Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
dasturi 
doirasida viloyatda kelgusi besh yilda 77 ta yangi 
loyihani ishga tushirish va qariyb 443 milliard so‘mlik 
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan. Bu? 
o‘z navbatida, viloyatga chetdan olib kelinayotgan 
147 million dollarlik mahsulotlami o‘zimizda ishlab 
chiqarish imkonini beradi.
Kelgusi besh yilda 
hududiy eksport 
hajmini kami- 
da 2 barobarga oshirish, yana 150 ga yaqin korxonani 
jalb etish hisobiga eksport qiluvchi korxonalar sonini
3 barobarga ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar 
dasturi ishlab chiqilmoqda.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va moder-
nizatsiyalash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Jumladan, paxta maydonlarini optimallashtirish, 
sabzavot va bog‘dorchilikni kengaytirish, ko‘p tarmoq-
li fermerlikni rivojlantirish, irrigatsiya-melioratsiya 
tizimini yaxshilash, chorvachilik, parrandachilik, 
baliqchilik, asalarichilik, issiqxona xo‘jaligi va boshqa 
yo‘nalishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini 
ishlab chiqib, amalga oshiramiz.
Butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi tobora dolzarb 
b o iib borayotganini inobatga olib, 2021-yilgacha 
kartoshka yetishtirishni 1,5 baravar, sabzavotni -
1,7 baravar, meva va uzumni - 2 baravar, go‘sht va 
sut mahsulotlarini - 1,5 baravar, baliqni 2,5 baravar 
ko‘paytirish, shuningdek, ulami qayta ishlashni ken- 
gaytirish zamr, deb hisoblaymiz.
186


Yana bir muhim yo‘na!ish - Samarqandning
turistik salohiyatidan yanada to‘liq foydalanishdir.
Ma’lumki, hozirgi kunda Samarqand nafaqat 
yurtimizda, balki butun dunyoda tan olingan sayyohlik 
markazlaridan biri hisoblanadi. Buyuk Ipak yo‘lining 
chorrahasida joylashgan, qadim sivilizatsiyalami 
o‘zida 
mujassamlashtirgan 
Samarqand 
bugungi 
kunda ham butun dunyo e’tiborini o‘ziga jalb etib 
kelmoqda.
Bu haqda gapirganda, eng aw alo, har qanday 
insonni o‘ziga maftun qiladigan, bir ko‘rgan odam, 
qani endi yana bir bor ko‘rsam, deb orzu qiladigan 
Sharq gavhari - go‘zal va buyuk Samarqand shahri 
xayolimizda namoyon bo‘ladi.
Samarqand nafaqat o‘zining betakror me’moriy 
obidalari, soiim tabiati, ayni paytda, bag‘rikeng va 
mehmondo‘st xalqi, shirin-shakar, sarxil mevalari, eng 
muhimi, qulay infratuzilma tarmoqlari bilan ham nom 
qozongan.
Samarqandning turistik salohiyatini yanada rivoj- 
lantirish maqsadida yaqin besh yilda viloyatda 40 
dan ziyod yangi mehmonxona qurish va 12 ta meh- 
monxonani kengaytirish moijallanmoqda. Buning 
natijasida mehmonxonalardagi o‘rinlar soni 7 mingtaga 
yetadi yoki hozirgiga nisbatan 1,5 barobar ko‘payadi.
Samarqanddagi tarixiy obidalar, muqaddas qa- 
damjolami ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari 
izchil davom ettiriladi. Qadimda shahar atrofida 
Amir Temur bobomiz qanday mashhur b o g iar barpo 
etganini hammamiz yaxshi bilamiz. Ana shu go‘zal 
bogiam i qaytadan tiklab, ulami turistik marshmtlar 
yo‘nalishiga kiritsak, nima deysizlar?
187


Shu borada Urgut tumanidagi Taxtaqoracha dovoni 
va Yuqori chinor, Samarqand tumanidagi Ohalik 
va Mironkoida 20 ga yaqin ekoturizm maskani, 
Samarqand, Toyloq va Jomboy tumanlarida 10 ga 
yaqin agroturizm obyekti barpo etiladi.
Urgut shahrida xalqimizning qadimiy urf-odat va 
an’analari, hunarmandchilikning yo‘qolib borayotgan 
turlarini qayta tiklab, xorijiy sayyohlarga namoyish 
etishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Shuningdek, 
Jomboy tumanidagi «Zarafshon» qo‘riqxonasi va 
Samarqand tumanidagi qayiq haydashga moslashgan 
kanalni xorijiy sayyohlar tashrif buyuradigan mas- 
kanga aylantirish ko‘zda tutilmoqda.
Bu haqda so‘z borar ekan, Islom Abdug‘aniyevich- 
ning tashabbuslari bilan Toshkent - Samarqand 
yo‘nalishidagi 344 kilometr masofani atigi 2 soatda 
bosib o‘tadigan zamonaviy «Talgo» poyezdining 
qatnovi y o ig a qo‘yilgani viloyatda turizmni yanada 
rivojlantirish 
uchun 
katta 
imkoniyatlar 
ochib 
berayotganini alohida ta’kidlash lozim.
Viloyatda 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə