Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Azaldan
hunarmandlik va ishbilarmonlik fazilatlari 
bilan 
dong
taratgan samarqandliklar kichik biznes va 
xususiy
tadbirkorlik sohasida ham muhim natijalarga 
erishib kelmoqda. Ayni paytda viloyatda mazkur 
sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 78 foizdan 
oshgani va mehnat bilan band aholining 84 foizdan 
ziyodi shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgani e’tiborga 
loyiq, albatta.
Viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilish va 
modemizatsiyalash yuzasidan tizimli ishlar amalga 
oshirilmoqda.
Keyingi besh yilda paxta maydonlari 16 ming 
gektardan ziyod va g‘alla maydonlari 6 ming gektarga 
qisqartirilib, ko‘proq daromad beradigan meva- 
sabzavot va poliz ekinlari ekilmoqda. Bu davrda 82 
ming gektar sug‘oriladigan yeming meliorativ holati 
yaxshilandi.
Ana shu o‘tgan vaqt mobaynida qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlash darajasi 2 baravar oshib, 
jumladan, sabzavotning 33 foizi, mevaning - 38 foizi, 
sutning - 34 foizi, go‘shtning - 27 foizi viloyatdagi 
mahalliy korxonalarda qayta ishlanmoqda.
Viloyatning mirishkor dehqon va fermerlari barcha 
qishloq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha mo‘l hosil 
yetishtirib, bu yilgi mavsumni ham yuksak mehnat 
yutuqlari bilan yakunlayotgani barchamizni xursand 
qiladi.
Fursatdan foydalanib, mamlakatimiz rivoji va el- 
yurtimiz farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilib 
kelayotgan Samarqand dehqonlariga, barcha viloyat 
mehnatkashlariga chuqur minnatdorlik bildirishni 
o‘zimning burchim deb bilaman.
182


Muhtaram do‘stlar!
Mustaqillik yillarida Samarqandning chiroyiga 
chiroy qo‘shish, uning asl tarixiy qiyofasini tiklash
iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, shu zaminda 
yashayotgan insonlarga har tomonlama munosib 
sharoit yaratish borasida qanday katta ishlar amalga 
oshirilayotgani haqida batafsil to‘xtalib o‘tirishning 
zarurati yo‘q deb o‘ylayman. Chunki sizlaming 
barchangiz bu jarayonlarda faol ishtirok etib kelyapsiz, 
hammangiz bu ishlardan yaxshi xabardorsiz.
Ayni vaqtda bizning oldimizda erishgan yutuq- 
larimizni yanada mustahkamlab, taraqqiyotimizni 
yangi bosqichga olib chiqishdek muhim va ulkan 
vazifa turibdi.
Bugun globallashuv davrida dunyoda kechayotgan 
keskin va murakkab sharoitni barchamiz ko‘rib-bilib 
turibmiz. Jahonda iqtisodiy inqiroz, qarama-qarshilik 
va nosogiom raqobat tobora kuchayib, xomashyo 
resurslarining narxi pasayib bormoqda.
Biz dunyodagi hozirgi murakkab va tahlikali 
vaziyatni har tomonlama hisobga olgan va chuqur 
tahlil qilgan holda, birinchi darajali ahamiyatga 
ega vazifalami belgilab olishimiz hamda yaqin va 
o‘rta muddatli istiqbolga moijallangan harakat 
strategiyasini ishlab chiqishimiz zamr.
Bizning bu boradagi qarash va yondashuvlarimiz 
0 ‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining yaqinda 
b o iib o‘tgan syezdida, mening saylovoldi dasturimda 
batafsil bayon qilingani sizlarga m aium , albatta.
Biz saylovoldi dasturimizda mamlakatimizning 
barcha hududlari qatori Samarqand viloyatida ham
183


har bir shahar va tumanni rivojlantirish bo‘yicha aniq 
rejalami ishlab chiqqanmiz.
Ruxsatingiz bilan, mana shu masalalarga alohida 
to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Viloyatda kelgusi besh yilda yangi ishlab chiqarish 
quwatlarini yaratish, mavjudlarini modemizatsiya 
qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha 
umumiy qiymati 2 trillion 300 milliard so‘mlik 900 
dan oshiq loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Jumladan, 2017-2021-yillar davomida yengil sa- 
noatda umumiy qiymati 240 milliard so‘mlik 105 ta 
investitsiya loyihasi joriy etiladi. Buning natijasida 
viloyatda paxta tolasini qayta ishlash darajasini keskin 
oshirish mo‘ljallanayotganini ta’kidlash lozim.
Misol 
uchun, 
2018-2019-yillarda 
Samarqand 
shahrida «Neks tekstil» korxonasi tomonidan 21 
milliard so‘mlik sarmoya hisobiga 6 ming tonna 
ip-kalava ishlab chiqarish tashkil etiladi. Jomboy 
tumanida 37 million yevro investitsiya kiritish orqali
10 million kvadrat metr tayyor material ishlab chiqarish 
quwatiga ega bo‘lgan korxona barpo etiladi.
Hozirgi 
vaqtda Navoiy, 
Jizzax va Angren 
hududlarida tashkil etilgan erkin industrial zonalar 
samarali 
faoliyat 
ko‘rsatayotganidan 
barchangiz 
yaxshi xabardorsiz.
Endilikda bu ijobiy tajriba kengaytirilib, Urgut 
tumanining resurs bazasidan samarali foydalanish, 
sanoat va eksport salohiyatini yanada rivojlantirish, 
investitsiya va ilg‘or texnologiyalami jalb etish 
maqsadida «Urgut» erkin industrial zonasi tashkil 
etiladi.
184



Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə