Viloyat aholisiga transport xizmati ko‘rsatish si-
fatini oshirish maqsadida oxirgi 5 yilda 656 ta avtobus
va 1 ming 700
ta mikroavtobus xarid qilinib, Buxoro
shahri va uning atrofidagi yo‘nalishlarga qo‘yildi.
Bu boradagi ishlami davom ettirish uchun viloyatda
yaqin besh yilda yana 350 ta avtobus sotib olish,
bitta
avtobekat qurish, chekka hududlarda yashovchi aholi
uchun qo‘shimcha yo‘nalishlar ochish va boshqa
qulayliklar yaratish rejalashtirilmoqda.
Beshinchidan, Qishloqlarda ichimlik suv ta’mi-
noti tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya-
lash dasturi ishlab chiqilmoqda.
Keyingi besh yilda viloyatda 878 kilometr ichimlik
suv tarmoqlari qurilib, buning natijasida 280 ming
aholining toza ichimlik suv bilan ta’minlanishi yax-
shilangan va suv bilan ta’minlanganlik darajasi 48
foizdan 61 foizga yetkazildi.
Tayyorlanayotgan dasturga
binoan kelgusi besh
yilda Buxoro viloyatida 490 kilometr suv tarmoqlari
yangidan quriladi va 125 kilometr suv tarmoqlari ta’-
mirlanadi.
Jumladan, Jahon bankining 55 million dollarlik
mablag‘i hisobidan Buxoro
va Kogon shaharlarida
quw ati sutkasiga 100 ming kubometmi tashkil etuvchi
oqova suv tozalash inshootlari hamda 60 kilometr
oqova suv tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya
qilinadi.
Shuningdek, yana
bir muhim loyiha - Jahon
bankining 82 million dollarlik mablag‘i hisobidan
2018-yilga qadar Olot va Qorako‘1 tumanlarini
ichimlik suv bilan ta’minlashni
yaxshilash loyihasi
11 - S h . M irziyoyev
161
doirasida 2 ming 200 kilometr masofadagi ichimlik suv
magistral quvurlari va tarmoqlarini yangidan qurish va
rekonstruksiya qilish natijasida 173 ta qishloq aholi
punktida suv ta’minoti yaxshilanadi.
Dostları ilə paylaş: