Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


ularning kitobga mehri pasayib, bolalarimiz ko‘p



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

ularning kitobga mehri pasayib, bolalarimiz ko‘p
vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotganini
alohida ta’kidlamoqchiman. 
Meni to‘g‘ri tushunish- 
laringizni istayman, men intemetga qarshi emasman. 
Bugungi kunda axborot tarqatish, axborot almashish- 
ning tezligi va mukammalligi bo‘yicha intemetning 
o‘mini bosadigan boshqa vosita yo‘qligini albatta 
yaxshi bilaman.
Ammo 
farzandlarimizning 
ongi, 
dunyoqa-
rashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuk-
sak ma’naviyat manbayi bo‘lgan jahon va milliy
adabiyotimiz asosida emas, balki biz uchun yot
bo‘lgan g‘oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirayot-
gan zararli axborotlar asosida shakllanishiga men
mutlaqo qarshiman.
Bolalar bog‘chalari, maktablar, kollej va litseylar, 
oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayoni, ta’lim va tarbiya 
usullarini qayta ko‘rib chiqishimiz zamr.
Eng muhimi, farzandlarimizda yoshlik chog‘idan
boshlab kitobga mehr qo‘yish, mustaqil fikr yuri-
tish, murakkab hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri javob
topish ko‘nikmasini shakllantirishimiz, buning
uchun tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirishi-
miz darkor.
Yoshlami tarbiyalashda taiim muassasalari, ku- 
tubxonalar, axborot-resurs markazlari rolini oshi- 
rish, bu borada badiiy va ilmiy adabiyotlardan keng 
foydalanish maqsadida poytaxtimizdagi barcha ku- 
tubxonalar ta’mirlanadi. Kitob fondini kengaytirish va 
keyinchalik elektron manbalarga o‘tkazish bo‘yicha 
budjetdan maqsadli moliyalashtirish hajmi oshiriladi.
469


Shuningdek, shahardagi 27 ta madaniyat uyini to iiq
ta’mirlaymiz va 
ularning har birida boy kutubxona
fondiga ega boigan shinam o‘quv zallarini 
tash- 
kil etamiz. Bundan tashqari, har bir tumanda bittadan 
barcha qulayliklarga ega boigan zamonaviy yangi 
kitob do‘konlari barpo etiladi. Shular qatorida Alisher 
Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasida 
mamlakatimiz kutubxona fondining yagona elektron 
tarm ogini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu 
tarmoqda milliy va jahon adabiyotining eng sara na- 
munalari keng taqdim etilishi, barcha taiim muassasa- 
lari va aholi o‘z shaxsiy kompyuteri orqali tarmoqdan 
uyida turib foydalanish imkoniyatiga ega boiishi 
kerak.
Aziz do‘stlar!
Biz taiim-tarbiya sohasida olib borilayotgan ish- 
larimizni yanada kuchaytirish uchun bir qator chora- 
tadbirlami rejalashtirmoqdamiz.
Farzandlarimizni har tomonlama bilimli, ona yur- 
timizga sadoqatli insonlar etib tarbiyalash bolalar 
bog‘chasidan boshlanishini e’tiborga olib, joriy yilning 
yakuniga qadar 2017-2021-yillarga moijallangan, 
maktabgacha ta iim muassasalarining moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash bo‘yicha maxsus dastur qa- 
bul qilamiz.
Jumladan, kelgusi besh yilda Toshkent shahrida 
45 ta yangi bolalar bog‘chasi barpo etiladi, 225 ta 
maktabgacha taiim muassasasi rekonstmksiya qilina- 
di, ta’mirlanadi va qayta jihozlanadi.
Bugungi kunda shahar maktablaridagi ahvol haqida 
gapiradigan boisak, poytaxtimizning ayrim hududla- 
rida maktablar o‘quvchilar uyidan uzoqligi, bir qator 
maktablarda esa, sinfdagi o‘quvchilar soni haddan
470


tashqari ko‘pligi, hatto qirqdan ziyodni tashkil etishi, 
tabiiyki, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bunday holatni bartaraf etish uchun kelgusi yili 
Bektemir tumanida 1 ta va Olmazor tumanida 2 ta yan- 
gi maktab barpo etiladi. 0 ‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan
5 ta maktabga qo‘shimcha yangi o‘quv binolari qurib 
beramiz. Shuningdek, 21 ta maktab to‘liq ta’mirlanadi.
Ushbu maqsadlarga 2017-yilda Davlat budjetidan 
56 milliard so‘m ajratiladi. Toshkent shahrida maktab- 
lami qurish va ta’mirlash ishlariga budjet mablagiari- 
ni kelgusi yillarda ham yetarli miqdorda ajratish haqi- 
da Moliya vazirligiga qat’iy topshiriq berildi.
Shu o‘rinda muhim bir masalaga e’tiboringizni 
qaratmoqchiman.
Men ilmiy-texnik taraqqiyot bo‘yicha kelajagimizni 
belgilab beradigan fizika, matematika, kimyo, bio- 
logiya, informatika va kompyuter texnologiyasi kabi 
fanlar bo‘yicha 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə