yuqori darajada shaxsiy, psixologik, ijtimoiy
va kasbiy rivojlanganlik bilan tavsiflanib, uning tashqi vokelikka nisbatan adekvat
munosabatida, ma‟naviy-axloqiy, etnik, madaniy, kasbiy va boshqa meyorlarni
o„zlashtirishi hamda jamiyatdagi xulq-atvor me‟yorlari, muloqot va ong, pozitiv
motivlarning namoyon bo„lishida, qadriyatlar tizimi, mazmuni hamda organizm va
psixikaning funksional resurslarida aks etadi. Bu tushuncha shaxsning individ,
shaxs, mehnat sub‟ekti sifatidagi taraqqiyotining o„ziga xos hususiyatlariga
asoslangan aniq bir yosh davrini tavsifnomasi uchun keng qo„llaniladi.
Yetuklik - bu shaxs rivojlanishining shunday darajasiki, bunda shaxs
o„zining fuqarolik, oilaviy, kasbiy va boshqa majburiyatlarini to„liq bajarishga
qodir bo„ladi, kolaversa, jamiyatning aniq sohalarida va mehnat faoliyatida
samarali ishtirok etadi. “...taraqqiyotni tahlil qilish bu jarayonning o„ta murakkab
va ziddiyatli ekanini ko„rsatmoqda, inson organizmining turli tizimlaridagi
taraqqiyotning yuqori darajaga erishishi uchun turlicha vaqt sarflanganligi sababli
uning psixikasi o„ta sodda va juda murakkabdir hamda uning evolyusiyasini
boshlanishidagi geteroxronlik va kechishidagi tezlikning noadekvatligi kuzatiladi”.
Muayyan bir shaxsning yetuklik darajasi uning individual hususiyatlari va
ularning ijtimoiy muxit talablari, taraqqiyot sharoitlari bilan muvofiqlik darajasiga
bogliqdir. Yetuk shaxs quyidagi hususiyatlarga ega bo„ladi: axloqiy va ijtimoiy,
mustaqillik, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati, xarakterning katiyligi,
bag„rikenglik, ishonchlilik, samimiylik, xaqqoniylik va boshqalar.
O.G. Noskovaning ta‟kidlashicha, amerikalik psixolog K. Arjiris yetuk
shaxsni infantil, yetuk bo„lmagan shaxsdan farqlashning 7 ta mezonlarini ajratib
ko„rsatgan. Shaxs yetukligini anglatuvchi bazaviy mezonlar quyidagilar:
- passivlik - faollik;
157
- tobelik - mustaqillik;
-
xulq-atvorni
ixtiyoriy
boshqarishning
rivojlanganlik
darajasi;
qiziqishlarning keng va barqarorligi;
- xayotiy maqsadlarning qisqa fursatliligi yoki uzoqni ko„zlaganligi;
- shaxsning atrofdagilar bilan hamkorligi, tobelik yoki qarama-qarshi
munosabatlarni o„rnatish qobiliyati;
- refleksiyaning rivojlanganlik darajasi va boshqalar.
Ularga yana qo„shimcha tarzda o„zini o„zi baholash, o„zini o„zi anglash va
o„zini o„zi rivojlantirish, tanqidiylik, tashqi olamdagi voqeliklarni to„g„ri idrok
qilish qobiliyati kabi hususiyatlarni kiritishimiz mumkin. Aytish mumkinki,
yuqorida sanab o„tilgan yetuk shaxsning hususiyatlari yetuk mutaxassis shaxsiga
ham to„la mos keladi, biroq mehnat sub‟ektining kasbiy yetukligi mehnatga
motivatsiyalashganlik, faoliyatning aniq bir turiga kasbiy yaroqlilik, uzoqni
ko„zlagan kasbiy maqsad, qadriyat, dastur, harakat strategiyalarining anglanganligi
kabi qator hususiyatlar bilan yanada boyitiladi.
Shaxs rivojlanishining o„ziga xos hususiyatlari qator tadqiqotlarning
predmetiga aylangan (L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, B.G.Anan`ev, A.V.
Ansiferova, E. Erikson, A. Maslou, K. Rodjers va boshqalar).
Qator tadqiqotlarda shaxs rivojlanishi fenomeni uning yosh davrlari bilan
bog„lanadi. Mutaxassis shaxsining rivojlanishi nuqtai nazaridan yetuklik davrining
psixologik hususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi (20-40 yosh, 40-60 yosh, 60-
75 yosh). Qiziqarlisi shuki, mutaxassis shaxsining shakllanishi yetuklik davrining
ilk bosqichidan boshlanadi, lekin 40-60 yoshlarga kelib, o„zining shaxs
hususiyatlarini namoyon qila boshlaydi.
A.A. Rean bir qator olimlar va o„zining izlanishlari natijalari asosida 40-60
yoshlarga kelib shaxsda psixofiziologik funksiyalarning susayishi kuzatiladi, lekin
bu kognitiv soxasida aks etmaydi va ish qobiliyatini susaytirmaydi degan xulosaga
keladi. Ayrim qobiliyatlar, ayniqsa, faoliyatning turli shakllari bilan bog„liq
qobiliyatlar taraqqiy etishda davom etadi va intellektning rivojlanganligi bilan
ajralib turadi. Bu bosqichda shaxs donishmandga aylanadi - uning dunyoqarashi
158
kengayadi, xar qanday xodisalarni chuqur va xar tomonlama o„ylab ko„radi, u yoki
bu vaziyatning rivojlanishini bashorat qilishi, voqealarni kechishini nazorat qilishi
va turli masalalarni ijodiy hal qilishi mumkin. Mualliflarning ta‟kidlashicha, bu
davrda shaxs intellektual taraqqiyotining hususiyatlari ko„p xollarda uning shaxsiy
xarakteri, xayotiy ustanovkalari, rejalari va qadriyatlari tizimiga bog„liq bo„ladi.
Yetuklik davridagi shaxsning emotsional soxasi serqirraligi bilan ajralib
turadi, ularda kayfiyatning tez o„zgarishi kuzatiladi. Yoshlik davriga kelib ijobiy
emotsiya va xissiyotlarni yuzaga keltiruvchi oilaviy xayotning barqarorlashuvi,
ruxiy va jismoniy potensialning to„liq namoyon bo„lishi, xayotiy va kasbiy
rejalarning amalga oshirish xodisasi sodir bo„la boshlaydi. Shu bilan bir vaqtda,
ularning o„z-o„ziga xaddan ortiq yuqori yoki past baho berishlari, depressiya,
o„zining ijtimoiy va mehnat mavqeidan qoniqmaslik xissi, stressga barqarorlikni
pasayib ketishi bilan kuzatiladi.
Olimlarning ta‟kidlashlaricha, motivatsiya tuzilishida qisqa vaqt ichida va
to„liq shaklda rejalashtirilgan natijalarga erishish istagining kuchi negizida
qo„zg„atuvchi extiyojlarni
qondirishga yo„nalganlik yotadi. Xarakatlarni
faollashtiruvchi asosiy motivlar-ijodiy potensialni amalga oshirishga intilish,
o„zining bilim, tajriba, faoliyat natijalarini kelgusi avlodlarga yetkazish, o„zining
va yaqinlarining xavfsizligini ta‟minlash, o„zining ijtimoiy va kasbiy mavqeini
tartibga keltirish, xayotiy rejalarini amalga oshirishda yaqinlariga yordam berish,
keksalik davrida tinch va farovon xayot kechirishga tayyorlanish va boshqalar
hisoblanadi. Bu yosh davri uchun xayotga o„zgacha nazar bilan qarash va chuqur
mushohada qilish, shaxsiy, oilaviy va kasbiy sohalarda avval qabul qilingan
qadriyatlar tizimini kayta kurib chiqish kabi hususiyatlar xosdir. Majburiy xayotiy
va kasbiy o„zgarishlar faqatgina stressni rivojlanishiga zamin xozirlabgina
qolmasdan, balki avval qabul qilingan xayotiy rejalar va motivlarning o„zgarishi,
kolaversa ulardan voz kechishga olib kelishi mumkin.
Yetuklik davrida “Men”-konsepsiyasi shaxsning o„zi va atrof-muhit
xaqidagi yangi tasavvurlari bilan boyidi. “Men”-konsepsiyasi shaxsning
konseptual negizini boyishi natijasida rivojlanadi. Uning asosida axloqiy normalar,
159
xuquq va shaxsiy qadriyatlar negizida shaxsning o„zini o„zi faollashtirishi yotadi.
Shaxsning o„ziga nisbatan realistik, ongli munosabati uning shaxsiy “Men”iga
yo„naltirilgan emotsiyalarni boshqarish imkonini beradi. O„z-o„ziga baho berish
umumiy xarakterga ega bo„lib, ularning “proeksiyasi” turli vaziyatlarda namoyon
bo„ladi. “Men obrazi” ijtimoiy rollarni qabul qilish va shaxsiy mavkeni tiklash
bilan bog„liq ravishda boshqa shaxslarning (bolalar, o„quvchilar va boshqalarning)
taraqqiyotini ta‟minlashga yo„naltirilgan bo„ladi.
Yetuklik davrida yetakchi faoliyat mehnat hisoblanadi. Kasbiy faoliyatda
orttirilgan
tajriba
muhim
ahamiyatga
ega.
Muloqot
va
shaxslararo
munosabatlarning ahamiyatini kuchaytiruvchi oralik va boshqaruvchi funksiyalar
bilan bog„liq xolda kasbiy xulq-atvorning yangi shakllari rivojlanadi va namoyon
bo„ladi. Faoliyat sohasining doirasi kengayadi, yangi xulq-atvor strategiyalari
yuzaga keladi, shaxsiy mehnat jarayoni va uning natijalariga hamda boshqa
mutaxassislarga nisbatan mas‟uliyatlilik hissi ortadi. Oilaviy xayotdagi barqarorlik,
maqsadga muvofiqlik bilan tavsiflanib, bolalarga va qariyalarga yordam berishga
bo„lgan extiyoj kuchayadi. Mehnat yuklamasining kattaligi, funksional
zaxiralarning susayishi va unga nisbatan e‟tibor hamda vaqtning ishchanlik
qobiliyatini qayta tiklashga sarflanishi natijasida shaxsda dam olishni tashkil
kilinishi biroz cheklanadi.
Demak, yetuklik davrining o„ziga xos tomonlari mehnat faoliyatining
muhim ta‟sir darajasi, xayotiy va mehnat motivlarining shakllanishi va amalga
oshishi, adekvat “Men” - konsepsiyasining tarkib topishi, shaxsiy imkoniyatlarning
shaxsiy maqsad va rejalar bilan muvofiqligi, ma‟naviy- mazmuniy
ustanovkalarning amalga oshishi bilan shartlangan shaxs to„zilishining turli
komponentlarini progressiv rivojlanishida aks etadi. Qolaversa, bu davrda
me‟yoriy inqirozlar va shaxs deformatsiyasi kuzatiladi, bu esa, shaxs
taraqqiyotining pozitiv tendensiyasi buzilganligidan, xattoki, shaxs tuzilishidagi
ayrim komponentlarning namoyon bo„lishi va xolatiga hamda shaxs xulq-atvoriga
salbiy ta‟sir kilayotganidan dalolat berishi mumkin.
Turli yosh davrlarida shaxs psixik taraqqiyoti shaxs tuzilishining u yoki bu
160
komponentlarining o„ziga xos sifatlari va bu jarayonning namoyon bo„lishini ayrim
qonuniyatlari bilan cheklanib qolmasdan, aynan:
❖
turli psixik funksiyalar va hususiyatlarning taraqqiyotini nomuvofiqligi
(ular o„zlarining yuksalish cho„qqisi, barqarorlik va inkiroz bosqichlariga ega), shu
bilan birga taraqqiy etganlik qanchalik past bo„lsa, ikkilanish shunchalik kuchli
bo„ladi;
❖
shaxs xayot-faoliyati va psixik faoliyat funksiyalari hamda ta‟lim
tizimining roli va tuzilishining o„ziga xosligi orqali aniqlanuvchi shaxsning aloxida
komponentlarini shakllanishining turli vaqtlarda sodir bo„lishi-geteroxronlik
fazasi;
❖
psixik faollik tizimining barqarorligini ta‟minlovchi, vaqtga bog„liq
bo„lmagan xolda namoyon bo„luvchi rivojlanishning alohida bosqichlarining
beqarorligi;
❖
senzitivlik, ma‟lum vaqt davomida tashqi ta‟sirlarga nisbatan psixik
funksiyalarning ta‟sirchanligining ortib ketishi;
❖
taraqqiyotning divergentligi-konvergentligi - bunda psixik taraqqiyot
jarayonining serqirraligining ortishi va saralashning ortishi bilan tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: |