Kasbiy psixologiya


 Xarakterning umumiy sifatlari



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

 10. Xarakterning umumiy sifatlari.
Xarakter shaxsning hayoti jarayonida tarkib 
topgan intellektual, emotsional va irodaviy xususiyatlari yo`nalishining 
yig‟indisidan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, xarakter - bu shaxsning aniq 
hayot sharoitlari ta‟sirida vujudga kelgan muayyan xulq tarzidir. Kishining 
xarakterida, odatda, avvalo, shaxs xulqining hamma tomonlarida iz qoldiradigan 


188 
ba‟zi bir xilma-xil tartibda birga qo`shilib keladigan umumiy xislatlar ajralib 
turadi. Xarakterning mukammalligi, barqarorligi, qat‟iyligi va kuchi bunday 
xislatlar qatoriga tegishlidir. Masalan, xarakterning juda kuchli bo`lishi bilan 
birgalikda uning bir tomonlama va tor ekanligi yoki yetarlicha barqaror bo`lmagan 
to`liqligini ham uchratish mumkin. 
Quruvchi faoliyatida namoyon bo`luvchi (shaxs kartasida ko`rsatilgan) 10 ta 
xarakter sifatiga quyidagicha baho qo`yish talab qilinadi: 
5- mazkur sifat to`liq va barqaror namoyon bo`ladi; 
4- mazkur sifat tez-tez namoyon bo`lib turadi; 3- mazkur sifat ba‟zida namoyon 
bo`ladi; 
2- mazkur sifatning quruvchi xulq-atvorida ifodalanishi noma‟lum; 
1- mazkur sifat xali shakllanmagan va xulqida ifodalanmagan. 
11. Quruvchining shaxs sifatidagi yo`nalishi.
Shaxsning yo`nalishi - ehtiyojlari, 
motivlari, qiziqishlari, ishtiyoqi, ideallari yo`nalishning mazmunini tashkil etadi. 
Xuddi mana shular kishining borliqda, ijtimoiy voqea va hodisalarga, jamiyatga, 
jamoaga hamda boshqa kishilarga, shaxs sifatida o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlari 
xususiyatini belgilaydi. Shaxs yo`nalishini belgilashda, avvalo, quruvchining o`z 
hayotida qanday maqsadlarga erishishni eng yuqori va muhim deb hisoblashi, 
qiziqishlar ko`lami, kasb tanlashga ongli munosabati, mehnatga va o`z-o`zini 
rivojlantirishga munosabati hamda tegishli ma‟lumotga ega bo`lish talab qilinadi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə