Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


Navbatdagi dastur - Onalik va bolalikni



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Navbatdagi dastur - Onalik va bolalikni
muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqildi.
Xonadonlarimiz ko‘rki va tarovati b o iib kelayotgan 
aziz va mo‘tabar onalarimiz, muhtarama ayollarimizga 
doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ulaming 
og‘irini yengil qilish bizning dasturimizda alohida 
o‘rin egallaydi.
Dasturda ayollar va bolalarga tibbiy xizmat 
ko‘rsatishni yaxshilash, shu jumladan ularga xizmat 
ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalarining 
moddiy-texnik bazasini va kadrlari tarkibini yanada
165


mustahkamlash, ularga maxsus va yuqori texnolo- 
giyali tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy 
uslublar va uskunalami joriy qilishni kengaytirish 
chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Shuningdek, barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, 
o‘smir qizlar, homilador va tug‘ish yoshidagi ayollar 
uchun to iiq patronaj kuzatuv tizimi joriy etiladi. 
Buning natijasida onalar va bolalarda kasalliklami erta 
aniqlash ko‘rsatkichi 70 foizdan 100 foizga yetkaziladi.
Buxoro viloyatida ham kelgusi besh yilda Gijduvon, 
Shofirkon, Buxoro, Romitan, Qorovulbozor va Kogon 
tumanlari tibbiyot birlashmalari tarkibidagi tug‘umq 
komplekslari va bolalar boiimlari, Buxoro shahridagi 
klinik markazini rekonstruksiya qilish va jihozlash 
rej alashtirilmoqda.
Yana ikkita muhim ijtimoiy dastur - Far-
matsevtika sanoatini yanada rivojlantirish hamda
Aholini dori vositalari bilan ta’minlash darajasini
oshirish va dori-darmon narxlari shakllanishini
takomillashtirish dasturlari ishlab chiqilmoqda.
Xabaringiz bor, yaqinda «Aholini dori-darmon 
vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni 
yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 
Qaror qabul qilindi. 0 ‘ylaymanki, mazkur Qaror ham 
mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, 
aholi va davolash muassasalarini sifatli va xavfsiz 
dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga, aholi 
salomatligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ushbu dasturlarga muvofiq, 2016 - 2020-yillarda 
mamlakatimizda 
umumiy 
qiymati 
224 
million 
dollarga teng boigan 67 ta investitsiya loyihasi
166


amalga oshiriladi. Natijada respublikada farmatsevtika 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,5 baravar 
ko‘payadi. Jumladan, 22 ta yo‘nalish bo‘yicha keng 
turdagi yangi dori vositalarini ishlab chiqarish y o ig a 
qo‘yiladi.
Yaqinda qabul qilingan 2016 - 2020-yillarda res- 
publika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish 
Dasturiga, shuningdek, hududlami rivojlantirish das- 
turlariga asosan Buxoro viloyatida dorivor o‘sim- 
liklaming sanoat plantatsiyalarini yaratish bo‘yicha 
11 ta loyiha va tabiiy, mineral, kimyoviy va biologik 
xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida dori 
vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni 
y o ig a qo‘yish bo‘yicha 13 ta loyihani amalga oshirish 
ko‘zda tutilgan.
Viloyatda bugungi kunda 4 ta korxonada 20 nom- 
dagi dori-darmon, tibbiy buyumlar va biologik faol 
qo‘shimchalar ishlab chiqarilayotgan boisa, 2021- 
yilgacha 20 ta korxonada 70 tadan ortiq nomdagi 
import o‘mini bosuvchi dori vositalarini ishlab 
chiqarish y o ig a qo‘yiladi.
Kelgusi yilning o‘zida «Gufik Avitsenna» 0 ‘zbe- 
kiston - Hindiston qo‘shma korxonasida 500 million 
so‘mlik loyiha amalga oshirilib, yiliga 1 million dona 
tabletka ishlab chiqarishga moijallangan quwatlar 
ishga tushiriladi.
Viloyatdagi shahar va tumanlar tibbiyot birlash- 
malarida ijtimoiy dorixonalar tashkil qilish ishlari 
yakunlanadi.
Shu o‘rinda bir fikrni aytib o‘tmoqchi edim. Mana, 
Buxorodagi Afshona qishlogida tugilib o‘sgan Ibn 
Sino bobomiz o‘z vaqtida qanchadan qancha dori-
167


darmonlami kashf etgan. Shunday buyuk tabibni 
tarbiyalab voyaga yetkazgan Buxoro xalqi bugun 
ham mana shu sohalarda boshqalarga ibrat va namuna 
ko‘rsatsa, ayni muddao b o iu r edi.
Shu maqsadda bu yerda tegishli vazirlik va idoralar, 
viloyat hokimligi va respublika «Asaka» bankining 
ishtiroki va moliyaviy ko‘magi bilan « 0 ‘zfarmsanoat» 
aksiyadorlik kompaniyasining mintaqaviy filialini 
tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu markazga Abu 
Ali ibn Sino bobomizning nomini bersak, shu taklifga 
nima deysizlar?

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə