Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


«Ta’rifing bitmoqqa, xalqim, mingta Firdavsiy



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

«Ta’rifing bitmoqqa, xalqim, mingta Firdavsiy
kerak», 
deganlaridek, Samarqandning shon-u shuh- 
ratini, uning qadimiy tarixi va betakror madaniyatini 
tarannum etish uchun odam, albatta, yo zo‘r shoir yoki 
zo‘r olim boiishi kerak.
Qachonki «Samarqand» degan sehrli va tabanuk 
so‘zni tilga olar ekanman, men, avvalo, Yaratganning 
inoyati bilan shu zaminda non-tuz nasib etib, sizlar bilan 
birga uni obod qilish y o iid a mehnat qilgan unutilmas 
yillarimni eslayman. Xalqimizning, Yurtboshimizning 
ishonchini oqlash uchun viloyat ahli bilan qancha- 
qancha sinov va mashaqqatlami yengib o‘tganimizni, 
bu y o id a qanday bahs va tortishuvlar, muhokamalar
176


bo‘lganini, lekin doimo bir-birimizga hurmat va 
mehr-oqibatimizni 
saqlab 
kelganimizni 
shaxsan 
men hech qachon unutmayman. Hayotimning eng 
jo ‘shqin, eng mazmunli davri boigan ana shu paytda 
bag‘rikeng va olijanob Samarqand ahli meni qanday 
qoilab-quwatlaganini, menga bamisoli parvoz uchun 
qanot berganini minnatdorlik bilan doimo yodimda 
saqlayman.
Haqiqatan ham, yer yuzining sayqali boim ish 
Samarqand tuprogining har bir zarrasida ulug‘ bir 
hikmat bor.
Bu go‘zal vohadagi ko‘hna Afrosiyob yodgorliklari, 
Shohi Zinda ansambli, Hazrati Xizr masjidi, Hazrati 
Doniyor maqbarasi, muazzam Registon maydoni 
singari o‘nlab-yuzlab noyob obidalar bugungi kunda 
ham butun dunyoni o‘ziga maftun etib kelmoqda.
Qadimda So‘g‘diyona va Maroqand nomi bilan 
mashhur boigan davlatlaming shu zaminda barpo 
etilgani milliy davlatchiligimizning tamal toshlari 
aynan shu yerda qo‘yilganidan dalolat beradi.
Bu haqda gapirganda, Samarqandni o‘zining buyuk 
saltanatiga poytaxt qilib, uni jahondagi eng qudratli 
va obod shaharlardan biriga aylantirgan Sohibqiron 
Amir Temur va u kishining nabirasi Mirzo Ulug‘bek 
bobolarimizning nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga 
olishimiz tabiiydir.
Bu tabarruk diyor dunyo ilm-fani va madaniyati 
rivojida beqiyos o‘rin tutadigan Imom Buxoriy, Imom 
Moturidiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Xo‘ja 
Ahror Valiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, 
Abulays 
Samarqandiy, 
Davlatshoh 
Samarqandiy 
kabi ko‘plab aziz-avliyolar, shoir va allomalar uchun
12 - Sh. Mirziyoyev 
1 7 7


kamolot beshigi bo‘lib xizmat qilgani barchamizga 
g‘urur bag‘ishlaydi.
Yaqinda azim poytaxtimiz Toshkent shahrida 
o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar 
vazirlarining 43-sessiyasida mana shu haqiqat yana bir 
bor o‘z tasdig‘ini topganiga barchamiz guvoh bo‘ldik.
Samarqand tuprog‘ida voyaga yetgan Mahmudxo‘ja 
Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Hoji Muin, Saidahmad 
Siddiqiy biz yig‘ilib turgan mana shu Kattaqo‘rg‘on 
zaminidan yetishib chiqqan Abdulhamid Majidiy 
singari o‘nlab ma’rifat fidoyilarining qoldirgan 
oim as merosi bugungi kunda ham ma’naviyatimizni 
yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim manba bo iib
xizmat qilmoqda.
Samarqandning o‘ziga xos ilmiy-ijodiy muhitini 
shakllantirish va rivojlantirishda unutilmas xizmat 
qilgan Botir Valixo‘jayev, 
Nuriddin 
Shukurov, 
Mamarasul Boboyev, Ma’ruf Jalil, Barot Boyqobilov, 
Mashrab Boboyev kabi atoqli olim va adiblaming 
xotirasi xalqimiz yodida yashab kelmoqda.
Bugungi kunda faol ijod qilayotgan Saydi Umirov, 
Mamatqul Hazratqulov, Xurshid Davron, Nusrat 
Rahmat, Farmon Toshev, 0 ‘tkir Rahmatov, Xosiyat 
Bobomurodova, Azim Suyun, Y oidosh Eshbek kabi 
taniqli ijodkorlar, Nodir Jonuzoq, Orif To‘xtash, Vohid 
Luqmon singari iste’dodli yoshlar ham Samarqand 
farzandlari ekanini alohida ta’kidlash lozim.
Samarqand diyori o‘zbek san’ati va madaniyati 
rivojiga qanday ulkan hissa qo‘shgani haqida har 
qancha gapirsak arziydi, albatta. Bu haqda so‘z 
borganda, Isaxor Oqilov, Shirin Meliyeva, Nasim
178


Hoshimov, Xolida Xo‘jayeva kabi - joylari jannatda 
bo‘lsin - ustoz san’atkorlarimizni, To‘ti Yusupova, 
Avaz Rajabov, Nasiba Abdullayeva, Ra’no Yarasheva, 
Mardon Mavlonov, Baxtiyor To‘rayev, Orolmirzo 
Safarov, 
Abdunabi 
Ibrohimov 
singari 
taniqli 
ijodkorlarimizni eslashimiz tabiiydir.
Modomiki, gap shu haqda borar ekan, men o‘zbek 
madaniyati va san’ati rivojiga beqiyos hissa qo‘shib 
kelayotgan yana bir fidoyi inson haqida alohida 
to‘xtalib o‘tishni o‘zimning burchim deb bilaman.
Bu 
inson 
0 ‘zbekiston 
xalq 
artisti, 
buyuk 
san’atkorimiz Bahodir Yoidoshevdir. Samarqandning, 
mana shu qadimiy Kattaqo‘rg‘on zaminining munosib 
farzandi boigan Bahodir akani sizlarga ta’riflab 
o‘tirishga, o‘ylaymanki, hech qanday hojat yo‘q.
Shaxsan men o‘z kasbiga, san’atga sadoqatni 
Vatanga sadoqat deb biladigan, har qanday sharoitda 
ham o‘zining hayotiy va ijodiy prinsiplaridan 
qaytmaydigan bu ajoyib ijodkomi nihoyatda hurmat 
qilishimni bugun yana bir bor takrorlab aytmoqchiman. 
Bahodir Tursunovich bilan biz ko‘p yillar davomida 
mamlakatimizda o‘tkazib kelinayotgan katta-katta 
madaniy tadbirlami - bu Mustaqillik yoki Navro‘z 
bayramlari boiadim i, «Sharq taronalari» xalqaro 
musiqa festivali boiadim i - shulaming barchasini goh 
talashib-tortishib, goh bahslashib, lekin doimo hamfikr 
b o iib o‘tkazgan paytlarimizni zavq bilan eslayman. 
Bugungi kunda ham san’at yoiida, yosh iste’dodlami 
tarbiyalash y oiida o‘zini ayamasdan sidqidildan 
xizmat qilib kelayotgan Bahodir Yoidoshevga 
hammamiz birgalikda uzoq umr, sihat-salomatlik, 
yangi ijodiy zafarlar tilasak, ayni muddao b o iu r edi.
179


Samarqand viloyatida samarali faoliyat olib 
borayotgan professorlar 0 ‘ktamoy Vahobova, Diamat 
To‘xtayev, Rustam Xolmurodov, Lapas Alibekov, 
Mavlon Jo‘raqulov, Temur Shirinov, Amriddin 
Berdimurodov 
va 
boshqalar 
o‘zlarining 
ilmiy 
izlanishlari bilan butun mamlakatimizda tanilgan 
shaxslardir.
0 ‘zining boy bilim va tajribasi, fidokorona mehnati 
va ibratli faoliyati bilan el-yurtimiz farovonligiga 
katta 
hissa 
qo‘shib 
kelayotgan 
samarqandlik 
0 ‘zbekiston Qahramonlari - Do‘stmurod Abdullayev, 
Avaz Hosilov, Avaz Ergashev, shuningdek, mirishkor 
fermerlar 
Zaynab 
Haydarova, 
Eliboy 
Taniyev, 
Toshtemir Hayitov, 0 ‘zbekiston xalq o‘qituvchisi 
Dilorom Mamasharipova kabi yurtdoshlarimiz bilan 
barchamiz faxrlanamiz.
Ayni paytda tabarruk yoshda bo‘lishiga qaramasdan, 
jamiyatimiz hayotida faol qatnashib, yoshlarga namuna 
b o iib kelayotgan «Nuroniy» jam g‘armasi viloyat 
boiimining rahbari Hasan Normurodov, Samarqand 
davlat universitetining professori, navoiyshunos olim 
Muslihiddin Muhiddinov, mohir paxtakor Barot 
Nodirov, fidoyi pedagog Oliya 0 ‘roqova va boshqa 
o‘nlab faxriylarimizning nomlarini hurmat bilan tilga 
olamiz.
Muhtaram anjuman qatnashchilari!
Samarqand viloyati o‘zining rivojlangan sanoati 
va qishloq xo‘jaligi, tabiiy boyliklari, ulkan sayyohlik 
salohiyati bilan mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy 
va madaniy hayotida muhim o‘rin tutadi.
180


Bu fikming tasdig‘i sifatida albatta ko‘p-ko‘p 
misollar keltirish mumkin. Bu haqda gapirganda, 
awalo, viloyat iqtisodiyoti 2010-yildan buyon 1,7 
barobar o‘sganini ta’kidlash joiz.
Yalpi hududiy mahsulotda sanoatning ulushi 
2011 -yilda 18 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yil 
yakuni bilan bu ko‘rsatkich qariyb 24 foizga yetishi 
kutilmoqda.
Bugungi kunda jahondagi eng yuksak standartlar 
asosida jihozlangan Samarqand avtomobil zavodida 
o‘nlab turdagi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. 
Shu bilan birga, «British-Amerikan tabakko», «Sam 
Antep Gilam», «Amin Invest» qo‘shma korxonalari, 
«Sharq sanoati» xususiy konsemi singari yirik ishlab 
chiqarish quvvatlari viloyat sanoati rivojiga muhim 
hissa qo‘shmoqda.
Oxirgi besh yilda viloyatda 100 dan ortiq yangi 
qo‘shma va xorijiy korxonalar tashkil etilib, ayni 
paytda ulaming soni 259 taga yetgani quvonarlidir. 
Mazkur korxonalarda yiliga 2,5 trillion so‘mlik 
mahsulot tayyorlanmoqda.
Samarqand viloyatining iqtisodiy rivoji uning 
eksport salohiyatida ham namoyon bo‘lmoqda. Joriy 
yilda hududiy eksport miqdori 385 million dollarga 
yetib, bu ko‘rsatkich 2011-yilga nisbatan 4,3 baravar 
oshgani ham shundan dalolat beradi.
Bugungi kunda jahon bozorida raqobat tobora 
kuchayib, mahsulot yoki xizmatning xaridorini topish 
eng og‘ir va mushkul muammoga aylanib borayotga- 
nini inobatga oladigan bo‘lsak, bunday iqtisodiy 
o‘sishning biz uchun qanchalik katta ahamiyatga ega 
ekani yaqqol ayon boiadi.
181



Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə