«Kelishuvlar»



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə5/13
tarix27.12.2023
ölçüsü3,28 Mb.
#162730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
pedagogik texnologiyalar

Rolli o'yinlar


Bu mashqlarda o'quvchilar o'zlarini boshqa birov deb tasavvur qilishlari lozim. Mazkur metod ijodiy faollik, taffakkur, tasavvurni ishga solish, ko'pchilik oldida so'zga chiqish ko'nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ishtirokchilaming muammoga munosabatini bildirish imkoniyatini yaratadi.
«Buzuq telefon»


Maqsadi: axborotni berishda yo'l qo'yilgan xatoni topish. Axborotni mantiqiy anglash.
Kirish. Ushbu topshiriqni bajarishda 6 kishi qatnashadi. 5 kishi xona tashqarisida kutib turadi, bir kishi xonada qoladi. Xonada qolgan kishiga og'zaki topshiriq beriladi.
U imkon qadar topshiriqni eslab qolishga harakat qiladi va yodida qolganlarini tashqarida turgan kishiga aytadi. Ikkinchi ishtirokchi axborotni uchinchisiga aytadi va h.k. Axborot qanday og'izdan – og'izga o'tishi kuzatiladi va muhokama qilinadi.
Masalan, xonadagi ishtirokchiga shunday topshiriq beriladi: «Siz maktab direktori muovinisiz. Direktorimiz Sobir Komilov Sizni uzoq kutdi va bazaga yapon apparaturasini rasmiylashtirish uchun ketayotganini aytdi. U yerdan Xalq ta'limi tuman bo'limiga o'tishini aytdi. Agar Sobir Komilov 12.00 gacha qaytib kelmasa, 8 – «V» sinfning o'zlashtirilishi muhokama qilinadigan o'qituvchilar majlisini o'zingiz o'tkazar ekansiz. Keyin maktabimizga Polshadan kelayotgan delegatsiyani kutib olish uchun aeroportga 1 ta «Neksiya» va 1 ta «Damas» mashinasini yuborish zarur. Scat 17.00 da ta'minot bo'limiga go'sht kelar ekan. Hamma o'qituvchilarga 2 kg dan tarqatish, direktornikini esa sovutgichga solib qo'yish kerak».
Ushbu xabami ishtirokchilarning hammasi navbatma – navbat bir – birlaridan eshitadilar.
Topshiriqning nihoyasida axborotning mazmuni buzilganligi ma'lum bo'ladi. Axborot bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o'tganida mazmuni buziladi va bu g'iybat, mish – mishlarga sabab bo'ladi.
Axborot uzatilayotganda xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun uni diqqat bilan va faol o'zlashtirishga qaratilgan mashqlar o'tkaziladi.
Bunda uch kishidan iborat guruhlar ishtirok etadi; guruhlar axborot beruvchi, tinglovchi va kuzatuvchi vazifalarini bajaradilar,
Birinchi ishtirokchi o'z hayotida ro'y bergan biror hodisani gapirib beradi. Tinglovchi uni eslab qoladi va qayta so'zlaydi. Kuzatuvchi tinglovchining xatolarini topadi.
Topshiriqni bajarish jarayonida ishtirokchilar verballashuv, ya'ni axborotni faol qabul qilish metodini o'zlashtiradilar.



Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə