“kecha va kunduz” romani qahramonlarining ta‟riflarini qo„llashda ijodkor mahorati va qo„llangan antroponimik birliklar ahamiyati


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 76,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix23.12.2023
ölçüsü76,83 Kb.
#155140
1   2   3   4   5   6   7   8
628d2239d671b422554784

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-409-415 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
413
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
uncha xafa bo‗lmasa ham, lekin o‗z halol xotini oldida gapirmaganiga kuyunadi vas 
hu kuyish orqasida firib yo‗li bilan so‗fini gapirtiradi, ba‘zida tillarini burro qilib 
sayratadi … 
2.
Chinakam, bechora Qurvonbibikiyim-kechak, ayniqsa, yolg‗iz qizining sepi 
xususida ko‗p tashvish tortadi. Shunday tashvishlar ustida u chiqolmay ketib, ba‘zi-
ba‘zida so‗figa xarxasha hal qilib ko‗radi. 
Zebi va Saltanat – qafasning darchasi ochildi! 
Endi qushlarga qanotlarini rostlab turib. ―pirr‖ eta uchmoqdan, keng ko‗klarga, 
fazolarga parvoz qilmoqdan boshqa narsa qolmadi. Paranjini yopinib o‗tirmasdan, 
shundoq bosh ustida tashlab, chimmatni ―xo‗ja ko‗rsin‖ga tutgan bo‗lib yugurish 
kerak, xolos. 
Enaxon – yo‗qsil bir oilaning qizi edi. Otasi muning yoshligida o‗lib ketgan, 
onasi ikkovi birgalikda akasining boqimiga qarab qolgan edilar. 
Xolmat –
1.
Esini taniganidan beri mehnat peshida chopadi. 
2.
Holi eng o‗yinqaroq bola vaqtlarida ham butun qishloqning podasini boqib, 
oilaning ehtiyojlariga biror narsa qo‗shib turardi. Uning podachi bo‗lgan vaqtlarini 
hali ham qishloq odamlari havas bilan eslashadi. 
Akbarali mingboshi – belida kumush kamoni, yonida kumush sopli qilishi, 
ustida zarbof choponi bo‗lmasa, hech kim uni amaldor demaydi. Oddiy kiyimda 
ko‗rganlar yo oddiy bir qishloq boyi, yo Yettisuv bilan aloqasi bor qo‗ychi, yo 
bo‗lmasa, yaylov tomon bilan ish ko‗radigan tuyachi deb o‗ylaydilar.
Miryoqub –
1.
Do‗konidan har narsa topiladigan bir baqqolga ―farang baqqol‖ deb nom 
qo‗ygan keksalar har ishda qo‗li bo‗lgan bu odamga ―Miryoqub epaqa‖ laqabini berib 
xato qilmaganlar. O‗zlari ham bu laqabning to‗g‗riligini osongina isbot qiladilar. 
2.
U aralashmagan ish epaqaga kelmaydi. 
Haqiqatdan ham, yuqorida ko‗rgan ta‘riflarimiz orqali qahramonlar xarakteri 
bilan birga yurtimizda bo‗lgan og‗ir muhitni bilish imkoniyatiga ega bo‗la olamiz. 
Qurvonbibining mana shu davr qurboniga aylangani, Xolmatning o‗yinqaroq 
davridan boshlab qishloqning podasini boqib ro‗zg‗or yukini ko‗targani, ikki yosh qiz 
– Zebi va Saltanatning hayotini qafasdagi qush kabi tasvirlash orqali insonlar hayoti 
naqadar og‗ir kechganini ko‗rsatib bergan. Cho‗lpon bu obrazlar vositasida butun 
xalq hayotini ifodalab bergan.



Yüklə 76,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə