Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


«Rahbarning eng asosiy vazifasi - odamlarni rozi qilish»



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

«Rahbarning
eng asosiy vazifasi - odamlarni rozi qilish» 
degan 
fikmi ko‘p takrorlar edilar. Shaxsan men shunday 
buyuk insonning safdoshi sifatida u kishi boshlagan
174


barcha ezgu ishlami yangi bosqichga ko‘tarishni, o‘z 
faoliyatim bilan el-yurtimizni rozi qilishni o‘zimning 
nafaqat eng muhim vazifam, balki muqaddas insoniy 
burchim deb bilaman. Va bundan yigirma besh yil 
oldin xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan, 
dunyoda taraqqiyotning «o‘zbek modeli», «Islom 
Karimov modeli» deb tan olingan strategik rivojlanish 
yoiini qafiyat bilan davom ettirish uchun bor bilim va 
tajribam, kuch-g‘ayratimni safarbar etishga tayyorman.
Aziz do‘stlar!
Shu yil 4-dekabrda b o iib o‘tadigan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimizhayotida 
qanday muhim, kerak boisa, hal qiluvchi ahamiyatga 
ega ekanini, albatta, barchamiz yaxshi tushunamiz. 
Bu o‘rinda gap faqat saylovda qatnashayotgan to‘rtta 
siyosiy partiyaning manfaatlari va nomzodlaming 
dasturida belgilangan maqsad va vazifalar haqida emas, 
awalo, 32 million xalq yashayotgan 0 ‘zbekistondek 
katta bir mamlakatning bugungi va ertangi taqdiri 
haqida borayotganini unutmasligimiz zamr.
Shu ma’noda, ertaga saylov uchastkasiga keladigan 
har bir fuqaro, har bir vatandoshimiz shu masala 
bo‘yicha o‘z mas’uliyatini chuqur anglab, birinchi 
navbatda o‘zi va oilasi, farzandlarining hayoti va 
kelajagi uchun, 0 ‘zbekiston taraqqiyoti uchun ovoz 
berayotganini har tomonlama tushunib ish tutsa, ayni 
muddao boiardi.
Bu saylovning yana bir muhim ahamiyati shundaki, 
uni yuqori darajada, milliy qonunlarimiz va xalqaro 
andozalarga mos holda, xolisona o‘tkazishimizga 
qarab, xalqimizning siyosiy va huquqiy saviyasiga,
175


jamiyatimizning bugungi demokratik taraqqiyotiga 
baho beriladi.
Bu yilgi saylovoldi uchrashuvlari, e’tibor bergan 
boisangiz, barcha nomzodlar uchun yangicha shaklda 
o‘tkazilmoqda. Ya’ni, bu uchrashuvlarda imkon qadar 
ko‘proq odamlar ishtirok etishi, nomzodlaming das- 
turlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini erkin, ochiq 
va oshkora bildirishi uchun ular videokonferensiya 
shaklida tashkil etilmoqda. Siz, azizlar bilan bugungi 
ochiq va jonli muloqotimizda ham har bir saylovchi 
o‘zini qiziqtirgan taklif va savollar bilan murojaat 
qilishi mumkin.
Muhtaram do‘stlar!
Bugun Samarqand ahli huzurida - bu ulug‘ va qut- 
lug‘ diyoming haqiqiy vatanparvarlari, yurtparvarlari 
boigan sizdek yuksak ma’rifatli insonlar huzurida 
turib, Samarqand haqida, uning xalqi haqida so‘z 
aytish - bu albatta oson ish emas.
Mashhur shoirimiz Erkin Vohidov bir she’rida 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə