«Kelishuvlar»



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə8/13
tarix27.12.2023
ölçüsü3,28 Mb.
#162730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
pedagogik texnologiyalar

«Avtobus» o'yini


O'quvchilar ikki gurahga bo'linadilar. Sinf yetakchisi ularning ikkita avtobusga chiqishlari kerak ekanligini aytadi. Avtobus o'rindig'i sifatida kursilardan foydalanish murnkin. O'quvchilar bir – birlariga qararna – qarshi o'tiradilar, Ishtirokchilar joylashib bo'lgach, yetakchi birinchi avtobus buzilib qolganini aytib, hammaning ikkinchi avtobusga o'tishini so'raydi. Ishtirokchilar 1 – guruh o'quvchilarini joylashtirish uchun kelishuv yo'lini topadilar.
O'yin ishtirokchilarda muomala madaniyati va ziddiyatli vaziyatlarni ijobiy hal qilish ko'nikmalarini riyojlantirishga xizmat qiladi.


«Bu – kim? Toping – chi!»


Har bir o'quvchi guruhning biror a'zosi xarakterining 10 ta xususiyatini ta'riflaydi, bunda uning nomini aytmaydi. Tavsif o'qilgach. boshqa ishtirokchilar gap kim haqida ketayotganligini topishlari kerak.
Agar guruh o'sha odamni tez topsa, bu tavsiflarning aniqligini bildiradi va ta'riflagan o'quvchini rag'batlantirish maqsadga muvofiqdir.


«Yelkama – yelka»


O'quvchilar ohista doira ichida yuradilar. Yetakchi tana a'zolarining nomlarini aytadi. Masalan, yetakchi tez «yelka» deydi, o'quvchilar zudlik bilan o'zlariga juft topishlari va yelkalarini bir – birlariga tekkizishlari kerak. O'ziga juft topa olmagan o'quvchi keyingi yetakchi bo'ladi va tananing boshqa a'zolari (oyoq, qo'l, chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i va h.k.) nomini aytib o'yinni davom ettiradi.


«Qayoqqa qayoqqa»


Har bir o'quvchi o'zining eslab qolishi lozim bo'lgan tartib raqamini oladi. Guruh aralashadi. Yetakchi sinf o'rtasiga chiqib, xohlagan ikkita raqamini aytadi. Ushbu raqamli ishtirokchilar o'zlariga mo'ljallangan joyni egallashlari lozim. Yetakchi ham bo'sh joyni olishga harakat qiladi. Joysiz qolgan ishtirokchi o'yinni davom ettiradi. .



Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə