“kecha va kunduz” romani qahramonlarining ta‟riflarini qo„llashda ijodkor mahorati va qo„llangan antroponimik birliklar ahamiyati


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 76,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix23.12.2023
ölçüsü76,83 Kb.
#155140
1   2   3   4   5   6   7   8
628d2239d671b422554784

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-409-415 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
410
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
 
Cho‗lpon ijodiga nazar tashlar ekanmiz, uning asarlarida Turkiston muhiti 
akslanib turadi va bevosita jarayonni his qilishga, unda yashashga undaydi. Bu 
ijodkorning yuksak mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi. Uning asarlaridagi 
epizodlar ta‘riflarning sodda va jozibadorligi, qo‗llangan ismlar-u qahramonlarga 
xos bo‗lgan antroponimik birliklar, onomastikdan o‗rinli foydalana olishi ularning 
ichki dunyosini ochib bera olgan. Endi, shu o‗rinda Cho‗lpon asarlarida qo‗llangan 
ismlar, laqablar, taxalluslar va ularning asarga qay darajada badiiy bo‗yoq 
berayotganini o‗rganish uchun tilshunoslikka murojaat qilamiz. 
Tildagi atoqli otlarni, ularning paydo bo‗lishi, motivativ asoslarini,
semantikasi, lisoniy strukturasini tilshunoslikning onomastika bo‗limi tadqiq
qiladi. Onomastika - aslida grekcha so‗z bo‗lib, ―nom berish san'ati‖ ma'nosini 
bildiradi.Onomastika til onomastikasi birliklarini tashkil qiluvchi har qanday atoqli 
otni lingnistik va sotsiolingvistik aspektda tadqiq qiladi. Onomastikon - biror
tildagi atoqli otlarning umumiy majmuini ifoda etadigan lug‗atdir va u muayyan 
davrdagi etnik guruhning tiliga tegishli bo‗lgan atoqli otlar repertuaridir. 
Ma‘lumki, antroponim (yunoncha: antrop - antropos + onoma-atoqli ot) – kishi 
atoqli oti (ism, familiya, laqab, taxallus, patronim va boshqalar).Ma‘lum bir tilda 
mavjud bo‗lgan barcha kishi atoqli otlari majmui, fondi antroponimiya deb yuritiladi. 
Antroponimika yoki ismshunoslik esa onomastika (nomshunoslik)ning kishi atoqli 
otlari (antroponimlar)ning paydo bo‗lishi, rivoji va vazifaviy xususiyatlarini 
o‗rganuvchi bo‗limidir. 
O‗zbek antroponimiyasining milliy o‗ziga xosligini ikki lisoniy material 
ta‘minlaydi. Bular: tub turkiy nomlar va o‗zbekcha ismlardir. Milliy-lisoniy ruh
ayniqsa o‗zbekcha nomlarni ijod qilishda yorqin namoyon bo‗ladi. 
O‗zbek tili antroponimlarining lug‗aviy tarkibida tojik tilidan o‗zlashgan
ismlar salmoqli qatlamni tashkil qiladi. Bu qatlam o‗zbek tiliga uzoq o‗tmishdan 
yaqin vaqtlargacha o‗zbek va tojik xalqlarining yaqin qo‗shnichilik munosabatlari,
ikki xalq orasidagi bolaga ism berish udumlarining mushtarak tomonlarga egaligi
tufayli kirib kelgan. Shu bilan birga, ba'zi ismlarni fors-tojik tilidan o‗zbek tiliga 
o‗zlashma leksema sifatida olingan turdosh so‗zlardan o‗zbeklar o‗zi hosil qilgan 
bo‗lishi mumkin. 
Tub turkiy qatlamga mansub nomlarning aksariyati appelyativ ma‘nosi aniq 
sezilib turgan nomlardir. Shunga qaramasdan ismlarning bu 
qatlamida ma‘nosiga ko‗ra uch xil nomlarni uchratish mumkin:
1) ma‘nosi aniq sezilib turuvchi nomlar;



Yüklə 76,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə